Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarasi uzunligi 1314  km (816 mil) boʻlib, Qozogʻistondan Tojikiston chegarasigacha choʻzilgan. Bu Qirgʻizistonning boshqa qoʻshnilariga qaraganda eng uzun chegarasidir. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/ce/Kyrgyzstan.png/350px-Kyrgyzstan.png|thumb|350x350px| Qirgʻiziston xaritasida O'zbekiston bilan chegaraning koʻrinishi

Umumiy tavsif Chegara shimolda Qozogʻiston bilan chegara nuqtasidan boshlanib, soʻngra Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻrtasida barmoq shaklida kiritilgan oʻzbek yerlari boʻylab davom etadi. Chegara Pskem togʻlaridan oʻtadi, ularning katta qismi bir qator milliy bogʻlar (Oʻzbekistondagi Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bogʻi va Qirgʻizistondagi Besh-Orol davlat qoʻriqxonasi)ga aylantirilgan. Bundan tashqari, chegara taxminan janubi-sharqqa qarab Chotqol va Qurama togʻlaridan oʻtib, Varzik shahri yaqinidagi Fargʻona vodiysini oʻz ichiga oladi. Chegaraning qolgan qismi Sharqiy Oʻzbekistonning „oʻq uchi“ shaklini hosil qiladi va bu hudud juda qiyshiq joylashgan. Bu „oʻq“ning shimoliy tomoni oʻrtada Oʻzbekiston hududining nuqtasini oʻz ichiga oladi va Qirgʻizistonning Kerben shahrining gʻarbiy chekkasida kichik oʻzbek anklavini tashkil qiladi. Oʻqning „uchi“ Xonobodning sharqiy tomonida joylashgan. Chegara gʻarbga bir qator egri chiziqlar boʻylab Tojikiston chegara punkti tomon oʻtadi.

Chegaraning eng shimoliy qismi togʻli boʻlib, aholi zich joylashgan Fargʻona vodiysini kesib oʻtuvchi qismdan farqli oʻlaroq, aholi juda siyrak yashaydi.

Oʻzbekiston oʻz temir yoʻl tarmogʻiga ega boʻlib, bu chegarani kesib oʻtadi va oʻzining kichik stansiyalariga toʻxtagandan soʻng oʻz hududiga kiradi, temir yoʻlning eng sharqiy qismi esa chegarani ikki marta kesib oʻtadi. Bu temir yoʻl tizimi sovet davrida qurilgan edi.

Anklavlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9c/Exklaven_von_Usbekistan%2C_Tadschikistan_und_Kirgisistan.png/300px-Exklaven_von_Usbekistan%2C_Tadschikistan_und_Kirgisistan.png|thumb|300x300px| Qirgʻiz-oʻzbek anklavlari koʻrsatilgan xarita Chegara boʻylab bir nechta anklavlar joylashgan: Oʻzbekistonda Qirgʻiziston anklavi (Barak) va Qirgʻizistonda toʻrtta oʻzbek anklavi (Soʻx, Shohimardon, Jangayli va Choʻn-gʻara).

Tarix Rossiya XIX-asrda sobiq mustaqil xonliklari Qoʻqon va Xiva hamda Buxoro amirligini qoʻshib olib, Oʻrta Osiyoni bosib oladi. 1917-yilda hokimiyat tepasiga kommunistlar kelib, Sovet Ittifoqini oʻrnatgach, u Markaziy Osiyoni milliy hududiy demarkatsiya (yoki NTD) orqali etnik jihatdan respublikalarga boʻlishga qaror qiladi. Bu kommunistik nazariyaga to‘g‘ri kelgan edi. Millatchilik pirovardida kommunistik jamiyat yo‘lidagi zarur qadam qoʻyilishi kerak edi va Iosif Stalin millatni "umumiy til, mintaqa, iqtisodiy hayot negizida shakllangan tarixan tashkil topgan, barqaror insonlar jamoasi" va „umumiy madaniyatda yuzaga keladigan psixologik rivojlanish“ deb taʼriflagan edi.

NTD odatda "boʻlib tashla va hukmronlik qil" strategiyasidan boshqa narsa emas edi. Stalinning mintaqada sovet gegemonligini saqlab qolish uchun ataylab amalga oshirgan Makiavelist urinishi, uning aholisini har bir mamlakat ichida yashovchi ozchilik aholi vakillarini yoʻq qilish uchun sunʼiy ravishda yaratilgan va ataylab chizilgan chegaralar bilan alohida millatlarga boʻlish siyosati sifatida tasvirlanadi. Darhaqiqat, Sovetlar, masalan, 1920-yillardagi Bosmachi harakati tomonidan ifodalanganidek sovetlar panturk millatchiligining ehtimoliy tahdididan xavotirda boʻlsa-da,Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 39-40 birlamchi manbalar tomonidan maʼlum qilingan yaqinroq tahlillar odatda taqdim etilganidan koʻra ancha nozikroq manzarani namoyon qiladi.Haugen, Arne (2003) The Establishment of National Republics in Central Asia, Palgrave Macmillan, pgs. 24-5, 182-3Khalid, Adeeb (2015) Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR, Cornell University Press, pg. 13Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 46

Sovetlar etnik jihatdan bir xil respublikalar barpo etishni maqsad qilgan, ammo koʻp hududlar etnik jihatdan murakkab edi. (masalan, aralash tojik-oʻzbeklar yoki Amudaryo atrofidagi turli turkman/oʻzbek qabilalari). Bunday sharoitda „toʻgʻri“ etnik boʻlishni amalga oshirish juda qiyin kechgan edi.Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 44-5Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 47

Mahalliy milliy elitalar oʻz ishini qattiq himoya qildilar (koʻp hollarda boʻrttirib koʻrsatdilar) va mutaxassislar orasida mintaqa haqidagi maʼlumotli kishilarning yoʻqligi va mintaqada aniq yoki dolzarb etnografik maʼlumotlarning kamligi oqibatida Sovetlarning koʻpincha notoʻgʻri amaliyotlar qilishiga sabab boʻlgan edi.Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 53 Bundan tashqari, NTD iqtisodiy, geografik, qishloq xoʻjaligi va infratuzilma masalalarini, shuningdek, etnik kelib chiqishini hisobga oladigan „yashovchan“ aktivlarni yaratishni maqsad qilgan edi.Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 43-4Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley — the Heart of Central Asia Routledge, pg. 112

Ushbu qarama-qarshi maqsadlarni umumiy millatchilik doirasida muvozanatlash uchun urinish juda qiyin va koʻpincha imkonsiz boʻlib chiqgan edi; bu koʻpincha egri chegaralar, bir nechta anklavlar va oʻzi oid boʻlmagan respublikada yashayotgan katta ozchilik xalqning paydo boʻlishiga olib kelgandi. Bundan tashqari, Sovetlar hech qachon bu chegaralarning bugungidek mustaqil, xalqaro chegara boʻlishini xohlamashmagan edi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f5/SovietCentralAsia1922.svg/300px-SovietCentralAsia1922.svg.png|right|thumb|300x300px| 1922-yilda Sovet Oʻrta Osiyosining milliy chegaralanishdan oldingi holati. Etnik chegaralar boʻyicha hududlarni NTD 1920-yildayoq taklif qilgan edi.Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 40-1Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley — the Heart of Central Asia Routledge, pg. 105 Oʻsha paytda Oʻrta Osiyo Rossiya SFSR tarkibidagi ikkita Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (ASSR) dan iborat edi: 1918-yil aprel oyida tashkil etilgan va bugungi janubiy Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikiston va Turkmanistonning katta qismini oʻz ichiga olgan va Turkiston ASSR 1920-yil 26-avgustda, taxminan, hozirgi Qozogʻiston hududining shimoliy qismiga toʻgʻri keladigan mintaqada Qirgʻiziston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etilgan edi. (Oʻsha yillarda qozoqlar „qirgʻiz“ deb atalgan. hozirgi qirgʻizlar esa qozoqlarning kichik guruhi hisoblanib, togʻda yashovchi „qora qirgʻizlar“, yaʼni „qora qirgʻizlar“ deb atalar edi). Buxoro amirligi va Xiva xonligi nomi ostida ikkita alohida voris „respublika“ mavjud edi. Ular 1920-yilda Qizil Armiya tomonidan egallangach, Buxoro va Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga aylantiriladi.Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 39

1924-yil 25-fevralda Sovet Ittifoqi Siyosiy byurosi va Markaziy Qoʻmitasi Oʻrta Osiyoda NTD siyosatini davom ettirilishini eʼlon qiladi.Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 55Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 42 Jarayon Markaziy Osiyo byurosining Maxsus qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinib, mintaqaning asosiy millatlari hisoblangan uchta kichik xalq (qozoqlar, turkmanlar va oʻzbeklar) bilan ishlagan.Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pg. 54Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pgs. 52-3Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 92Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley — the Heart of Central Asia Routledge, pg. 106Khalid, Adeeb (2015) Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR, Cornell University Press, pg. 271-2 Ehtimol, sovetlarda Xorazm va Buxoro XSRning hukumati oʻz respublikalarini saqlab qolish rejalari boʻlgan, lekin kommunistik partiyalarning keskin qarshiliklariga uchrashgan. 1924-yil aprelida ularda hududiy chegaralanish orqali boʻlib tashlashga qaror qiladilar (ayniqsa, Xorazm kommunistlari XXSRni boʻlib tashlashni istamadilar va ularning tarqatib yuborilishiga qarshi 1924-yilning iyul oyida jiddiy qarshilik qilishgan edi).Edgar, Adrienne Lynn (2004) Tribal Nation: The Making Of Soviet Turkmenistan, Princeton University Press, pgs. 56-8

Fargʻona vodiysidagi aralash aholi punktlarining tuzilishi tufayli Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegarani chizishda katta qiyinchiliklar yuzaga kelgan edi. Viloyat qoʻmitalari, qoida tariqasida, oʻtloq yerlarni qirgʻizlarga, dehqonchilik maydonlarini esa oʻzbeklarga berishadi.Starr, S. Frederick (ed.) (2011) Ferghana Valley — the Heart of Central Asia Routledge, pg. 108 Biroq sovetlar Qirg‘iziston chegaralarining shaharlarsiz qolayotganini va bu ularning keyingi iqtisodiy taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladi, deb hisoblashgan.Haugen, Arne (2003) The Establishment of National Republics in Central Asia, Palgrave Macmillan, pg. 189Khalid, Adeeb (2015) Making Uzbekistan: Nation, Empire, and Revolution in the Early USSR, Cornell University Press, pg. 276 Shuning uchun qirgʻizlarga oʻzbeklar yashaydigan Oʻsh shahri beriladi.Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 49 Andijon, Margʻilon va Jalolobod boʻyicha boshqa kelishmovchiliklar ham bor edi; eng oxrida birinchi ikkitasi oʻzbeklarga, Jalolobod esa qirgʻizlarga beriladi.Haugen, Arne (2003) The Establishment of National Republics in Central Asia, Palgrave Macmillan, pg. 191 Dastlab chegara ancha uzunroq edi, chunki Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xoʻjand viloyati va hozirgi Tojikistonning qolgan qismi Tojikiston ASSR sifatida kirgan edi. 1929-yilda Tojikiston Xoʻjandni egallab, toʻliq SSRga aylanganda chegara hozirgi holatini oladi.Bergne, Paul (2007) The Birth of Tajikistan: National Identity and the Origins of the Republic, IB Taurus & Co Ltd, pg. 55 Qora Qirg‘iz avtonom viloyati 1924-yil oktabrda dastlab Rossiya SSR tarkibiga kirgan va uning chegaralari hozirgi Qirg‘iziston bilan ayrim o‘xshashliklari bor edi. 1925-yil may oyida uning nomi Qirgʻiziston avtonom viloyatiga oʻzgartirildi, keyinchalik esa 1926-yilda Qirgʻiziston ASSR (dastlab Qozogʻiston ASSR deb atalgan Qirgʻiziston ASSR bilan adashtirmaslik kerak) va 1936-yilda Qirgʻiziston SSRga aylantiriladi.Haugen, Arne (2003) The Establishment of National Republics in Central Asia, Palgrave Macmillan, pg. 167

1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanib, uning tarkibiga kiruvchi respublikalar mustaqillikka erishgach, ular oʻrtasidagi chegara xalqaro chegaraga aylangan edi. 1990-yilda O‘sh shahridagi qirg‘iz-o‘zbek toʻqnashuvlari bilan ikki oʻrtada keskinlik yuzaga kela boshlaydi. 1999-2000-yillarda O‘zbekiston trans chegaraviy terrorizm xavfini bahona qilib, chegarani bir tomonlama demarkatsiya qilish va minalash ishlarini boshlab yuboradi. 2001-yilda chegara qismlarini delimitatsiya qilish va anklavlarni markazga bilan bogʻlaydigan yoʻllarni almashtirish toʻgʻrisida shartnoma kuchga kirishi Oʻzbekiston tomonidan soʻralgan edi. Biroq bu kelishuv Qirgʻiziston tomonidan qabul qilinmadi, bu esa chegara boʻylab keskinlikning davom etishiga olib kelgan edi.