„Netayin?“ (shunchaki „Netayin“ oʻlaroq ham yoziladi) — oʻzbek xonandasi Lola ijro etgan qoʻshiq. 2002-yil eʼlon qilingan. Xonandaning ayni nomli albomiga yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Netayin?“ Lolaga shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biridir.

Tarona pop-rok janrida boʻlib, si bemol minor tonalligida yozilgan. Uchinchi naqoratdan keyin rep ijro etilgan.

„Netayin?“ qoʻshigʻi uchun sodda klip suratga olingan. Unda xonanda lampalar bilan bezatilgan xonada qoʻshiqni ijro etayotgani hamda suyukli yori bilan vaqt oʻtkazib, pirovardida unga emas, balki boshqaga turmushga chiqqani tasvirlangan.

Taronaning klip versiyasi albom versiyasidan qisqaroq — klip versiyasida repdan keyingi gitara solosi yoʻq. 2019-yil Lola „Netayin?“ qoʻshigʻining remiksini eʼlon qilgan.

Manbalar

Havolalar

„Netayin?“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi Songsterr saytida „Netayin?“ qoʻshigʻinining toʻliq tabulaturasi UltimateGuitar saytida

Turkum:Lola qoʻshiqlari Turkum:2002-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar