Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti — BMT, YXHT Parlament assambleyasi, Parlamentlararo ittifoqga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2022-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan sammit. Ushbu sammitda 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etdihttps://daryo.uz/2022/09/08/deputatlar-jahon-parlamentlari-ayol-rahbarlarining-sammitida-ishtirok-etmoqda-foto/. Sammit tashkilotchilari Parlamentlararo ittifoq va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati. Ishtirokchilar
Parlamentlararo ittifoqqa a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol rahbarlari (spikerlari), deputat ayollar, xalqaro parlamentlararo tashkilotlar vakillari. Nufuzli mehmonlar Duarte Pacheco — Parlamentlararo ittifoq raisi; Martin Chungong — Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi; Gulshat Mammedova — Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi; Galina Karelova — Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisining o‘rinbosarihttps://qalampir.uz/uz/news/mirziyeev-parlamentlararo-ittifok-raisi-va-bosh-kotibi-bilan-uchrashdi-68198; Sahiba Gafarova — Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlis Raisihttps://iacis.ru/novosti/partneri/v_tashkente_prohodit_14-j_sammit_zhenshin-predsedatelej_parlamentov; Tatyana Runets — Belarus respublikasi Kengashi iqtisod, byudjet va moliya boʻyicha Doimiy komissiya raisi; Ekaterina Serafinovich — Belarus Respublikasi xalqaro ishlar va milliy havfsizlik boʻyicha Doimiy komissiyasi aʼzosi raisihttps://www.sb.by/articles/svoy-put-vernyy.html; Puana Maharani — Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kongressi xalq vakillari kengashi raisihttp://council.gov.ru/events/main_themes/138246/.
Sammitdagi asosiy masalalar xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini Internetda targ‘ib qilish va himoya qilishda parlamentlarning harakatlari; xotin-qizlarning ehtiyojmandligini, shu jumladan reproduktiv salomatlik sohasidagi ehtiyojmandligini kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlar; adolat, integratsiya va atrof muhit muhofazasiga asoslangan barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan iqtisodiyotni tiklash; COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan raqamli iqtisodiyot va mehnat sohasida texnologik innovatsiyalarni targ‘ib qilish; COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha ilg‘or tajriba. Ochilish marosimi Sammit 2022-yil 8-sentabr kuni toshkent shahrida oʻz ishini boshladi. Sammitni Parlamentlararo ittifoq raisi Duarte Pacheco hamda Tanzila Norboyeva ochib berishdi.
Shundan soʻng, O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning sammit ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini o‘qib berdi.
Natija Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindihttps://daryo.uz/2022/09/09/ayol-rahbarlarning-xalqaro-sammitida-toshkent-deklaratsiyasi-qabul-qilindi/. Manbalar