Zhang Xizhe () (1991-yil 23-yanvarda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozir Xitoy Superligasining „Beijing Guoan“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Zhan Xizhe futbolchilik faoliyatini „Beijing Guoan“ jamoasida 2009-yil 30-avgustda „Shandong Luneng“ga qarshi oʻyinda (1:1) oʻynagan paytda boshlagan. Keyin 2010-yilgi mavsumda S.Liga vakili Beijing Guoan Talent jamoasiga ijaraga berilgan. U 2010-yilning 12-martida Geylang Unitedga qarshi oʻyinda (3:1) debyut qilgan va klub uchun birinchi golini kiritganGeylang United vs. Beijing Guoan S 1-3 at soccerway.com 12 March 2010 Retrieved 2012-09-19. U 2010-yil iyul oyida Pekinga qaytib kelgan va klub uchun birinchi golini 2010-yil 22-avgustda Henan Jianyega qarshi oʻyinda (2:2) kiritgan. 2012-yilgi mavsumda Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini bilan taqdirlangan. 2013-yilgi mavsum Zhang uchun ajoyib mavsum boʻldi, oʻttizta liga oʻyinida oʻn bitta gol urdi va oʻn ikkita golga assistentlik qildi.

2014-yil 16-dekabrda Zhang Pekin uchun yana bir muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng Bundesliga vakili VfL Wolfsburgga oʻtgan. Zhang Wolfsburg uchun norasmiy debyutini 2015-yilning 14-yanvarida qishki yigʻin paytida „Ajax Keyptaun“ga qarshi oʻyinda Bas Dostning ikkinchi goliga assitentlik qilgan.

2015-yil 15-iyulda Zhang VfL Wolfsburg bilan atigi olti oy oʻtkazgach, Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga qaytgan. U 2015-yilning 20-iyulida „Shanghai SIPG“ga qarshi o‘yinda (0:0) klub safida debyut qilgan. U 2015-yilning 20-sentyabrida „Jiangsu Sainty“ga qarshi o‘yinda klub uchun birinchi golini kiritgan. 2017-yilning 25-oktabr kuni Zhang Chen Leyning yuziga shapaloq urgani uchun „Chongqing Dangdai Lifan“ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan. 2017-yilning 3-noyabrida Xitoy futbol assotsiatsiyasi uni ligada o‘n ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilgan.

Xalqaro faoliyati Zhang 2009-yilda Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida qatnashgan va beshta oʻyinda ikkita gol urgan. 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida u har bir oʻyinda qatnashgan, Xitoy turnirda chorak finalda magʻlub boʻlgan. U 2011-yilning 26-martida Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda (2:2) Xitoy terma jamoasida debyut qilganChina PR 2-2 Costa Rica at teamchina.freehostia.com 2011-03-26 Retrieved 2012-09-19. U Xitoy terma jamoasidagi ilk golini 2013-yilning 6-sentyabrida Singapurga qarshi oʻyinda (6:1) kiritgan热身-于大宝郑龙各两球两新星传射 国足6-1新加坡 at sports.sina.com.cn 2013-09-06 Retrieved 2013-09-06. 2014-yil 5-mart kuni Zhang 2015-yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida Iroqqa qarshi bahsda (3:1) penaltini aniq amalga oshirgan va bu Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogida eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoa sifatida Livanni to‘plar nisbatida mag‘lub etishini taʼminlagan专访张稀哲:踢点球时没想过压力 惊险!死里逃生 at sports.sohu.com 2014-03-06 Retrieved 2014-12-29.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi +KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBeijing Guoan2009Xitoy Super Ligasi10 - -00 -10201082 - - - -82201128141 - - -322201226420 -51 -3352013301131 -80 -4112201429631 -70 -397Jami12224123002010015428Beijing Guoan Talent (Ijara)2010S.Liga520000 - -52VfL Wolfsburg2014—2015Bundesliga0000 -00 -00Beijing Guoan2015Xitoy Super Ligasi11100 - - -111201625640 - - -296201725321 - - -274201818482 - - -266201924200 -5110303202019110 -80 -281202118400 -00 -184Jami14021153001311016925Karyerada jami26747276003321032855

Xalqaro statistika Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol 2011 1 0 2012 0 0 2013 8 1 2014 1 1 2015 1 1 2016 4 0 2017 6 1 2018 2 0 2019 7 2 2020 0 0 2021 6 1 2022 1 0 Jami 37 7

Xalqaro maydondagi gollari # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.6.09.2013 Olimpiya stadioni, Tyantszin, Xitoy 3 — 1 6-1Oʻrtoqlik 2.5.03.2014 Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari 1 — 3 1-3 2015-yilgi Osiyo kubogi saralashi 3.12.11.2015 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy 12 — 0 12-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi 4.7.06.2017 Tianhe stadioni, Guanchjou, Xitoy 6 — 1 8-1Oʻrtoqlik 5.7.06.2019 2 — 0 2-0 6.18.11.2019 Pusan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya 2 — 0 2-0 2019-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati 7.15.06.2021 Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari 1 — 0 3-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Klub Beijing Guoan

Xitoy Superligasi : 2009-yil Xitoy FA kubogi : 2018

VfL Wolfsburg

DFB-Pokal : 2014/15

Shaxsiy yutuqlari

Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2012-yil Xitoy Superligasining yil jamoasi: 2013, 2014 Xitoy FA kubogining eng qimmat futbolchisi: 2018-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar