Alen Sutter () 1968-yil 22-yanvarda Bernda tavallud topgan. Shveytsariyalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi, „Grasshoppers“ va Shveysariya terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Futboldagi faoliyati Sutter oʻz faoliyatini Shveytsariyaning eng qadimgi klublaridan biri „Grasshoppers Zurichda“ boshlagan. Faoliyatining boshida Alen „Young Boys“ klubiga ijaraga berildi. 1993-yilda kreativ yarim himoyachi Germaniyadan kelgan selektsionerlarning eʼtiborini tortdi. Xuddi shu yili u Nyurnbergga koʻchib oʻtdi. 1994-yil AQSHda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida milliy terma jamoa uchun oʻyinlarda oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatgan Sutter "Bavariya" kabi eng mashhur boʻlgan nemis klubiga oʻtdi. Ammo yuqori raqobat tufayli, 1995-yilda Alan Bundesliganing „Frayburg“ jamoasiga oʻtishga qaror qildi. 1998-yilda Satter Amerikaning „Dallas Bern“ klubida oʻtkazgan ikki mavsumdan soʻng professional faoliyatini tugatishga qaror qiladi.
Hozirgi kunga kelib sobiq futbolchi Alen Satter Shveysariya televideniyasida faoliyat yuritmoqda va eng muhim oʻyinlarni sharhlash bilan mashgʻul boʻlmoqda.
Terma jamoada Futbolchining terma jamoadagi faoliyati noaniq boʻlgan. Sutterning faoliyatining choʻqqisi 1994-yil deb hisoblanadi. U oʻshanda AQSHdagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Turnirda Alen Kolumbiya, Ruminiya va AQSh terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Ruminiyaliklarga qarshi kechgan duelda u gol urgan va jamoaning 1/8 finalga chiqishiga yordam bergan.
Keyinchalik, faoliyatida muntazam ravishda pasayish kuzatilgan. Sutter Shveysariya terma jamoasi safida 68ta o‘yin o‘tkazib, jami hisobda 5ta gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.
Yutuqlari "Grassxoppers"
Futbol boʻyicha Shveysariya chempionati — 1990/91 Shveysariya kubogi sohibi — 1988/89, 1989/90 Shveysariya Superkubogi sohibi — 1989-yil Jamoalari
NomiMamlakatYillarGrasshopper-Club ZürichShveysariya1985-1987BSC Young BoysShveysariya1987-1988Grasshopper-Club ZürichShveysariya1988-1993FC NürnbergGermaniya1993-1994Bayern de MúnichGermaniya1994-1995SC FreiburgGermaniya1995-1997Dallas BurnAQSh1997-1999
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar