Anderlext ( — Qirollik sport klubi Anderlext"; niderland talaffuzida: [ˈɑnderlɛxt], , ) — Belgiyaning Anderlext professional futbol klubi 1908-yil 27-mayda tashkil topgan. Bu Belgiyaning eng klubi hisoblanib, 33 karra Belgiya chempioni, 9 karra mamlakat kubogi gʻolibi, 13 karra Belgiya superkubogi gʻolibi va 5 karra Yevropa kubogi sohibi. U uy uchrashuvlarini 22 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladigan „Constant Vanden Stock“ stadionida oʻtkazadi. Klubning anʼanaviy ranglari binafsha va oq hisoblanadi.

Tarixi Klub 1908-yil 27-mayda „Anderlext“ kommunasi hududida joylashgan „Konkordiya“ kafesida tashkil etilgan. Yangi jamoa 1909/10-yilgi mavsumda Belgiya futbol ligasining eng quyi darajasidan, uchinchi viloyat divizionidan boshlab rasmiy turnirlarda qatnasha boshlagan. 1913-yilda jamoa mamlakat chempionatining ikkinchi divizioniga kirdi va u yerda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Urushdan oldin, 1917-yilda klub uchun „Constant Vanden Stock“ arenasi qurilgan boʻlib, u yerda jamoa hozirgacha oʻynamoqda. Birinchi jahon urushi paytida jamoaning kuchli homiysi — sanoatchi „Emil Verse“ boʻlgan. U oʻziga yoqqan jamoa uchun binafsha va oq rangli liboslarni tanladi. 1921-yilda „Anderlext“ birinchi marta Belgiya chempionatining yuqori divizioniga chiqdi va 12-oʻrinni egalladi, ammo keyingi oʻn yil ichida klub turnir jadvalida oxirgi oʻrinda edi. Ammo shunga qaramay jamoa divizionlar oʻrtasida muvozanatni saqlab qoldi.

1947-yilda „ Anderlext“ birinchi marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻshandan beri „Violet“ nihoyat Belgiyaning yetakchi futbol jamoalaridan biriga aylandi va havas qilsa arziydigan natijalar bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi. 1963—1968-yillar oraligʻida klub ketma-ket besh marta milliy chempionat oltin medalini qoʻlga kiritib, milliy rekord oʻrnatdi. Klub mamlakat terma jamoasi uchun tayanch punktiga aylandi.

Yevropa arenasida ham klub katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1982/83-yilgi mavsumda „Anderlext„ UEFA kubogini qoʻlga kiritdi va 1984-yilda ham ushbu turnirning finaliga chiqdi. Shuningdek, „Anderlext“ ikki marta UEFA Superkubogini (1976 va 1978-yillarda) va Kubok egalari kubogini (1975/76 va 1977/78-yilgi mavsumlarda) qoʻlga kiritgan.

Derbilari „Anderlext“da uchta asosiy derbi bor, bular „Standart“ klubi bilan oʻyinlar (Belgiya klasikosi). „Brugge“ bilan ikkinchi derbi. „Union“ga qarshi uchinchi derbi (Bryussel derbisi).

Hozirgi tarkibi 2022-yil 22-iyul holatiga koʻra. Manba: transfermarkt.com saytidagi oʻyinchilar roʻyxati №Ism sharifiDavlatiOldingi jamoasi1Timon VellenroyterVillem II30Xendrik van KrombryuggeBelgiyaEypen70Rik VerkauterenBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi4Ues XudtNiderlandiya Sautgempton14Bogdan Mixaylichenko Zarya42Xannes DelkruaBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi54Killian SardellaBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi55Marko KanaBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi62Maykl MuriloNew York Red Bulls8Isxak Abdulrazak Norrchyoping11Lior RefaelovIsroilAntverpen17Serxio GomesBorussiya (Dortmund)18Madjid Ashimeru Red Bull (Zalsburg)20Kristoffer Olsson Krasnodar25Adrian TrebelFransiyaStandard32Nilson Angulo ЛДУ Кито46Anuar Ait-El-XadjBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi51Yari VersxarenBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi61Kristian Arnstad Stabek7Fransis AmuzuBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi9Benito RamanBelgiya Shalke 0453Antuan KolassenBelgiyaKlub tarbiyalanuvchisi—Fabiu Silva Vulverxempton WonderersMurabbiyFrank VerkauterenBelgiyaAl-Batin

Manbalar

Havolalar

Anderlecht on UEFA.com The Anderlecht academy way – These Football Times (2015) Daily Anderlecht news and largest online fanzone

Turkum:Belgiyadagi futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:UEFA Kubok Egalari Kubogini qoʻlga kiritgan klublar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan klublar Turkum:1908-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan klublar