Jann-Fiete Arp (; 2000-yil 6-yanvar, Bad Segeberg, Germaniya) — nemis futbolchisi, Golshteyn klubi hujumchisi sifatida faoliyat olib boradi.
Jamoalardagi faoliyati Arp „Gamburg“ klubining faol hamda naʼmunali tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2017-yilning 30-sentyabrida u Bundesligadagi debyutini „Verder“ga qarshi o‘tkazdi, shu bilan birga ikkinchi bo‘limda Bobbi Vudni almashtirgan. 28-oktyabr kuni „Gerta“ga qarshi kechgan duelda Arp „Gamburg“ safida ilk golini darvozaga kiritgan hamda muhlislar koʻnglidan joy olgan. Oradan bir hafta oʻtib „Shtutgart“ga qarshi oʻyinda ilk bor bazada maydonga tushib, yana raqib darvozasiga gol kiritgan. Xuddi shu yili „Yan-Fiete Fritz Valter“ medali bilan tantanali ravishda taqdirlangan.
2019-2020-yilgi mavsumda Arp „Bavariya“ bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan edi.
Jamoalardagi faoliyati 2017-yilda Arp Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Bosniya va Gersegovina , Serbiya , Irlandiya , Gollandiya va Ispaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda faol ishtirok etgan. Bosniyaliklar va irlandlarga qarshi duellarda u xet-trik qayd etdi hamda Gollandiya darvozasiga gol ham kiritdi.
Oʻsha yili Arp Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan hamda oʻz mahorati orqali maqtovlarga sazovor boʻlgan. Turnirda u Kosta-Rika , Eron , Gvineya , Kolumbiya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Kosta-rikaliklar, kolumbiyaliklar, gvineyaliklar va braziliyaliklarga qarshi bahslarda u beshta golni raqib darvozasiga kiritgan.
Statistikasi +Klub statistikasiKlubLigaMavsumLigaLiga KubogiMintaqaviyBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGamburgBundesliga2017-1818200——182Bundesliga2018-1917131——202Jami353310000384Ganburg II„Sever“2018-1973———73Bavariya IIBundesliga2019-20103———103BavariyaBundesliga2019-200000000000Jami5293100005510
Mukofotlari Bavariya
Germaniya chempioni: 2019-2020
Shaxsiy yutuqlari
Frits Valter medali: U17 toifasidagi oltin medal 2017 Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati (17 yoshgacha): 2016-2017-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari Gamburgning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2017-2018
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar