Wanna Be a Bride (Kelin boʻlishni xohlayman) (misr arabchasi:عايزة أتجوز; [ˈʕæjzæ (ʔæ)tˈɡæwːez]) — Ghada Abdel Aalning mashhur kitobi, muallifning bir nechta (muvaffaqiyatsiz) turmush qurish takliflari haqidagi xuddi shu nomdagi blogiga asoslangan holda yozilgan. Kitob Misrning Dar al-Shuruq bosmaxonasida 2008-yilda nashr etilgan. Asar komedik ohangga ega va bu uning ommabopligiga sabab boʻlgan. Shuning bilan birga, unda muallifning har bir muvaffaqiyatsiz turmush qurish taklifi paytida yuzaga kelgan fikrlari va his-tuygʻulari haqida ham soʻz boradi. Kitobda Misrda iqtisodiy sabablarga ko‘ra kech turmush qurish bilan bogʻliq ayrim masalalar ham yoritilgan.

Muallif Ghada Abdel Aal 1978-yil 21-dekabrda Misrning Mahallat ul-Kubro shahrida tugʻilgan. Dhada Abdel Aal farmatsevt boʻlib ishlaydigan havaskor yozuvchilardan biri. Shuningdek, u ikkita teleserialning ssenariysini yozgan. Ghada Abdel Aal oʻzining rasmiy blogida shaxsiyatini quyidagicha tanishtiradi:

Tarjimalar Ghada Abdel Aalning Wanna be a Bridge kitobi uch tilga tarjima qilingan. + Til Tarjimon Nashriyotchi Sarlavha Maʼlumotlar / yil italyancha Barbara Teresi Epoché Edizoni Che il velo sia da sposa!ingliz Nora Eltahawy Texas universiteti matbuoti Wanna Be a Bride (Kelin boʻlishni xohlayman) (muqobil ravishda Wanna-BA-Bride yoki I want to get mearried (Men turmushga chiqmoqchiman) deb tarjima qilinadi) 23-sentabr 2010-yil golland Djuke Poppinga va Abeer Soliman Nieuw Amsterdam Ik wil trouwen!

Qabul qilinishi Kitob ham, blog ham misrlik yoshlar (erkak va ayollar) orasida juda ommaviylashgan. 2010-yilda kitob asosida mashhur kino aktrisa Hend Sabry ishtirokidagi serial ham suratga olingan. Kitob ijobiy baholarga sazovor boʻlgan, shuningdek, Misr ommaviy axborot vositalari mashhur tok-shoular va gazetalarda ham keng yoritilgan (masalan Al-Masry Al-Youm, Los Angeles Times, La Repubblica, The Independent).

Manbalar

Havolalar

Kelin boʻlmoqchiman, arabcha blog Che il velo sia da sposa!, Italiya blogi Gada Abdel Aal va uning kitobi Men turmushga chiqmoqchiman! : Anonim bloggerdan eng koʻp sotilgan muallif Qantara.degacha

Turkum:2008-yil kitoblari Turkum:Misr kitoblari