Gafur (haqiqiy ismi Abdulgʻofur Isaxonov; 1998-yil 12-martda yoki 8-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kinoaktyor va qoʻshiqchi.
Aktyorlik faoliyati 12 yoshligida „Soy qoʻshigʻi“ filmida ilk rolini ijro etdi. Aktyor shu tarzda rejissorlar eʼtiboriga tushdi. Shundan keyin bir necha reklama hamda roliklarda chiqdi. Rejissor Zulfiqor Musoqovning „Novda“ filmida oʻynadi. „Elparvar“ filmi suratga olinish jarayonida Isaxanov barcha talablarni kaskadyor yordamisiz amalga oshirdi, lekin roli tanqid ostiga olindi.
Qoʻshiqchilik faoliyati Isaxanov biror musiqiy taʼlim olinadigan joyga bormagan. Oʻz ustida mustaqil ishlay boshladi. U Elman Zeynalovni kuzatib bordi. Keyinchalik doimiy aloqa oʻrnatishdi. Abdulgʻofur TNT kanalidagi musiqiy tanlovda qatnashish uchun Rossiyaga uchib ketdi. Safar davomida RAAVA Music leybli qoʻshiqchilari bilan tanishdi, ammo hamkorlik haqida gaplashishmadi. Oʻzbekistonga qaytib, ijodini davom ettirdi.
2019-yil sentabr oyi boshida qisqa muddat ichida yozilgan „Sly Snake“ () qoʻshigʻi chiqdi va Raava Music aʼzolari u bilan shartnoma imzolashga qaror qilishdi. Aktyor oʻzining xonandalik faoliyatini shu tariqa boshlab yubordi.
Isaxonovning taʼkidlashicha, RAAVA shunchaki oddiy guruh emas, u yerda mustahkam doʻstlik mavjud. Jamoa chindan ham bir oilaga aylangan. Mashhurlik boshqa, lekin guruhda hamma bir-biriga koʻmak beradi.
2019-yil dekabrda xonanda „Luna“ nomli yangi klipi chiqardi. Klip qisqa vaqt ichida 500 ming marta tomosha qilindi. Abdulgʻofur u oʻz oilasini sogʻinganligini, shuningdek, uyda osh tayyorlashini ham aytib oʻtgan. U barcha ijtimoiy tarmoqlardan kelgan xabarlar va sharhlarni javobsiz qoldirmaydi.
Shaxsiy hayoti va oilasi 3 yoshligida togʻasi pop qiroli Michael Jacksonning albomini sovgʻa qilgan. Shu tufayli sanʼatga qiziqa boshlagan. Jacksonning musiqalarini eshitib, raqsga tushishni mashq qila boshlagan. Yoshligida sanʼatga boʻlgan eʼtibori kuchayib borayotgan boʻlsa-da, Isaxonovning ota-onasi uni tish shifokori boʻlishini istashgan. Natijada 3 yil davomida tibbiyot kollejida taʼlim olgan. Oʻzi yozgan qoʻshiqni ijro qilganidan keyin oilasining fikri oʻzgardi va shu tarzda sanʼatga kirib keldi. „Sly Snake“ treki maktabdagi ilk sevgisi haqida.
Filmografiyasi +YilFilmRolIzoh2010"Soy qoʻshigʻi"Bekzod2011"Haqiqat kuni"Pʻolat2015"Novda"Rashid2018"Elparvar"nabiratarixiy, drama
Diskografiyasi Albomlari
Kaleydoskop +KliplariYilQoʻshiqIzoh2019"Milliy bola"MASSA bilan duet2019"Luna"2020"OK"2020"MOROZI"ELMAN bilan duet2020"Atom"
Manbalar
Havolalar Isaxonov Instagramda Isaxonov Telegramda
Turkum:12-martda tugʻilganlar Turkum:8-avgustda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar