Patrik Fadio Maksim Kisnorbo ()1981 -yil 24-martda AvstraliyaningMelburn shahrida tugʻilgan. Patrik Fadio Maksim Kisnorbo avstraliyalik futbolchi boʻlib, maydonda yarim himoyachi vazifasini bajargan. „Lester City“, „Melburn City“ va Avstraliya terma jamoasida oʻynagan. Hozirgi kunda „Melburn City“ jamoasi bosh murabbiyi.
Jamoalardagi faoliyati Kisnorbo oʻz faoliyatini Janubiy Melburnda oʻz shahridan boshlagan. U jamoada 3-5 mavsum oʻynadi va ularga Milliy Liga chempioni boʻlishlariga yordam berdi.
2003-yilda Patrik Shotlandiyaning „Heart of Midlothian“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. U jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. 2004-yil 24-oktabrda „Hibernian“ga qarshi oʻyinda Kisnorbo Shotlandiya Premer-ligasidagi yagona golini urgan. Patrik tezda yangi jamoaga moslashdi va uning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi. 2004-yilda u klubga UEFA kubogida yordam berdi va Portugaliyaning „Braga“ darvozasiga gol urgan.
2005-yilda Kisnorbo chempionatdan Angliyaning “Leicester City" jamoasiga oʻtgan. Patrik bilan yil oxirigacha olti oylik shartnoma imzolangan. 15-oktabr kuni „Watford“ga qarshi bahsda u „tulkilar“ safidagi ilk golini urdi. „Lester“dagi muvaffaqiyatli oʻyinlari va qisqa muddatli kelishuv tugaganidan soʻng, Kisnorbo „Uigan Atletik“ bilan shartnoma imzolashni xohladi, ammo „Fox“ rahbariyati shartnomani yanada qulayroq shartlarda uch yilga uzaytirishga muvaffaq boʻldi. Toʻrt mavsum davomida Patrik klub tarkibida koʻplab oʻyinlar oʻtkazdi.
2009-yilning yozida u ikki yillik shartnoma asosida „Lids United“ga oʻtgan. 8-avgust kuni „Exeter City“ klubiga qarshi oʻyinda Patrik yangi jamoada debyut qilgan. Kisnorbo „Lids“ safidagi ilk golini 24-oktabr kuni „Milluoll“ga qarshi oʻyinda kiritgan. 2013-yil boshida u „Ipsvich Taun“ safida ijara asosida oʻynay boshlagan.
Oʻsha yilning sentabr oyida Kisnorbo oʻz vataniga qaytib keldi va u yerda „Melburn Heart“ bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 12-oktabr kuni „Melburn Victory“ga qarshi duelda u A-ligada debyut qilgan. 2014-yil 25-yanvarda „Adelaida United“ga qarshi oʻyinda Patrik yangi klubi uchun birinchi golini urgan. 2016-yilning 1-may kuni Kisnorbo nafaqaga chiqqanini eʼlon qildi va „Melburn City“ yoshlar jamoasi boshqaruvchisi lavozimini egalladi.
Xalqaro faoliyati 2001-yilda Kisnorbo Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.
2007-yilda u Osiyo Kubogida ishtirok etgan. Turnirda Kisnorbo Ummon va Iroq jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
Avstraliya terma jamoasi safida kiritgan gollari № sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2009-yil 5-sentabr Seul World Cup stadium, Seul, Koreya Respublikasi 2: 1 3: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari