Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi (ilgari Milliy ayollar ligasi sifatida tanilgan) Yangi Zelandiyadagi eng yuqori darajadagi ayollar futboli ligasidir. Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi mintaqaviy futbol federatsiyasi (OFC) tomonidan boshqarilardi.

Tarixi Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi 2002-yilda tashkil etilgan va 2007-yil oxirigacha davom etgan, shundan keyin Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi toʻxtatilgan. Liga 2009-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy terma jamoasini rivojlantirish uchun qayta tiklandi. Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasida hozirda har bir federatsiya (maʼmuriy birlik) tomonidan boshqariladigan yettita jamoa mavjud.

2009-yildan 2012-yilgacha Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi ikki diviziyaga, Shimoliy va Janubiy konferensiyalar diviziyaga boʻlingan. Shu vaqt orasida Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasida har biri bir-biri bilan ikki marta oʻynaydigan toʻrtta jamoa bor edi. Mavsumdan soʻng yarim final oʻyinlari boʻlib oʻtardi va har bir konferensiya diviziyasi gʻolibi ikkinchisidiviziya gʻolibi bilan oʻynardi va shu asnoda gʻolib aniqlanardi.

2010-yildan boshlab Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi yozda oʻtkaziladigan boʻldi (oldingi mavsumlar qishda oʻtkazilgan). 2010-yildan 2014-yilgacha Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi milliy ayollar yoshlar ligasi sifatida yosh chegarasini oʻrnatdi, unda faqat 20 yoshgacha boʻlgan oʻyinchilar ishtirok etishdi. Cheklovlar 2015-yilda olib tashlangan va o‘shandan beri Yangi Zelandiya ayollar milliy ligasi cheklanmagan to‘liq ayollar ligasi sifatida faoliyat olib bormoqda.

2020-yilga kelib Milliy ayollar ligasini erkaklar ligasi kabi klublar oʻrtasidagi mustaqil musobaqa shakliga oʻtkazish maqsad qilingan. Shuningdek, har bir federatsiya jamoasi 2018-yilda o‘tkazadigan o‘yinlar sonini ikki davrali tizimga oʻtish orqali koʻpayishiga umid qilgan, bunda har bir jamoa musobaqadagi har bir jamoaga qarshi uyda va safarda bir marta o‘ynashi kerak edi.

Birinchi navbatda ayollar futboli sifatini oshirish uchun klublar ligasiga oʻtishni sekin-asta amalga oshirishga qaror qilindi. Shunday qilib, 2021-yilgi mavsumdan boshlab toʻrtta jamoa Shimoliy ligada qatnashadigan boʻldi. Ular: Central Football, Capital Football, Canterbury United Pride va Southern United jamoalari.

Jamoalar roʻyxati

Hozirgi Auckland United Eastern Suburbs Northern Rovers Western Springs Central Football Capital Football Canterbury United Pride Southern United

Oldingi

Auckland Under-20 Development (2010-2011) Auckland Football (2002-2020) New Zealand Football Development (2005-2006, 2009, 2014-2016)

Northern Lights (2002-2007, 2010-2020) Northern Region Development (2011-2013) WaiBOP United (2002-2020) Young Ferns (2013-2014)

Chempion jamoalar roʻyxati +Chempionat final oʻyinlar Mavsum Chempion jamoa (qavsdagi son chempionlik miqdorini bildiradi) Ikkibchi Oʻrin Hisob Final oʻtkazilgan hudud 2002 Auckland (1) Mainland Soccer Chempion jamoa Liga statistikasiga binoan aniqlangan 2003 Auckland (2) Capital Soccer 2004 Capital Soccer (1) Auckland 2-1 nomaʼlum 2005 Auckland (3) Capital Soccer 4-2 Newtown Park, Wellington 2006 Auckland (4) Capital Soccer 3-1 Mount Smart Stadium, Auckland 2007 Auckland (5) Capital Football 3-1 Newtown Park, Wellington 2008 Liga oʻyinlari oʻtkazilmagan 2009 Auckland (6) Capital Football 5-1 Bayer Growers Stadium, Pukekohe 2010-2011 Capital Football (2) Waikato-Bay of Plenty 2-1 Memorial Park, Lower Hutt 2011-2012 Northern Football (1) Waikato-Bay of Plenty 3-0 Parrs Park, Auckland 2012-2013 Northern Football (2) Auckland Football 2-0 Fred Taylor Park, Auckland 2013 Mainland Pride (1) Northern Football 4-2 North Harbour Stadium, North Shore 2014 Mainland Pride (2) New Zealand U-18 Development 3-1 ASB Football Park, Christchurch 2015 Northern Football Mainland Pride 4-3 ASB Football Park, Christchurch 2016 Canterbury United Pride (3) Capital Football 2-0 English Park, Christchurch 2017 Auckland Football (7) Canterbury United Pride 3-2 English Park, Christchurch 2018 Canterbury United Pride (4) Northern Lights 3-2 English Park, Christchurch 2019 Canterbury United Pride (5) Northern Lights 1-1(4-3 pen.) English Park, Christchurch 2020 Canterbury United Pride (6) Capital Football 4-0 English Park, Christchurch 2021 Liga oʻyinlari Covid-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan Yana qarang

Yangi Zelandiya futbol chempionati

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt Izohlar

Turkum:Okeaniyadagi ayollar assotsiatsiyasi futbol ligalari Turkum:Yangi Zelandiya