Ildar Magdeev (; 1984-yil 11-aprelda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi.

Futbolchilik faoliyati Ildar 15 yoshida „Buxoro“ klubi tarkibida kattalar futbolida debyut qilgan. Bu klubdagi dastlabki ikki mavsumda u Oʻzbekiston chempionatida bor yoʻgʻi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, 2001-yilda 22 ta oʻyinda qatnashgan.

2002-yilda Magdeev oʻsha paytda mamlakatning soʻzsiz eng kuchli klubi boʻlgan „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. 2002—2007 yillarda „Paxtakor“ Magdeev bilan ketma-ket olti marta „oltin dubl“ga erishgan, Oʻzbekiston chempionati va kubogini qoʻlga kiritgan. 2008—2010-yillarda uch marta kumush medal sohibi boʻlgan, 2009-yilda esa navbatdagi kubokni qoʻlga kiritgan.

2009 va 2010-yillarda u Rossiyaning „Rubin“ va „Ural“ jamoalarini qishki koʻrigiga borgan. 2011-yilda Xitoyning „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻynagan. Vataniga qaytgach, „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan, ammo oʻyin amaliyotiga ega boʻlmadi va 2012-yilning yozida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Lokomotiv klubi tarkibida chempionatda bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda Toshkentning boshqa bir klubi, "Oqtepa"da birinchi ligada toʻp surgan. Yozgi transfer oynasi vaqtida Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. 2014-yilda yana „Oqtepa“ safida oʻynab, Oʻzbekiston kubogi chorak finaliga qadar yetib borgan.

Xalqaro faoliyati 2002-yilning 21-avgustida Ozarbayjonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Ildar 2004-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ikki oʻyinda, Turkmanistonga qarshi guruh bosqichida va Bahrayn bilan chorak finalda maydonga tushgan. 2007-yilda Osiyo Kubogi final turnirida ham terma jamoaga kiritilgan, biroq birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan.

Terma jamoa tarkibidagi soʻnggi oʻyinini 2012-yilning 29-fevralida Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan. Magdeev terma jamoada jami 23 ta oʻyin oʻtkazgan. Rasmiy oʻyinlarda terma jamoa safida gol ura olmagan, ammo 2009-yilning yanvarida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi bilan sinov oʻyinida gol urgan„Zenit“ proigral uzbekskim futbolistam 0:1.

Murabbiylik faoliyati 2021-yil Oʻzbekiston U-18 terma jamoasida bosh murabbiylik qilgan.

Yutuqlari

Oʻzbekiston chempioni (6): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007 Oʻzbekiston kubogi sohibi (7): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009

Xalqaro musobaqalar

MDH chempionlar kubogi: (1) 2007

Havolalar

Manbalar

Ildar Magdeev National-Football-Teams.com saytida Ildar Magdeev Footballfacts saytida

Ildar Magdeev Soccerway saytida Ildar Magdeev Transfermarkt saytida

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oqtepa klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Qingdao Hainiu F.C. (1990) futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar