Sanjar Baxtiyor oʻgʻli Qodirqulov (1997-yil 27-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Dinamo“ klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Faoliyati

Ilk yillari Sanjar Qodirqulov – Bunyodkor futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. 2016-yilgi mavsumgacha Sanjar Qodirqulov Bunyodkor 2 klubi tarkibida harakat qilgan.

Bunyodkor safida 2016-yil 1-yanvar kuni Sanjar Qodirqulov Bunyodkor 2 jamoasidan Bunyodkorning asosiy jamoasiga koʻchib oʻtadi. Sanjar Qodirqulov Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 1 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 34 daqiqa maydonda toʻp suradi. 2018-yil 1-yanvarda Sanjar Qodirqulov Metallurg jamoasidan Bunyodkor jamoasiga qaytdi. 2018-yilgi mavsumda Bunyodkor safida 13 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va umumiy hisobda 517 daqiqa maydonda toʻp suradi. Sanjar Qodirqulov 2019-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 26 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 2 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 2.196 daqiqa maydonda toʻp suradi. Sanjar Qodirqulov 2020-yilgi mavsumda Bunyodkor safida Oʻzbekiston Superligasida 25 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 2.098 daqiqa maydonda toʻp suradi.

Metallurg safida 2017-yil 1-fevralda Sanjar Qodirqulov Metallurg safiga ijaraga berib yuborildi. Sanjar Qodirqulov Metallurg safida Oʻzbekiston Superligasida birinchi mavsumida 27 ta oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 1.440 daqiqa maydonda toʻp suradi.

Lokomativ safida 2021-yil 11-yanvarda Sanjar Qodirqulov Bunyodkor jamoasidan Lokomativ jamoasiga transfer qilindi. 2021-yilgi mavsumda Lokomativ safida Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 2 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 1.649 daqiqa maydonda toʻp suradi. 2022-yil 9-fevral 2021-yilgi mavsumning soʻnggi qismida olgan jarohatini davolab, safga qaytdi. Sanjar Qodirqulov 2022-yilgi mavsumda Lokomativ safida Oʻzbekiston Superligasida 17 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi va 1 ta gol kiritdi. Umumiy hisobda 1.276 daqiqa maydonda toʻp suradi.

2023-yil 7-dekabrda "Neftchi" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Sanjar Qodirqulov Oʻzbekistonning bir qancha yosh toifalaridagi terma jamoalarida oʻynagan. Jumladan, Oʻzbekiston U17, Oʻzbekiston U19, Oʻzbekiston U20, Oʻzbekiston U21, Oʻzbekiston U23 va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoalarida. Sanjar Qodirqulov umumiy hisobda hozirgacha terma jamoalari safida 40 ta oʻyin oʻyin oʻtkazadi. Oʻzbekiston U21 safida ilk bor 2018-yil 4-sentabrda Tojikiston U21 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston U23 safida ilk bor 2018-yil 27-aprelda Shimoliy Koreya U23 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi safida ilk bor 2019-yil 10-oktabrda Yaman terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi va gol kiritdi. 2022-yil yanvar oyi FIFA kunlari uchun Oʻzbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Bunyodkor-2 klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar