Etzaz Husayn () 1993-yil 27-yanvarda Norvegiya poytaxti Osloda dunyoga kelgan. Asli pokistonlik boʻlgan norveg futbolchisi, „Molde“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati Husayn faoliyatini Angliyaning "Manchester United"klubida boshlagan. Biroq yuqori raqobat tufayli u asosiy jamoada debyut qila olmadi. 2011-yilda u vataniga, „Volerenga“ jamosiga qaytdi. Lekin u yerda ham uch oy davomida bir daqiqa ham maydonga tushmadi. Oʻsha yili Etazaz „Fredrikstad“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 25-aprel kuni u Tippeligda „Stabaek“ jamosiga qarshi debyut qildi. 16-oktabr kuni „Xaugesund“ga qarshi kechgan duelda Husayn jamoasi safidagi ilk golini urdi.

2012-yilning yozida Etzaz „Molde“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 400 ming yevroni tashkil qildi. 4-avgust kuni „Sogndal“ga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi. 12-avgust kuni „Alesund“ga qarshi duelda Husayn „Molde“ tarkibida birinchi golini urdi. Jamoa bilan Etzaz ikki marta chempionlik va Norvegiya kubogini qoʻlga kiritdi.

2016-yil boshida Husayn Turkiyaning „Sivasspor“ klubiga oʻtib, 2,5 yillik shartnoma imzoladi. 16-yanvar kuni „Galatasaroy“ga qarshi oʻyinda u Turkiya Superligasida debyut qildi. Oʻsha yilning yozida Etzaz Xorvatiyaning „Rudesh“ jamoasiga oʻtdi. 29-oktabr kuni „Solin“ga qarshi oʻyinda u Xorvatiya ikkinchi divizionida debyut qildi. 2017-yil boshida Husayn „Molde“ga qaytdi. Oʻsha yilning yozida Etzaz „Odd“ klubiga ijaraga oʻtdi. 21-sentabr kuni „Tromso“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. Xuddi shu oʻyinda Husayn „Odd“ uchun birinchi golini urdi. Ijara muddati tugagach, u „Molde“ga qaytdi.

Statistika

JamoaMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFredrikstad2011Tippeligaen20241——243201212321——144Jami32562———387Molde2012Tippeligaen1022080—20220132226130—31320141916020—271201527130112—413Jami786171242——1199Sivasspor2015-16Süper Lig8000——80Rudeš2016-17FavBet Druga liga3010——40Molde2017Eliteserien13141——17220182352071—326201915420810025520202880011200391020212721041002922022111304100182Jami117211213460016328Odd (ijara)2017Eliteserien1130000—113Umumiy karerasida249353645880034347

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Pokistonlik erkak futbolchilar