Krystian Bielik () 1998-yil 4-yanvarda Polshaning Konin shahrida tugʻilgan. Belik polshalik futbolchi, „Birmingem City“ klubi yarim himoyachisi hisoblangan.
Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ab/Krystian_Bielik_-_Arsenal_U19_-_2015.jpg/190px-Krystian_Bielik_-_Arsenal_U19_-_2015.jpg|thumb|326x326px| Belik "Arsenal" safida Belik „Legiya“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 24-avgustda Krystian Bielik „Ekstraklasa da Korona“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Dekabr oyida Kristyanga Londonning „Arsenal“ jamoasi qiziqish bildirgandi.
2015-yilning 21-yanvarida Belik rasman London klubiga oʻtdi. Transfer summasi 2,4 million funtni tashkil qildi. 2015-yilning 27-oktyabr kuni Krystian Bielik „Arsenal“ning asosiy jamoasida ilk bor Futbol Ligasi kubogining 4-bosqichida „Sheffild Uensdey“ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.
2017-yil boshida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Krystian Bielik „Birmingem City“ga ijaraga oʻtdi. U chempionatdagi debyutini 14-fevral kuni „Preston North End“ga qarshi oʻtkazdi.
2018-yil boshida Krystian Bielik yana ijaraga berildi, „Uolsol“ uning yangi klubiga aylandi.
Xalqaro martaba 2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Krystian Bielik yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Krystian Bielik zaxiradan maydonga tushmagan.
2019-yilning yozida Kristyan Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilindi. Belgiyaga qarshi guruhdagi birinchi o‘yinda Krystian Bielik 52-daqiqada gol urdi va jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Guruh bosqichining ikkinchi bosqichida Italiyaga qarshi o‘yinda Krystian Bielik 40-daqiqada gol urib, jamoasiga 1:0 hisobida g‘alaba keltirdi.
Statistika
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarPolsha milliy terma jamoasi201930202000202100202220Jami50
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Polshalik erkak futbolchilar