Murod Ismoilov (, 1969-yil 4-yanvar, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi yoki yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan. Paxtakor va Neftchi klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini 1985-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. 1987-yilning kuzida Harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmatdan qaytgach, 1990-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasiga qaytib kelgan. 1991-yili Andijonning „Navroʻz“ jamoasida toʻp surgan va keyinchalik yana Fargʻona jamoasiga qaytgan. 1992-yilning yozida u Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda 5 mavsum toʻp surgan. 1997-yilning yozida „Andijon“ jamoasi bilan yana shartnoma imzolagan. 1998-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ klubi tarkibida oʻynagan. 2000-yilda Murod Qarshining „Nasaf“ klubi tarkibida oʻynagan. Soʻngra 2003-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ klubi tarkibiga oʻtgan va 2005-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchi boʻlganidayoq murabbiylik faoliyatini boshlagan. Avvaliga Quvasoyning „Sementchi“ jamoasini tarbiyalashda yordam bergan, 2007-yilda esa klubni boshqargan. 2010-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi murabbiylar shtabiga kelib qoʻshilgan. Ravshan Haydarov 2011-yil 29-sentyabrda isteʼfoga chiqarilganidan soʻng yil oxirigacha Paxtakor klubini bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 2012-yilning iyun oyida yana bosh murabbiylik faoliyatini davom ettirgan va 2012-yilning 29-dekabrida „Paxtakor“Murad Ismailov prodoljit rukovodit „Paxtakorom“ v kachestve glavnogo trenera – Gazeta.uz jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va uni 2013-yilning oxirigacha boshqargan. 2014-yilning 3-yanvaridan Fargʻonaning „Neftchi“ klubiniMurod Ismoilov „Neftchi“ murabbiyi sifatida tanishtirildi / CHAMPIONAT.asiaMurad Ismailov naznachen glavnim trenerom „Neftchi“ / Novosti Uzbekistana | Svejie novosti | UZ24.uz va 2015-yil 7-dekabrda FK Qoʻqon 1912 jamoasiga murabbiylik qilgan„Qoʻqon-1912“ Murodjon Ismoilov bosh murabbiy boʻlganini tasdiqladi / CHAMPIONAT.asia. 2018-yilgi mavsumda „Metallurg“ Bekobod jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. 2023-yilgi mavsumda Quvasoyning „Sementchi“ jamoasi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan.

Shaxsiy hayoti Ismoilovning oʻgillari (Islombek Ismoilov va Muzaffar Muzaffarov) ham futbol sportida faoliyat olib boradi.

Yutuqlari

Murabbiy

Paxtakor Toshkent

Oʻzbekiston chempioni: 2012 Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2011 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2011

Manbalar

Havolalar

Murod Ismoilov Soccerway saytida Murod Ismoilov Transfermarkt saytida Footballmaʼlumotlar bazasidagi profil

Turkum:4-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Margʻilonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Atlaschi FC futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Qoʻqon 1912 futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Neftchi futbol klubi murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Sementchi Quvasoy klubi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi murabbiylari