Yevgeniy Valentinovich Berzin (tugʻ. 1970-yil 3-iyun, Viborg, SSSR ) — sovet va rossiyalik velosportchi, Yevropaning uchta eng nufuzli koʻp kunlik poygalaridan (Jiro d’Italiya) birida gʻolib chiqqan Rossiyaning birinchi vakili. SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi (1990)https://hmong.ru/wiki/Evgeni_Berzin .

Biografiya Yevgeniy Berzin 1970-yil 3-iyunda Viborg shahrida tugʻilgan. U 1977-yilda maktabning boshlangʻich sinflarida oʻqib, velosiped haydash bilan shugʻullana boshlagan. SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy A. Gusyatnikov rahbarligida sport mashgʻulotlaridan oʻtgan. 1988-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya va jahon chempionatlarida gʻolib chiqgan.

Sport martabasi Yevgeniy oʻzining eng katta muvaffaqiyatiga 1994-yilda professional faoliyatini boshlaganidan soʻng erishdi, oʻshanda u kutilmaganda Rossiya va sobiq Sovet velosipedchilari orasida birinchi boʻlib Giro d’Italiya velopoygasi gʻolibiga aylandihttps://hmong.ru/wiki/Evgeni_Berzin . Oʻsha poygada u uch bosqichda gʻolib chiqdi, 19 kun davomida peshqadamlik qildi va natijada italiyalik Marko Pantani va ispaniyalik Migel Indurain kabi mashhur raqiblarini ortda qoldirdi.

Keyingi yili xuddi shu velopoygada Yevgeniy 2-boʻldi. 1996-yilda „Tur de Frans“ poygalarining birida gʻalaba qozonib, ikki kun davomida poyga peshqadami boʻldi. 1997-yil 19-oktyabrda Berzin Bordeauxda trekdagi soatlik poygada rekord oʻrnatishga harakat qildi, ammo urinish muvaffaqiyatsiz boʻldi. Sport martabasini tugatgandan soʻng, u Italiyada yashab, u yerda avtomobillar sotish bilan bogʻliq biznes bilan shugʻullanganhttps://hmong.ru/wiki/Evgeni_Berzin . 2007-yilda u Oleg Tinkov jamoasida oʻynashni xohlab, sport martabasini davom ettirish niyatida edi, ammo jamoaga 37 yoshli Berzin kerak emas edi. Shu bilan sportchining velosportdagi faoliyati yakunlandi.

Asosiy yutuqlar

Giro d’Italia link=Fayl:Jersey_rosa.svg|20x20pxUmumiy tasnifda 1-oʻrin link=Fayl:Jersey_white.svg|20x20px Eng yaxshi yosh chavandoz tasnifida 1-oʻrin 19 kun davomida yetakchining pushti libosiga egalik qildi, 4, 8 va 18-bosqichlarda g‘olib chiqdi. link=Fayl:MaillotRusia.PNG|20x20px Vaqt sinovi boʻyicha Rossiya chempionati

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:3-iyunda tugʻilganlar