Sitora Jumanazarovna Hamidova ( 1989- yil 12-may, Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — o‘rta va uzoq masofalarga yugurish hamda marafon yugurish bo‘yicha o‘zbekistonlik yengil atletikachi. 2016-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Tarjimai hol Sitora Hamidova 1989-yil 12-mayda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida dunyoga keladi . Termiz davlat universitetini tamomlaydi.
Sitora 2015-yilda 10 000 metrga yugurish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, 2016-yilda kross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘olibi bo‘ladi .
U 2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. 10 000 metrga yugurishda u oltin medalni qo‘lga kiritgan efiopiyalik Almaz Ayanaga 2 daqiqa 40,32 soniyani boy berib, O‘zbekiston rekordi – 31 daqiqa 57,77 soniya bilan 24-o‘rinni egalladi. Marafonda Sitora Hamidova 2 soat 39 daqiqa 45 soniyada eng yaxshi natija ko‘rsatgan 133 nafar ishtirokchi orasida 54-o‘rinni egalladi. Hamidova g‘olib - keniyalik Jemima Sumgongga 15 daqiqa 41 soniyada imkoniyatni qo‘ldan boy beradi .
Uch marotaba jahon chempionatlarida ishtirok etadi. 2015—2019-yillarda u marafonda marraga yetib kela olmaydi, 2017-yilda 10 000 metrga yugurishda (31.57.42 soniya natija bilan) O‘zbekiston rekordi bilan 18-o‘rinni egalladi.
Hamidova 2018-yili Jakartadagi yozgi Osiyo o‘yinlarida 5000 va 10000 metrga yugurishda 8-o‘rinni egallagan edi.
10 000 metr (31.57.42 natija bilan) va yarim marafonda (1:13.10 natija bilan) O‘zbekistonning amaldagi rekordchisiga aylanadi.
O‘zbekiston bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
Shaxsiy rekordlar
1500 metrga yugurish — 4.24.6 (2009-yil 6-iyun, Bishkek ) 3000 metrga yugurish — 9.20.56 (2011-yil 11-iyun, Toshkent ) 5000 metrga yugurish — 15.50.26 (2001-yil 23-iyul, Cheboksari ) 5000 metrga yugurish (yopiq) — 15.56.38 (2018-yil 26-yanvar, Toshkent) 10 000 metrga yugurish — 31.57.42 (2017-yil 5-avgust, London ) Yarim marafon — 1:14.02 (2018-yil 9-sentyabr, Minsk ) Marafon — 2:33.46 (2019-yil 14-aprel, Varshava )
Manbalar
Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:12-mayda tugʻilganlar Turkum:Termizda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston yengil atletikachilari Turkum:Oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustalari