Sardor Rahmonov (1994-yil 9-iyulda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Sardor Rahmonov Muborakning „Mashʼal“ jamoasi tarbiyalanuvchisidir. U professional faoliyatini 2012-yilda shu klubda boshlagan. Bungacha Rahmonov „Mashʼal“ yoshlar jamoasida oʻynagan. 2013-yil boshida Sardor Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtib, bir yarim mavsum shu jamoada oʻynagan. Bu vaqt ichida u bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan.

2014-yil oʻrtalarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2016-yilda „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq yozgi transfer oynasida „Neftchi“ jamoasiga qaytgan.

2017-yilgi mavsumda Muborakka qaytgan va „Mashʼal“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ikki mavsum davomida Muborakda oʻynagan va 37 ta oʻyinda 3 ta gol muallifi boʻlgan 2019-yilda AGMK jamoasi bilan shartnoma imzolagan. OKMK klubi tarkibida 3 mavsum Osiyo chempionlar ligasi turnirida ishtirok etgan va mavsumlar davomida 10 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Xalqaro oʻyinlar Turli yosh toifalaridagi Oʻzbekiston terma jamoalarida oʻynagan. 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2013-yili Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, jamoa bilan chorak finalga qadar yetib borgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2013 Oʻzbekiston Superkubogi finalchisi: 2014, 2019 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2019, 2020

Manbalar

Havolalar

Sardor Rahmonov Soccerway saytida Sardor Rahmonov Transfermarkt saytida Sardor Rahmonov Sportsru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari