Ilya Igorevich Telegin (; 1981-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Ilya Rossiya fuqaroligiga ham ega.

Futbolchilik faoliyati Oʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi. Ilya futbolchilik faoliyatini Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan Umid jamoasida boshlagan. 1998-yilgi mavsumda Chilonzor jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1999-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarkibiga oʻtgan ammo asosan oʻrinbosalar jamoasida oʻynagn. 2000-yilgi mavsumda Chirchiqning „Kimyogar“ klubi tarkibiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida Chirchiq jamoasida oʻynagan.

2002-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etib, 2003-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan. „Ximki“, „Anji“ jamoalarida oʻynagan. 2005-yildan Lipetskning „Metallurg“ klubi tarkibida oʻynay boshlagan. 2009-yilgacha Lipetsk jamoasida oʻynagan. U keyingi mavsumni havaskorlar ligasida, Yelets jamoasida oʻynagan.

2011/2012-yilgi mavsum yakunlangach, legionerlar uchun qoidalar kuchaytirilishi tufayli Telegin ikkinchi divizionda oʻynash huquqidan mahrum boʻlgan. U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan. Uning diskvalifikatsiyasiga klub va futbolchi norozilik bildirgan. Telegin sport formasini ushlab turish uchun Vichug „Kooperator“ jamoasida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Ilya Telegin Soccerway saytida Ilya Telegin Footballfactsru saytida Ilya Telegin Tranbsfermarkt saytida

Turkum:1981-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Chilonzor klubi futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:Umid Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:FC Metallurg Lipetsk futbolchilari Turkum:FC Tekstilshchik Ivanovo futbolchilari