Artyom Filiposyan ( Filiposyan, 1988-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – asli arman boʻlgan oʻzbek professional futbolchisi, markaziy himoyachi vazifasini bajaradi.
Futbolchilik faoliyati
Klub Futbolchilik faoliyatini Muborakning „Mash’al“ klubida boshlagan. Ikki mavsumdan soʻng Qarshining „Nasaf“ klubiga oʻtib, uch mavsum davomida oʻynagan. 2011-yilda Nasaf klubi safida OFK kubogi gʻolibi, Oʻzbekiston Ligasi va Oʻzbekiston kubogi sovrindori boʻlgan. 2011-yilning 14-dekabrida „Bunyodkor“ Filiposyan bilan shartnoma imzolaganini elon qilgan"New players in „Bunyodkor“ . FC Bunyodkor, 14.12.2011.. 2014-yilning fevralida Filiposyan Xitoy Superligasi vakili Liaoning Vuvin bilan shartnoma imzolagan辽足宣布乌兹别克国脚将加盟 at sports.sina.com 2014-02-17 Retrieved 2014-02-18辽足与双外援解约教练组添新人 at sports.sina.com 2014-05-29 Retrieved 2014-05-30. 2014-yilning 1-iyul kuni Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan 6 oylik shartnoma imzolagan. 2016-yilda „Buxoro“ futbol klubi bilan shartnoma izmolagan.
2018-yilning dekabr oyida Tailandning Prachuap klubi bilan shartnoma imzolagan. Tailand birinchi divizionida 29 ta oʻyinida ishtirok etgan. 2020-yilgi mavsum boshida Indoneziya chempionatida ishtirok etuvchi Bogordan TIRA-Persikabo jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil boshida u Tailanddagi sobiq klubi PT Prachuap jamoasiga qaytgan. 2023-yil yozgi transfer oynasida „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro Artyom 2009-yili terma jamoada debyut qilgan. 2011-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibga murabbiy Vadim Abramov tomonidan kiritilgan.
Yutuqlar
Klub
Nasaf
Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2011 Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2011 OFK kubogi gʻolibi: 2011-yil
Bunyodkor
Oʻzbekiston ligasi (1): 2013 Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2011 Oʻzbekiston kubogi (2): 2012, 2013 Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali: 2012
Lokomotiv
Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2014 Oʻzbekiston kubogi (1): 2014
PT Prachuap FK
Tailand Liga kubogi (1): 2019
Faoliyat statistikasi Klub Mavsum Oʻyin Gol Mash’al Muborak 2006-yil 6 0 2007-yil 8 0 2008-yil 30 1 Jami 44 1 Nasaf Qarshi 2009-yil 27 2 2010-yil 23 1 2011-yil 12 0 Jami 62 3 Bunyodkor 2012-yil 19 1 2013-yil 19 0 Jami 38 1 Liaoning Whowin 2014-yil 4 0 Lokomotiv Toshkent 2014-yil 6 0
Manbalar
Havolalar
Artyom Filiposyan Soccerway saytida Artyom Filiposyan Footballdatabase saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Liaoning F.C. futbolchilari Turkum:PT Prachuap F.C. futbolchilari Turkum:Persikabo 1973 futbolchilari Turkum:Muangkan United F.C. futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 (Indoneziya) futbolchilari Turkum:Tai liga 1 futbolchilari Turkum:Tai liga 2 futbolchilari