Ayubxon Gapparov (1992-yil 16-may; Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati 2009-yilda Qozonning „Rubin“ klubiga oʻtgan. Rubin jamoasidagi raqobat sababli asosan yoshlar jamoasida oʻynagan. „Rubin“ asosiy tarkibi uchun birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. 2012-yilgi mavsum Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga ijaraga berilgan. Gapparov „Lokomotiv“da ham bitta oʻyin oʻtkazmadi va tez orada 2013-yilda Nijnekamskning „Nefteximik“ klubiga ijara shartnomasi asosida oʻtgan. „Nefteximik“ safida bitta oʻyin oʻtkazgan. Oʻsha yili u „Nefteximik“ni tark etib, Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtgan va bu jamoada bir yarim mavsum davomida oʻynagan. Bu davr ichida bor-yoʻgʻi ikkita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. 2015-yildan Qirgʻizistonning Oʻshning „Alay“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Manbalar
Havolalar
Ayubxon Gapparov Ayubxon Gapparov
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:16-mayda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:FC Rubin-2 futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Neftekhimik Nizhnekamsk futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:Paxtakor-79 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari