WikiRank - bu Vikipediyaning turli tillardagi versiyalaridagi maqolalarni avtomatik nisbiy baholash va taqqoslash uchun onlayn xizmat hisoblanadi. 2015-yilda Belarus va Polshalik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan.
WikiRank reytingi maʼlumotlar toʻplami 37 milliondan ortiq Vikipediya maqolalari uchun mavjud.
Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya hisoblanadi va u koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp ko'zdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylangan .
Tarixi Ushbu tizim birinchi marta 2015-yilda ilmiy maqolada turli matnlarning sifatini baholash algoritmini amalga oshirishning alfa versiyasi sifatida tilga olingan. WikiRank xizmatidan foydalangan holda sifatni baholash natijalarini tavsiflovchi ilmiy ishlardan biri 2017-2018-yillardagi Vikipediya va boshqa Vikimedia loyihalarining eng muhim kashfiyotlaridan biri sifatida tan olinganWikimania 2018 — the most important findings of the year — Department of Information Systems.
2018-yil noyabr oyida xizmat turli tematik reytinglardagi maʼlumotlarni koʻrsatish uchun DBpedia va Wikidata maʼlumotlaridan foydalanishni boshlagan. 2019-yil may oyida WikiRank mahalliy va global jihatdan ommabop bo`lgan maqola funksiyasini taqdim etdi va 39 milliondan ortiq Vikipediya maqolalari uchun sifat, ommaboplik va mualliflik qiziqishlari koʻrsatkichlariga ega ommaviy maʼlumotlar toʻplamini eʼlon qildi.
Kelajakda WikiRank sifatni baholashning yangi parametrlarini, jumladan Facebook, Twitter, Reddit, VKontakte, LinkedIn va boshqa ijtimoiy portallardan ijtimoiy signallarni, shuningdek Google, Bing, Yahoo!, Baidu, Yandex va boshqa qidiruv tizimlarini qo`llab-quvvatlashni nazarda tutganJudd, T., & Kennedy, G. (2011). Expediency‐based practice? Medical students' reliance on Google and Wikipedia for biomedical inquiries. British Journal of Educational Technology, 42(2), 351-360..
WikiRank turli oliy taʼlim muassasalarida masalan, Varshava universitetida didaktik maqsadlarda ham qoʻllanadiWikipedia jako źródło informacji — USOSweb UW. WikiRank tomonidan taqdim etilgan reytinglar kartalar sifatini aniqlash maqsadida foydalanadiInfoboxes.net.
Manbalar