Imogen Gay Poots(1989-yil 3-iyunda tugʻilgan) — ingliz aktrisasi va model. U " 28 haftadan keyin " (2007) qoʻrqinchli filmdagi Tammy, " Jimi Hendrixning „ Jimi: All Is by My Side“ (2013) biografik filmida Linda Keith, Paul Raymondning "The Look of Love" (2013) biografik filmida Debbi Raymond rollarini oʻynadi. Shuningdek, 2014-yilda u Pierce Brosnan va Aaron Pol bilan birga "Long Way Down" filmida Jessi Krikton obrazini o‘ynadi. 2016-yilda u Showtime kanalida efirga uzatilgan Roadies serialida Kelli Enn rolini oʻynadi. 2020-yilda Antony Hopkins va Olivia Colman ishtirok etgan "The Father" (2020) filmida Laura rolini oʻynadi.
Yoshlik Poots Londonning Hammersmit shahridagi Qirolicha Sharlotta va Chelsi kasalxonasida tugʻilgan. Otasi belfastlik televideniye prodyuseri Trevor Poots, onasi esa Boltonlik jurnalist Fiona Goodall. Uning Aleks ismli akasi bor.
Gʻarbiy Londonning Chisvik shahrida oʻsgan Poots xususiy taʼlim olgan. Veterinariya jarrohi boʻlishni niyat qilgan. Imogen shanba kunlarini Hammersmitdagi Riverside studiyasida Yosh qon teatri kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan improvizatsiya tadbirlarida oʻtkaza boshladi. U ish tajribasi davomida veterinariya jarrohining ish jarayonini koʻrib hushidan ketganidan keyin oʻzining orzusidan voz kechgan. 2008-yilda Kurtauld sanʼat institutiga yoʻllanma oldi.
Aktyorlik faoliyati Poots birinchi marotaba " Casualty " serialining epizodida suratga tushdi va " V for Vendetta " filmida kichik rolni oʻynadi. U 17 yoshida Xuan Karlos Fresnadillo " 28 haftadan keyin " dahshatli filmida rol oʻynaganida, keyin mashhurlikka erishdi. Oʻshandan beri u " Cracks ", " Centurion " kabi filmlarda bosh rolda rol oʻynadi. Poots hech qachon rasman aktrisa sifatida taʼlim olmagan boʻlsa-da, Giles Hattersleyning soʻzlariga koʻra, u oʻzining aktyorlik mahoratini amaliy shogirdlik orqali rivojlantirgan.
2012-yilda u Marni moda yorligʻi va H&M savdo doʻkoni uchun Sofiya Koppola tomonidan suratga olinayotgab reklama roligida rol oʻynash uchun tanlangan.
2012-yilda Poots Ketrin Keener va Filipp Seymour Hoffmanga bilan birgalikda A Late Quartet filmida yosh skripkachi Aleksandra Gelbart rolini oʻynadi. 2013-yilda u Greetings from Tim Buckley, Filth va The Look of Love filmlarida suratga tushgan. 2014-yilda Poots " That Awkward moment " romantik komediyasida va „ Need for Speed“ jangovar filmida rol oʻynadi. 2015-yilda u Jennifer Aniston va Cate Blanchett bilan birgalikda "Knight of Cups" filmida suratga tushdi. U Jimi Hendrixning „ Jimi: All Is My Side“ filmida Linda Keyt rolini oʻynagan.
Shaxsiy hayoti Poots 2018-yildan beri aktyor Jeyms Norton bilan munosabatda.
Filmografiya YilSarlavhaRolIzohlar2005V for VendettaYosh Valerie Page200728 Weeks LaterTammy Harris2007WishJaneQisqa metrajli film2008Me and Orson WellesLorelei Lathrop2009CracksPoppy2009Waking MadisonAlexis2009Solitary ManAllyson Karsch2010CenturionArianne2010ChatroomEva2011Jane EyreBlanche Ingram2011Fright NightAmy Peterson2011Comes a Bright DayMary Bright2012A Late QuartetAlexandra Gelbart2013Greetings from Tim BuckleyAllie2013Jimi: All Is by My SideLinda Keith2013FilthAmanda Drummond2013The Look of LoveDebbie Raymond2014That Awkward MomentEllie Andrews2014A Long Way DownJess Crichton2014Need for SpeedJulia Maddon2014Sheʼs Funny That WayIsabella Patterson2015Knight of CupsDella2015Green RoomAmber2015A Country Called HomeEllie2016Frank & LolaLola2016Popstar: Never Stop Never StoppingAshley Wednesday2016Killing for LoveElizabeth HaysomOvozli rol2017Have HadGraceQisqa metrajli film2017Sweet VirginiaLila2017Mobile HomesAli2017I Kill GiantsKaren2018Age OutJoan2019The Art of Self-DefenseAnna2019VivariumGemma2019Castle in the GroundAna2019Black ChristmasRiley Stone2020The FatherLaura2020French ExitSusan
Serial Yil Sarlavha Rol Izohlar 2004-yilCasualty Elis Tornton 2008-yilMiss Austen Regrets Fanni Osten-Knight Televizion film 2010-yilBouquet of Barbed Wire Pru Sorenson Televizion mini-seriallar 2010-yilChristopher and His Kind Jan Ross Televizion film 2016-yilRoadies Kelli Enn Meyson Bosh rol 2020I Know This Much is True Joy Xenks Takroriy rol (3 qism) 2022Outer Range Kuz Bosh rol Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar