Shuhrat Hayitov – Oʻzbek jurnalisti, teleboshlovchi, pedagog, filologiya fanlari doktori (DSc), adabiyotshunos, Xalq taʼlimi aʼlochisi (2017-yil),Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2021)Shuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi. XVI Xalqaro „Oltin qalam“ tanlovining Bosh milliy mukofoti sohibi.
Biografiyasi Hayitov Shuhrat Moyliyevich 1984-yil 20-fevralda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani (hozirgi Koʻkdala tumanida) Ayritom qishlogʻida tugʻilganShuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi. Otasi Moyli Hayitov hamda onasi Ayisha Abdurahmonova qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat koʻrsatgan. Hayitovlar oilasida yetti nafar farzand boʻlib, Shuhrat ularning ichida eng kichigi boʻlgan. Ilk taʼlimini Chiroqchi tumanidagi 131-umumtaʼlim maktabida olgan Soʻngra Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining bakalavr, magistratura va aspirantura bosqichlarida tahsil olgan. Oilali, ikki oʻgʻil, ikki qiz farzandning otasi. Turmush oʻrtogʻi Muhammadiyeva Dilafroʻz Axtamovna filologiya fanlari doktori, dotsent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga dars berib keladi.
Mehnat faoliyati Tr Ishlagan vaqti Ish joyi Mansabi 1 2006-yilda „Oʻzbekiston“ teleradiokanali“ davlat unitar korxonasi „Oʻzbekiston“ radiokanali Xodim 2 2006 – 2013-yillar „Oʻzbekiston“ radiokanalining „Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy eshittirishlar“ muharririyati Muxbir, Muharrir, Sharhlovchi, siyosiy sharhlovchi 3 2013 — 2014-yil „Oʻzbekiston“ teleradiokanali" „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyat Bosh muharrir oʻrinbosari 4 2014-yildan „Oʻzbekiston“ teleradiokanali“ „Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari“ bosh muharririyat Bosh muharriri 5 2021-yildan „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliShuhrat Hayitov „Oʻzbekiston tarixi“ telekanaliga direktor etib tayinlandi. Direktori
Jurnalistik faoliyati Shuhrat Hayitov faoliyati davomida bir qancha eshittirish va telekoʻrsatuvlarga muallif va boshlovchilik qilgan. Undan tashqari qator koʻrsatuv va hujjatli filmlarga, shuningdek ilmiy-ommabop kitoblarga muharrirlik vazifasini bajargan.
„Navoiyga ehtirom“, „Yulduzlar yogʻdusi“, „Ziyo dargʻalari“, „Ibratga yoʻgʻrilgan umr“, „Taraqqiyotning yangi bosqichi“, „Telehikoya“, „Aslida qanday?..“, „Mavzu“, „Yil faoli“, „Studiya-24“, „Islom sivilizatsiyasi markazi: shonli tarixdan buyuk kelajak sari“, „Ziyoli minbari“ „Ramazon rivoyatlari“
XVI „Oltin qalam“ xalqaro tanlovining Bosh milliy mukofotiga sazovor boʻlgan.
Ilmiy faoliyati Sh. Hayitovning „Radioga tashrif“ (2012), „Xorijda boburshunoslik“(2021), „Radio va televideniye“ (2022) kabi oʻquv-uslubiy monogragik kitoblari, shuningdek, yuzga yaqin ilmiy-ommabop maqolalari Oʻzbekiston va xalqaro jurnallarda chop etilgan„Xorijda boburshunoslik“ kitobi chop etildi. Oʻzbek adabiyotshunosligi, ayniqsa, boburshunoslikka oid koʻplab xalqaro ilmiy anjumanlarda maʼruza qilgan„Boburiylar sulolasi: tarixi, adabiyoti, madaniyati“ mavzusida seminar hamda foto koʻrgazma tashkil etildi. Jumladan, AQSH, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston hamda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur tavvalludiga bagʻishlangan tadbirlarda oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etgan: deya fikr bildirgan. Yuzdan ortiq publitsistik maqolalar, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga doir ellikdan ziyod ilmiy-ommabop maqolalari respublika va AQSh, Germaniya, Rossiya, Turkiya va Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlar jurnallarida eʼlon qilingan. Turkum maqolalari „Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi“ (2014, 2016), „Bibliografiya“ (Moskva, 2016), „Baburidi“ (Moskva, 2019) nashrlaridan oʻrin olgan. Uning „Radioga tashrif“ (2012) va „Xorijda boburshunoslik“ (2021), „Radio va telvideniye: kecha va bugun“, „ Televideniye mening taqdirimda“ (2022) asarlari chop etilgan. Shu bilan birgalikda „Telejurnalist“ toʻplamiga muharirlik qilgan va yana oʻndan ziyod ilmiy-badiiy asarlarga masʼul muharrir boʻlgan. Shu bilan birgalikda Shuhrat Hayitovning Turkiyada boburshunoslik yoʻnalishidagi turkum maqolalari „Bobur ensiklopediyasi“ nashrlaridan oʻrin olgan.
Asarlari
+ Sohadagi ilmiy ishlari Tr Asar nomi Asar mavzusi Yili 1 „Xorijda boburshunoslik“ Mazkur monografiyada Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining xorijda oʻrganilishi, shuningdek, dunyo fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalar tadqiqiga alohida ahamiyat qaratilgan. Kitobda shoir asarlarining oʻzbekcha-turkcha manbalari qiyosiy tadqiq etilib, „Boburnoma“, „Bobur devoni“, „Mubayyin“, „Risolayi volidiyya“ asarlarining turkcha tarjimalari qiyosiy-tipologik metod asosida oʻrganilgan. Turk adabiyotida shoir hayoti va ijodining yoritilishi, asarlari tarjimasi, qoʻlyozma matni va uning tavsifi va talqini kabilar bilan bogʻliq boburshunoslikdagi aktual masalalar va ularning yechimiga oid ilmiy-nazariy xulosalar ishlab chiqilgan. 2021-yil 2 „Radioga tashrif“ Mazkur kitobda radiojurnalistik janrlar va ularning oʻziga xos xususiyatlari, radio ssenariy va ularning yozilish qoidalari, radiosuhbatlar matni, bugungi kun radiosining ijodkorlari va oʻziga xos jihatlari yoritilgan. 2012-yil 3 „Televideniye mening taqdirimda“ Mazkur kitobda televideniyeda koʻp yillar mobaynida faoliyat yuritgan ijodkorlarning oʻzbek telejurnalistikasi tarixi va buguniga oid turkum maqolalari, shuningdek esse, ocherk va badialar jamlangan. 2022-yil 4 „Radio va televideniye“ Mazku oʻquv uslubiy qoʻllanmada mamlakatimizdagi radio va televideniyaning paydo boʻlish tarixi, teleradio jurnalistikasining tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, janr hususiyatlari hamda, ushbu sohaga ulkan hissa qoʻshgan va qoʻshib kelayotgan davlat va nodavlat telekanal va soha hodimlari haqida maʼlumot beriladi 2022-yil + Ilmiy maqolalari Tr Yili Maqola nomi Nashr etilgan manba (jurnal, gazeta va saytlar) 1 2009-yil „Mubayyin“ asarining turkcha tarjimasiga doir ayrim mulohazalar Til va adabiyot taʼlimi 2 2010-yil Bobur merosining turkcha talqini Til va adabiyot taʼlimi 3 2011-yil Babür eserlerinin Türkiyeʼde araştırması Günsel sanʼat 4 2011-yil „Xatti Boburiy“ning oʻrganilishi OʻzMU xabarlari 5 2011-yil Bobur sheʼrlarining turkcha tarjimasi OʻzMU xabarlari 6 2011-yil Bobur asarlarining turkcha tarjimalari xususida Til va adabiyot taʼlimi 7 2011-yil „Boburnoma“ning turkcha tarjimalari Taʼlim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar 8 2012-yil „Boburnoma“ning turk olimlari tomonidan tadqiq etilishi ADU Ilmiy xabarnomasi 9 2012-yil Issledovaniye tvorchestva Babura v Tursii Filologiya məsələləri 10 2012-yil „Boburnoma“ning matniy-qiyosiy tahlili Oʻzbek tili va adabiyoti 11 2018-yil Bobur ijodining turkiy xalqlar adabiyotida oʻrganilishi Jahon adabiyoti. 12 2018 Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq Sharq yulduzi 13 2012-yil Bobur asarlarining turkcha tarjimalari haqida Zahiriddin Muhammad Boburning jahon madaniyati tarixida tutgan oʻrni xalqaro ilmiy anjuman materiallari 14 2018-yil Turkiy xalqlar adabiyotida boburshunoslik Jahon turkologiyasida oʻzbek tilining oʻrni va xalqaro hamkorlik istiqbollari mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 15 2014-yil Turkiy boburshunoslik: tavsif va tahlil Oʻzbek adabiyotshunosligida talqin va tahlil muammolari mavzuidagi ilmiy-nazariy anjuman materiallari 16 2019-yil „Bobur devoni“ning turkcha nashri OʻzMU Oʻzbek filologiyasining aspirant va doktorantlar ilmiy-amaliy anjuman materiallari toʻplami 17 2018-yil „Bobur ijodining xorijda oʻrganilishi (oʻzbekcha-turkcha manbalar qiyosiy tahlili)“ Filologiya fan. boʻyicha falsafa dok. diss. avtoreferati. 18 2019-yil „Navoiy uyida 20 kun“ Maʼnaviy hayot 19 2019-yil may „Bobur eʼtiqodi“ Islom nuri 20 2019-yil „Turkiyada Navoiy va Bobur ijodining oʻrganilishi“ „Oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishning nazariy va manbaviy asoslari masalalari“ Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 21 2019-yil „Turkiyada boburshunoslik“ „Alisher Navoiy va XXI asr“ Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari 22 2019-yil „Xatti boburiy“ va uning oʻrganilishi" „Oʻzbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari“ Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari 23 2019-yil „Kim koʻrubdur ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ“ Mahalla 24 2008-yil Bobur Mirzo va uning „Mubayyin“ asari (tarjima) Xorijda boburshunoslik ilmiy maqolalar toʻplami. 25 2009-yil „Boburnoma“ dunyo olimlari nigohida Yosh kuch 26 2010-yil 10-fevral Bori elga yaxshilik qilgʻil… Jamiyat 27 2011-yil Ibratga yoʻgʻrilgan hayot Jamiyat 28 2012-yil Ulugʻ siymo – betakror sheʼriyat OʻzR FA Yosh olimlar axborotnomasi. 29 2014-yil Turkiyada boburshunoslik „Bobur ensiklopediyasi“ 30 2016-yil Hayitov Sh. M. Maqolalar Zaxiriddin Muxammad Babur. Baburidi. Bibliografiya. – Moskva, 2016. 31 2018-yil Isteʼdodli boburiyzodalar Saodat 32 2020-yil 10-fevral Navoiy va Boburni anglay olayapmizmi? www.uza.uz. (Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sayti) 33 2020-yil 14-fevral „Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ“ Ishonch 34 2019-yil „Oʻxshashi yoʻq bir asar bor“ (suhbat) Bobur va dunyo. 37 2020-yil „Ulugʻ ajdodlarimizni taniymizmi?“ Bobur va dunyo.
Mukofotlari „Eng ulugʻ, eng aziz“ (2016), „Sarhisob“ (2017), „MTRK SOVRINI“ (2010, 2012), „Qadring baland boʻlsin, ona tilim!“ „Ijtimoiy rolik“ (2020), „Yilning eng faol jurnalisti“ (2021) kabi respublika koʻrik-tanlovi. XVI Xalqaro „Oltin qalam“ tanlovining Bosh milliy mukofoti sohibi Sh. Hayitovning soha rivojiga qoʻshgan hissasi munosib ragʻbatlantirilib, qator vazirlik va tashkilotlarining faxriy yorliqlari, shuningdek, „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“(2017). „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ (2021) koʻkrak nishoni. „Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil“ (2022) koʻkrak nishoni. Londonda oʻtkazilgan (ECG Film Festival) oltinchi Britaniya xalqaro kinofestivali savrindori(2024)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik jurnalistlar Turkum:Oʻzbekiston televideniyasi kishilari Turkum:Oʻzbekiston teleboshlovchilari Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari