Alakazam the Great (Yaponiyada nomi bilan tanilgan) 1960-yilda yaratilgan XVI asrning „Gʻarbga sayohat“ nomli xitoy romaniga asoslangan yapon anime musiqiy filmidir. Ushbu film AQShda chiqarilgan eng birinchi anime filmlaridan biri hisoblanadi. Toei kompaniyasi tomonidan ishlangan filmga Osamu Tezuka rejissyor sifatida tayinlangan. Biroq, keyinchalik Tezuka studiyada boʻlgan vaqtida reklama uchun suratga tushish bilan mashgʻul boʻldi. Ammo, uning filmni targʻib qilishdagi ishtiroki uning animatsiyaga qiziqishiga sabab boʻldi.

Syujeti Alakazam yosh va jasur maymun (makaka) boʻlib, uni boshqa barcha maymunlar oʻzlarining podshosi etib tayinlashgan. Alakazam taxtga erishgach, qoʻpol va mustabid mavjudotga aylanadi hamda, insonning oʻzidan ulugʻ ekanligiga ishonmay qoʻyadi. Keyin u sehrgar Merlinni unga sehr oʻrgatish uchun aldaydi/majburlaydi (buni istamagan Merlin, u hozir qoʻlga kiritgan kuchlar keyinchalik unga koʻp baxtsizliklar olib kelishidan ogohlantiradi).

Alakazam shu qadar magʻrur boʻlib qoladiki, u oʻzining sehrli kuchlarini suiisteʼmol qiladi va qirol Amoga qarshi chiqish uchun Majutsu yeriga (osmonlarga) chiqishni xohlab qoladi. U qirol Amo tomonidan magʻlub etiladi. Jazo sifatida Alakazam ziyoratgohda shahzoda Amatning qoʻriqchisi boʻlib xizmat qilishga hukm qilinadi; bundan koʻzlangan maqsad uni kamtarlikka oʻrgatish edi. Oxir-oqibat, u koʻplab saboqlarni oladi va haqiqiy qahramonga aylanadi.

Rollarda Yapon nomi Yapon ovozli aktyori Inglizcha nomi Ingliz ovozli aktyori Sun Wukong Kiyoshi Komiyama Alakazam Peter Fernandez (ovoz bergan)Frenkie Avalon (qoʻshiqlarni kuylagan) Lin-Lin Noriko Shindo DeeDee Corinne Orr (ovoz bergan)Dodie Stivens (qoʻshiqlarni kuylagan) Zhu Bajie Hideo Kinoshita Ser QuigleyBroken Bottom Jonathan Winters Sha Wujing Setsuo Shinoda Maks Lulipopo Arnold Stang Tang Sanzang Nobuaki Sekine Shahzoda Amat Larry Robinson Shakyamuni Kunihisa Takeda Qirol Amo Jack Curtis Guanyin Katsuko Ozaki Qirolicha Amas Joyce Gordon Shoryu Michiko Shirasaka Filo Fester Billie Lou Watt Bull Demon King Kinshiro Ivao Daxshatli qirol Jack Curtis Temir malika muxlisi Tamae Kato Dahshatli malika Joyce Gordon Oltin tojli shoh Kiyoshi Kavakubo Herman McSnarles Bernard Grant Kumush tojli shoh Shuichi Kazamatsuri Zararkunanda McSnarles George Gonneau Subhuti Nomaʼlum Merlin Nomaʼlum Taibai Jinxing Nomaʼlum Nomaʼlum Nomaʼlum Erlang Shen Nomaʼlum Gerkules Nomaʼlum

AQSh nashri Film Amerika Qoʻshma Shtatlarida American International tomonidan 1961-yil 26-iyulda katta ekranga chiqarilgan. Amerika film ekranga chiqarilishidan avval undagi nechta sahnalar taqiqga uchradi va qayta tahrirlangan, shuningdek, ijodiy guruh rahbari tomonidan Les Baxter yangi saundtrek yaratish uchun yollangan. Frenki Avalon Alakazamning qoʻshiqlarini kuylagan (Peter Fernandez tomonidan ovoz berilgan), Sterling Holloway esa ingliz tilidagi hikoyani oʻqib bergan. Boshqa mashhur ovoz bergan ijodkorlar orasida Jonathan Winters, Arnold Stang, Dodie Stivens va E. G. Marshall bor edi.

Qabul qilinishi Film Yaponiyada katta muvaffaqiyatga erishdi, ammo katta marketing byudjeti va kuchli reklamaga qaramay, film Qoʻshma Shtatlarda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Los Angeles Times buni „issiq, qiziqarli va hayajonli… sanʼat asari haqiqatan ham zoʻr“ deya baholadi. Film "Barcha davrlarning eng yomon ellikta filmi" roʻyhatiga kiritilgan va kitobda aks ettirilgan yagona animatsion film hisoblanadi.

Ommaviy axborot vositalari Filmning AIP versiyasi birinchi marta VHSda 1980-yillarda HBO/Cannon Video tomonidan chiqarilgan (oʻsha vaqtlarda Orion Pictures litsenziyasi ostida). Ushbu versiya 1990-yilda Congress Video guruhi tomonidan sekinlashtirilgan kadrda qayta chiqarilgan. Orion Home Video filmni 1995-yilda VHS nashrlarida, keng ekranli lazerli diskda qayta namoyish etgan. MGM Home Entertainment filmni DVD joʻrinishida chiqarmagan boʻlsa-da, AIP versiyasi Netflix va Amazon Prime Videoda translyatsiya qilish uchun taqdim etgan.

Ommaviy madaniyatda Mario videooʻyinining franchayzing antagonisti Bowser filmdan ilhomlangan. Nintendo oʻyini dizayneri Shigeru Miyamoto qahramonning tashqi koʻrinishi uchun anime filmlaridan foydalangan. U birinchi boʻlib Bowzerni ho'kiz sifatida tasavvur qilgan va uni filmdagi Ox-Qirolga moslashtirgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1960-yil filmlari Turkum:1960-yil multfilmlari Turkum:Yaponiya filmlari Turkum:Yaponiya animatsion filmlari Turkum:Anime