Rustam Malikovich Umarov (1984-yil 26-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq mini-futbolchisi, darvozabon ampulasida oʻynagan. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosining sobiq aʼzosi (2002—2021), jamoa sardori (2007—2021). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 2021-yildan Oʻzbekiston futzal terma jamoasida darvozabonlar murabbiy sifatida olib bormoqda

Futzalchilik faoliyati Bolaligida bir necha yil gandbol bilan jiddiy shugʻullangan, keyin esa futbolga oʻtgan. 2002-yilda esa futzalga oʻtgan: 18 yoshida unga darvozabon sifatida oʻzini „mini“da sinab koʻrishni taklif qilishgan. „Lochin“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Rustam 2002-yili terma jamoaga taklif qilingan.

2002-yilda Rustam Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va „Aksauyt“ klubida oʻynadi, shundan soʻng vataniga qaytib, Zarafshonning „Stroitel“ jamoasida faoliyatini davom ettirgan. 2007-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi sardori boʻlgan va 2021-yilga qadar faoliyat olib borgan.

2008-yilda Rossiya Superligasining „Dinamo-Timal“ va CSKA klublarida ikki mavsum davomida oʻynagan.

Superligada oʻynab yurgan kezlarida Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynash imkoniga ega boʻlmagan. Osiyo qitʼa turnirlari sanalari Rossiya chempionati oʻyinlariga toʻgʻri kelgan.

2009/2010-yilgi mavsumdan soʻng CSKA jamoasini tark etgan va Toshkentning „Ardus“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2010-yil oxirida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan „Osiyoning eng yaxshi futzalchisi“ unvoniga nomzod boʻlgan.

2011-yilda „Ardus“ tarkibida ilk bor Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Keyingi ikki mavsumni esa poytaxtning boshqa klublari „Bunyodkor“ va „Lokomotiv“ jamoarida ijara asosida oʻtkazgan. Natijada Umarov 2012-yilda „Bunyodkor“ bilan mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan boʻlsa, 2013-yilda „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida „oltin dubl“ga erishgan va mamlakatdagi ikki asosiy musoboqada gʻolib boʻlgan.

2012-yilda „Ardus“ jamoasiga qisqa muddat qaytgan va klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati finaliga chiqishga yordam bergan.

2013-yilning iyul oyida Toshkentda OFK murabbiylik kurslarida qatnashgan, bu esa 1-toifali murabbiylik litsenziyasini olish imkonini bergan.

Oʻsha yilning kuzida u Qozogʻistonning Janaoʻzenning „OʻzenMunayGaz“ klubi tarkibida oʻynagan.

Umarov futzal bilan bir qatorda ikki yil davomida birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi futbol chempionatida Namangan viloyatining „Mingbuloq“ jamoasida toʻp surgan.

Yutuqlar Quruvchi-Zarafshon Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2004/05

Ardus Oʻzbekiston chempioni: 2010/11 Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati finalchisi: 2012-yil

Bunyodkor Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2011/12

Lokomotiv Oʻzbekiston chempioni: 2012/13 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2012/13

OʻzenMunayGaz Qozogʻiston kubogining bronza medali sovrindori: 2013

Olmaliq Oʻzbekiston chempioni: 2014/15, 2015/16

Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo vitse-chempioni: 2006, 2010, 2016 Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori: 2005, 2007, 2014, 2018 Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori: 2005

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston futzalchilari Turkum:Stroitel Zarafshon klubi futzalchilari Turkum:Ardus klubi futzalchilari Turkum:Lochin klubi futzalchilari Turkum:Olmaliq klubi futzalchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent klubi futzalchilari