Abdusattar Qayumovich Rahimov (1964-yil 8-mart) – sovet va oʻzbekistonlik futbolchi. Abdusattor faoliyati davomida darvozabon pozitsiyasidan tashqari boshqa pozitsiyalarda uzoq vaqt davomida oʻynagan. Hozirda futbol murabbiy.

Biografiya

Futbolchilik faoliyati Abdusattor oʻz faoliyatini 1982-yilda ikkinchi Sovet ligasida, „Hisor“ Shahrisabz jamoasida boshlagan. 1983-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oliy ligada beshta oʻyin oʻtkazgan. 1984-yilda professional jamoalar tarkibida oʻynamagan. 1985-yil „Sohibkor“ Xalqobod jamoasi tarkibida ikkinchi ligada oʻynay boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning „Zvezda“ jamoasiga oʻtgan. Abdusattor boshqa pozitsiyalarda toʻrtta va darvozabon sifatida oltita oʻyin oʻtkazgan. 1986—1987-yillarda Xorazm / Xonqa klubi tarkibida oʻynagan. Xonqa tarkibida 47 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlsa, darvozabon sifatida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik Rahimov SSSR ikkinchi (1988—1989) va ikkinchi quyi (1990—1991) ligalari jamoalari, „Yosh“ Jizzax (1988), „Jayxun“ Urganch, „Sohibkor“ (1990—1991) jamoalarida universal pozitsiya oʻyinchisi sifatida oʻynagan.

1983-yilgi SSSR xalqlarining „Spartakiada“ futbol musobaqasi ishtirokchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki.

1992-yil Oʻzbekiston chempionatida, Andijonning „Navroʻz“ klubi darvozaboni sifatida oʻynagan. 1994-yilgi chempionatni „Paxtakor“ klubi tarkibida universal pozitsiya futbolchisi sifatida oʻynagan boʻlsa, keyinchalik „Chirchiq“ klubiga oʻtgan. Chirchiq klubi tarkibida mavsum oxirigacha darvozabon sifatida oʻynagan. 1995-yilgi chempionatda 5 ta oʻyinda darvozabon va toʻqqizta maydondagi boshqa pozitsiyalarda oʻynagan. 1997-yil Samarqandda „Doʻstlik“ va „Afrosiyob“ jamoalari tarkibida darvozabon pozitsiyasida oʻtkazgan. 1998-yilda u „Orol“ Nukus tarkibida, 1999-yilda "Doʻstlik" tarkibida oʻynaganChempionat Uzbekistana po futbolu – Sportivniy forum. Futbol. Xokkey . Prognozi. Konkursi. Prizi.

Murabbiylik faoliyati 2000-yildan beri u Paxtakor akademiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. 2015-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovga darvobonlar murabbiyi sifatida yordam bergan. 2019-yildan 2022-yilgacha Bunyodkorda darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:8-martda tugʻilganlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Hisor klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Xonqa klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:Aral Samali klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar