+Theodora Mead AbelTugʻilgan yili1989-yil 9-sentyabr Nyuport, Rod- AylendVafot etgan yili1998-yil 2-dekabr Forestburg, Nyu-YorkKasbiklinik psixolog, oʻqituvchiIlmiy darajasiPsixologiya fanlari nomzodi,Ph.DTaʼlim olgan bilim yurtiVassar kolleji Kolumbiya universiteti Parij universitetiKitoblari Subnormal oʻsmir qiz (1940) Yuzning buzilishi (1952) Madaniy kontekstda psixologik test (1973) Madaniyat va psixoterapiya (1974)Turmush oʻrtogʻiTeodor AbelFarzandlari3ta Teodora Mead Abel (1899-1998) amerikalik klinik psixolog va pedagog boʻlib, u sotsiologiya va psixologiyani uygʻunlashtirish orqali innovatsion gʻoyalardan foydalangan. U madaniyatlararo psixologiya boʻyicha yetuk izlanuvchan olima ediWare, Susan. .

Yoshlik yillari va taʼlim Teodora 1899-yil 9-sentyabrda Rod- Aylend shtatining Nyuport shahrida tug‘ilgan va Nyu-York shahrida o‘sgan. 1917-yilda u Miss Chapin maktabini tamomlagan, u yerda talabalar jamoasi yetakchisi boʻlgan. Abel Vassar kollejida oʻqidi va 1921-yilda bakalavr darajasini oldi. 1924-yilda u Kolumbiya universitetida magistr darajasini oldi, u yerda professorlaridan biri Leta Stetter Hollingvort ediWare, Susan. . Keyin u Parij universitetiga oʻqishga kirdi va 1923-yilda psixologiya boʻyicha ilmiy darajasini oldi. Uning yakuniy darajasi Kolumbiyadan olingan va 1925-yilda psixologiya fanlar nomzodi boʻlgan.

Faoliyati Taʼlim olgandan soʻng, Teodora oʻqituvchi sifatida oʻz faoliyatini olib bordi. U Illinoys universitetida (1925-1926), Sara Lourens kollejida (1929-1933) va Manxetten qizlar savdo maktabida dars bergan . Keyin u mahalliy aholi dunyosiga kirdi. U 1940-yildan 1946-yilgacha Nyu-York shtati ruhiy gigiena departamentida bosh psixolog sifatida ishlagan. 1947-yilda u Nyu-Yorkdagi Ruhiy salomatlik boʻyicha aspirantura markazida psixolog direktor lavozimini egalladi va bu lavozimda 24 yil ishladi.

1971-yilda Nyu-Meksikoga koʻchib oʻtgandan soʻng, u Albukerke shahridagi Bolalarga rahbarlik qilish markazida oilaviy terapiya boʻlimi boshligʻi boʻldi va u yerda u shaxsiy amaliyotni tashkil etdi. Nyu-Meksikoda boʻlganida, u Puebloan xalqlari boʻyicha tadqiqotlar olib bordi„Theodora Abel, 99, Psychologist Who Reached Across Cultures“, New York Times (December 13, 1998)..

U koʻplab kitoblar yozgan, jumladan:

Subnormal oʻsmir qiz (1940) Yuzning buzilishi (1952) Madaniy kontekstda psixologik test (1973) Madaniyat va psixoterapiya (1974)

Ushbu toʻrtta kitobning oxirgisida Abel Kolumbiyadagi aspiranturada tanishgan Margaret Midning kirish qismi mavjud. Ular alifbo boʻyicha saf tortgandan soʻng doʻst boʻlishdi (ikkalasi ham „Mead“ familiyasiga ega edi, lekin ular qarindosh emas edi)„Theodora Abel, 99, Psychologist Who Reached Across Cultures“, New York Times (December 13, 1998)..

Umrining soʻngida Abel 1998-yil 2-dekabrda Nyu-Yorkning Forestburg shahrida vafot etdi Uning eri Teodor Abel bundan oʻn yil oldin vafot etgan edi. Hozirda ularning ikki qizi va bir o‘g‘li, nabiralari va chevaralari qolgan„Theodora Abel, 99, Psychologist Who Reached Across Cultures“, New York Times (December 13, 1998)..

Manbalar

Turkum:1998-yilda vafot etganlar Turkum:1899-yilda tugʻilganlar