Ryan William Walter (, 1958-yil 23-aprelda tugʻilgan) — professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi boʻlib, Canada Milliy Xokkey Ligasida 15 mavsum oʻynagan. U, shuningdek, Vancouver Canucks jamoasida yordamchi murabbiy, Canada milliy ayollar xokkey jamoasi bosh murabbiyi, xokkey telekompaniyasi va Amerika Xokkey Ligasining Abbotsford Heat prezidenti boʻlgan.

Yoshligi Walter Britaniya Kolumbiyasining New Westminster shahrida tugʻilgan. Ammo Britaniya Kolumbiyasining Burnaby shahrida oʻsgan.1971-yilda u Quebecda boʻlib oʻtgan Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Burnabyning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.

NHLdagi faoliyati Walter 1978-ylgi NHL Amateur draftida Washington Capitals jamoasi tomonidan tarkibga qoʻshib olingan. Capitals jamoasi uni ikkinchi mavsumda jamoa sardori etib tayinlagan. U NHL tarixidagi bu lavozimni egallagan eng yosh xokkeychi boʻlgan. Walter 1982-yilda blokbaster savdosida Monreal Canadiens jamoasiga sotilgan. U Doug Jarvis, Rod Langway, Craig Laughlin va Brian Engblom evaziga Rick Green bilan birga Monreal jamoasiga transfer qilingan. Canadaliklar 1986-yilda Stanley kubogi sohibi boʻlgan va Walterning ismi kubokka oʻyib yozib qoʻyilgan. 1989-yilgi Stanley kubogi finalida u 3-oʻyinning ikkinchi qoʻshimcha vaqtida gol urib, Canadaliklar 2:1 hisobida oldinga oʻtib olishini taʼminladi. 1991-yilda u Vancouver Canucks bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. U Canucksda oʻz faoliyatining soʻnggi ikki mavsumini oʻynadi va 1992-yilda BudweiserNHL yilning eng yaxshi odami mukofotini qoʻlga kiritdi. U qattiqqoʻl, mehnatkash xokkeychi sifatida tanilgan. Walter, shuningdek, NHLPA vitse-prezidenti lavozimida ham ishlagan.

Murabbiylik faoliyati 2008-yilning 17-iyunida Walter Vancouver Canucks jamoasiga Alain Vigneault oʻrniga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. U 2009—2010-yilgi mavsumdan soʻng u ishdan boʻshatildi. 2010-yil 21-sentyabrda Walter 2010-yilgi Toʻrt Millat Kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan Canada ayollar xokkey jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi.

2011-yildan 2014-yilgacha Walter Amerika Xokkey Ligasining Abbotsford Heat prezidenti hamda Calgary Flamesning kichik liga filiali direktori boʻlib ishlagan.

Shaxsiy hayoti Walter motivatsion maʼruzachi, bir nechta kitoblar muallifi hisoblanadi. U hozirgi kunda xokkeydagi tajribasidan biznes va muvaffaqiyatga erishish uchun foydalanadi.

Faoliyat statistikasi

Doimiy mavsum va pley-off oʻyinlari

  Doimiy mavsum Pley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1973—1974Langley LordsBCHL624062102——————1973—1974Kamloops ChiefsWCHL20000—————1974—1975Langley LordsBCHL52326092111—————1974—1975Kamloops ChiefsWCHL984122211221975—1976Kamloops ChiefsWCHL7235498496123912101976—1977Kamloops ChiefsWCHL714158991005134111977—1978Seattle BreakersWCHL625471125148—————1978—1979Calgary WranglersWHL20110—————1978—1979Washington CapitalsNHL6928275570—————1979—1980Washington CapitalsNHL80244266106—————1980—1981Washington CapitalsNHL80244569150—————1981—1982Washington CapitalsNHL78384987142—————1982—1983Montreal CanadiensNHL80294675403000111983—1984Montreal CanadiensNHL73202949831521341984—1985Montreal CanadiensNHL721919385912279131985—1986Montreal CanadiensNHL6915344945501121986—1987Montreal CanadiensNHL76232346341771219101987—1988Montreal CanadiensNHL61132336391124661988—1989Montreal CanadiensNHL78141731482135861989—1990Montreal CanadiensNHL7081624591102201990—1991Montreal CanadiensNHL2501112500021991—1992Vancouver CanucksNHL6761117491303381992—1993Vancouver CanucksNHL2530310—————NHL yigʻindisi1,00326438264694611316355162

Xalqaro faoliyati Yil JamoaMusobaqa GP G A Pts PIM 1978 Canada WJC 6 5 3 8 4 1979 CanadaWC 8 4 1 5 4 1981 CanadaWC 8 0 1 1 2 1982 CanadaWC 4 1 3 4 0 Oʻsmirlar yigʻindisi 6 5 3 8 4

Mukofotlari

WCHL birinchi yulduzli jamoasi — 1978-yil

Yana qarang

1000 ta oʻyin oʻynagan NHL oʻyinchilari roʻyxati

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar