Omad hamisha kelavermaydi () — rejissyor Araik Gabrielyan tomonidan suratga olingan komediya, satirik badiiy film.
Syujeti Qamoqxonadan endigina ozod etilgan Papashin qurilish trestiga ishga joylashadi va u yerda prorab vazifasini bajaruvchi etib tayinlanadi. Unga ikki ishchi biriktiriladi. Brigadaning vazifasi eski binolarni buzishdan iborat edi. Ular buzilayotgan uylardan birining pechida berkitib qoʻyilgan oltin quymalardan iborat xazinani topib oladilar. Shunday qilib bu shovvozlar bir dilemmaga duch kelishdi: xazinani davlatga topshirish yoki uni noqonuniy tarzda sotish. Ular ikkinchi variantni tanlaydilar, ammo Sovet davrida bunday xazinani sotish va hatto shunchaki yashirish ham juda qiyin ishlardan biri edi. Ushbu xazinani qanday saqlash haqida bosh qotirib uchovlon oʻz uyqu va tinchligini yoʻqotadilar, natijada ular ushbu xazinadan ayriladilar.
Rollarda Armen Jigarxanyan — Papashin Leonid Kuravlyov — Fedor Romanov Borislav Brondukov — Vasiliy Izmailov Lyubov Polishchuk — Smirnova Viktor Kremlev — politsiya serjanti, Papashinning jiyani Vladimir Burlakov — qabriston direktori Vitaliy Varganov — zargar Anatoliy Vedenkin — usta Evgeniy Vasilyevich Mariya Vinogradova — vokzaldagi kampir Boris Ivanov — zavodning kadrlar boʻlimi boshligʻi Kapitolina Ilyenko — qabristondagi kampir Nina Krachkovskaya — Romanovning doʻsti Aleksandr Kudinov — „Shved“ Tatyana Mitrushina — stantsiya navbatchisi Vladimir Ferapontov — ruhoniy
Suratga olish guruhi Rejissyor: Arayik Gabrielyan Mualliflar: Valentin Ejov, Albert Ivanov Operator: Sergey Zaitsev
Manbalar
Adabiyotlar Omad hamisha kelavermaydi // Uy kinoteatri: Rus kinosi 1918-1996 / Sergey Zemlyanuxin, Miroslava Segida. — M.: „Double-D“, 1996. — 520 b. — 373-bet Soʻnggi sovet komediyasi // Nina Aleksandrovna Tsyrkun — Armen Jigarxanyan. — Panorama, 2000-173 b. — 109-bet
Havolalar https://web.archive.org/web/20110611055519/http://etvnet.com/tv/kinolyapyi-online/raz-na-raz-ne-prihoditsya-kinolyap-/403948/
Turkum:1987-yil filmlari Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:SSSR kinokomediyalari