Greg Scott (, 1988-yil 3-iyunda tugʻilgan) — kanadalik xokkey hujumchisi, hozirda Shvetsiya Xokkey Ligasining (SHL) Brynäs IF jamoasida oʻynaydi. Uning akasi Bobby Scott 2004-yilda Toronto Blue Jays jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Jamoalardagi faoliyati Scott dastlab Gʻarbiy Xokkey Ligasining Seattle Thunderbirds jamoasi bilan xokkey oʻynagan. 2008-yil 4-iyulda Scott Toronto Maple Leafs bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekkan. Maple Leafsdagi faoliyati davomida Scott Amerika Xokkey Ligasining Toronto Marlies jamoasiga transfer qilingan. Scott Amerika Xokkey Ligasida 270 oʻyinda oʻynagan.
2012—2013-yilgi mavsumni Marliles jamoasi bilan yakunlagandan soʻng, erkin agent sifatida Scott 2013-yil 29-mayda Elitserienning Brynäs IF jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. U 2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng Rossiyaga koʻchib oʻtishidan oldin Brynäs jamoasi bilan uch yil oʻynagan. Scott 2016-yil 1-may kuni Kontinental xokkey ligasining TsSKA Moskva klubi bilan shartnoma imzolagan.
Scott 2018—2019-yillarda TsSKA bilan uchinchi mavsumida 45 ta oʻyinda 9 gol va 17 ochko toʻplagan. U 10 pley-off oʻyinida 1 ta gol urgan.
2019-yil 26-iyun kuni Rossiyani erkin agent sifatida tark etib, Scott Brynäs IF jamoasida oʻynash uchun Shvetsiyaga qaytib kelgan va jamoa bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Doimiy mavsumPley-offMavsumJamoaLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM2004—2005Victoria SalsaBCHL71120—————2005—2006Seattle ThunderbirdsWHL698142237713442006—2007Seattle ThunderbirdsWHL72181432621102222007—2008Seattle ThunderbirdsWHL72383775561254992008—2009Seattle ThunderbirdsWHL6532447639506622009—2010Toronto MarliesAHL7110223228—————2009—2010Reading RoyalsECHL5112213191002010—2011Toronto MarliesAHL5510203030—————2011—2012Toronto MarliesAHL752123443017325212012—2013Toronto MarliesAHL6913183143972922013—2014Brynäs IFSHL5317193610510122014—2015Brynäs IFSHL4718244220705522015—2016Brynäs IFSHL5216233916312302016—2017CSKA MoscowKHL4613132645511222017—2018CSKA MoscowKHL366713101923542018—2019CSKA MoscowKHL459817241010122019—2020Brynäs IFSHL5119183749—————2020—2021Brynäs IFSHL25891729—————2021—2022Brynäs IFSHL5292332831010AHLdagi umumiy ochkolari2705483137131261041423SHLdagi umumiy ochkolari280871162031321837104KHLdagi umumiy ochkolari12728285679344488
Mukofot va unvonlari Mukofot Yil KHL Gagarin kubogi (CSKA Moskva) 2019
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar