link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/db/2011-_Renewable_energy_capacity_-_International_Energy_Agency.svg/330px-2011-_Renewable_energy_capacity_-_International_Energy_Agency.svg.png|thumb| 2020-yilda qayta tiklanadigan energiya quvvati qo‘shimchalari. (2019-yilga nisbatan) Shamol energiyasi (yashil) 45 foizdan 90 foizga va yangi quyosh fotovoltaik qurilmalari (sariq) 23 foizga kengaygan.
Qayta tiklanadigan energiya vaqt oʻtishi bilan tabiiy ravishda toʻldiriladigan qayta tiklanadigan manbalardan toʻplangan energiyadir. U quyosh nuri, shamol, suv harakati va geotermal issiqlik kabi manbalarni oʻz ichiga oladi. Koʻpgina qayta tiklanadigan energiya manbalari barqaror boʻlsa-da, baʼzilari barqaror emas. Misol uchun, baʼzi biomassa energiya manbalari hozirgi ekspluatatsiya jarayonida barqarorlik kasb etmaydi deb hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya koʻpincha elektr tarmogʻi, havo va suvni isitish va sovutish hamda mustaqil ravishda ishlaydigan energiya tizimlariga elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun energiya yaratib beradi.
2011-yildan 2021-yilgacha qayta tiklanadigan energiya global elektr taʼminoti tizimida 20 % dan 28 % gacha oʻsdi. Qazilma energiya 68 % dan 62 % gacha, yadroviy energiya esa 12 % dan 10 % gacha qisqardi. Gidroenergetikaning ulushi 16 % dan 15 % gacha kamaydi, quyosh va shamol energiyasi esa 2 % dan 10 % gacha oshdi. Biomassa va geotermal energiya 2 % dan 3 % gacha oʻsdi. 135 ta davlatda 3146 gigawattlar oʻrnatilgan boʻlsa, 156 ta davlat qayta tiklanadigan energiya sohasini tartibga soluvchi qonunlarni ishlab chiqqan.
Dunyo miqyosida qayta tiklanadigan energiya sanoati bilan bogʻliq 10 milliondan ortiq ish oʻrni mavjud. Ular orasida quyosh fotovoltaiklari qayta tiklanadigan energiya manbalarining eng yirik ish beruvchi tizimi hisoblanadi.Bugungi kunda qayta tiklanadigan energiya tizimlarida energiya ishlab chiqarish jarayoni anchagina tez va samarali ravishda amalga oshirilmoqda.Shu boisdan energiya narxi arzonlashmoqda va ularning umumiy energiya isteʼmolidagi ulushi ortib bormoqda. Butun dunyo boʻylab yangi oʻrnatilgan elektr quvvatlarining katta qismi qayta tiklanadigan manbalar hisoblanadi. Koʻpgina mamlakatlarda fotovoltaik quyosh energiyasi yoki shamoldan olinadigan energiya eng arzon elektr energiya manbaiga aylanib ulgurdi.
Dunyo boʻylab koʻpgina davlatlar qayta tiklanadigan energiya manbalariga ega.Qayta tiklanadigan energiya ularning umumiy energiya taʼminotining 20 % dan ortigʻini tashkil qiladi. Baʼzilari esa qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasining yarmidan koʻprogʻini ishlab chiqaradi. Bir necha mamlakatlar qayta tiklanadigan energiyadan foydalangan holda deyarli barcha elektr energiya resurslarini ishlab chiqarishmoqda. Qayta tiklanadigan energiya milliy bozorlari 2020-yillarda va undan keyin ham kuchli oʻsishda davom etishi kutilmoqda. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, 100 % qayta tiklanadigan energiyaga global oʻtish barcha sohalarda — energiya, issiqlik, transport- amalga oshirilishi mumkin va bu iqtisodiy jihatdan anchagina foydali hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligini oshirish texnologiyalarini joriy etish sezilarli darajada energiya xavfsizligi, iqlim oʻzgarishi va iqtisodiyot sohalarida foyda keltiradi. Biroq qayta tiklanadigan manbalarga qazilma yoqilgʻi subsidiyalari toʻsqinlik qilishi davom etmoqda. Xalqaro jamoatchilik fikrini oʻrganish mobaynida quyosh energiyasi va shamol energiyasi kabi qayta tiklanadigan manbalar aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli ekanligi isbotlangan.Shuning uchun Xalqaro Energetika agentligi 2021-yilda qayta tiklanadigan energiya manbalarini koʻpaytirish uchun koʻproq harakat qilish kerakligini va 2030-yilgacha bu manbalarni ishlab chiqarishni yiliga taxminan 12 % ga oshirishni taʼkidladi.
Qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari loyihalari odatda keng koʻlamli boʻladi, lekin ular qishloqlar, chekka hududlar va energiya inson taraqqiyotida koʻpincha hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham mos keladi. Qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarining aksariyati elektr energiyasi bilan taʼminlanganligi sababli, qayta tiklanadigan energiya koʻpincha elektrlashtirish atamasi bilan birga qoʻllanadi. 2021-yilda qayta tiklanadigan elektr energiyasi global oʻsishining deyarli yarmi Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/49/Global_Energy_Consumption.svg/300px-Global_Energy_Consumption.svg.png|right|thumb| Koʻmir, neft va tabiiy gaz qayta tiklanadigan manbalar tez oʻsishni boshlagan bir paytda ham asosiy global energiya manbalari boʻlib qolmoqda. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/T%C3%BBranor_PlanetSolar_Rabat.JPG/220px-T%C3%BBranor_PlanetSolar_Rabat.JPG|thumb| PlanetSolar quyosh energiyasi bilan ishlaydigan dunyodagi eng katta qayiq va dunyoni aylanib chiqqan birinchi quyosh elektr transport vositasi (2012-yilda)
Taʼrifi Qayta tiklanadigan energiya oqimlari quyosh nuri, shamol, suv toshqini, oʻsimliklarning oʻsishi va geotermal issiqlik kabi tabiiy hodisalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro Energiya agentligi qayta tiklanadigan energiyaga quyidagicha taʼrif bergan:
Haydovchilar va imtiyozlar Qayta tiklanadigan energiya qazib olinadigan yoqilgʻi (neft, tabiiy gaz va boshqalar) dan farqli oʻlaroq, ularning toʻldirilishi uchun sarflangan vaqtga nisbatan tezroq ishlatilmaydi. Qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya samaradorligi uchun muhim imkoniyatlar cheklangan miqdordagi mamlakatlarda toʻplangan boshqa energiya manbalaridan farqli oʻlaroq, keng geografik hududlarda mavjud hisoblanadi. Qayta tiklanadigan energiya va energiya samaradorligini tezkor joriy etish, energiya manbalarini texnologik diversifikatsiya qilish energiya xavfsizligiga va iqtisodiy jihatdan davlat byudjetiga sezilarli foyda keltiradi.Hozirgi kunda quyosh va shamol energiyasi narxi ancha arzonlashdi. Baʼzi hollarda hozirgi qazib olinadigan yoqilgʻidan foydalanishni davom ettirishdan farqli oʻlaroq, ushbu manbalarga oʻtish arzonroq boʻlmoqda. Bu, shuningdek, qazib olinadigan yoqilgʻilarning yonishi natijasida yuzaga keladigan havo ifloslanishi kabi atrof-muhitning ifloslanishini kamaytiradi va aholi salomatligini yaxshilaydi. Ifloslanish tufayli kelib chiqadigan barvaqt oʻlimni kamaytiradi va har yili trillionlab dollarni tashkil etishi mumkin boʻlgan sogʻliqni saqlash xarajatlarini tejaydi. Dekarbonizatsiya strategiyalarining koʻplab tahlillari shuni koʻrsatdiki, sogʻliq uchun foydali boʻlgan yuqoridagi strategiyalarni amalga oshirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Shamol turbinalari va quyosh panellari kabi qayta tiklanadigan energiya uskunalari narxining doimiy pasayishi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning koʻpayishiga olib keladi. Hukumatning yangi xarajatlarni tartibga solish siyosati sanoatda global moliyaviy inqirozni boshqa koʻplab sektorlarga qaraganda yaxshiroq bartaraf etishga yordam berdi. Xalqaro Qayta Tiklanadigan Energiya agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻrtacha global haroratning oʻsishini ( darajadan) „yaxshiroq“ ushlab turish uchun sanoatda oldingi darajaga nisbatan joriy asrda energiya tarkibidagi qayta tiklanadigan manbalarning umumiy ulushi (energetika, issiqlik va transportni oʻz ichiga olgan holda) olti barobar tezroq oʻsishi kerak.
Koʻrsatkich Uydagi quyosh panellari va batareyalarI koʻpincha oʻsha uy uchun ishlatilishi mumkin yoki elektr tarmogʻiga ulangan boʻlsa, boshqa xonadonlar bilan birlashtirilishi mumkin. 44 milliondan ortiq uy xoʻjaliklarini yoritish yoki ovqat tayyorlash uchun uy xoʻjaliklarida ishlab chiqarilgan biogazdan foydalanadi. 166 milliondan ortiq xonadon esa samaraliroq biomassali pechlarning yangi avlodidan foydalanishni boshlashgan. Tadqiqotga koʻra, mamlakat qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishdan oldin oʻz oʻsishining maʼlum bir nuqtasiga erishishi kerak. Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi Bosh kotibi Pan Gi Mun qayta tiklanadigan energiya eng qashshoq davlatlarni yangi farovonlik darajasiga koʻtarish qobiliyatiga ega ekanligini taʼkidlagan edi. Dunyo boʻylab kamida 30 ta davlat energiya taʼminotining 20 % dan ortigʻini qayta tiklanadigan energiya manbalari tashkil qiladi.
Foydalanish Qayta tiklanadigan energiya koʻpincha anʼanaviy yoqilgʻidan foydalaniliadigan toʻrtta sohaning oʻrnini egallaydi: elektr energiyasi ishlab chiqarish, issiq suv, transport va qishloq xoʻjaligi (tarmoqsiz) energiya xizmatlari.link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/66/Solar_Panels_at_Topaz_Solar_1_%288159002527%29_%282%29.jpg/220px-Solar_Panels_at_Topaz_Solar_1_%288159002527%29_%282%29.jpg|thumb| 550 MVt quvvatga ega Topaz quyosh fermasida quyosh panellari Energiya ishlab chiqarish 2021-yilga kelib elektr energiyasining chorak qismidan koʻprogʻi qayta tiklanadigan manbalar hisobidan ishlab chiqarila boshlandi.
Issiq va sovuq suv Quyosh energiyasidan foydalanaib suvni isitish koʻplab mamlakatlarda, ayniqsa, Xitoyda qayta tiklanadigan issiqlik manbalariga muhim hissa qoʻshadi.Xitoyda bu tizimlarning aksariyati koʻp xonadonli turar-joy binolariga oʻrnatiladi. Xitoyda bu energiya manbasi taxminan 50-60 million xonadonning issiq suvga boʻlgan ehtiyojining bir qismini qondiradi. Dunyo boʻylab jami oʻrnatilgan quyosh suv isitish tizimlari 70 milliondan ortiq xonadonning suv isitish ehtiyojlarining bir qismini qondiradi. Shvetsiyada biomassa energiyasidan foydalanish neftdan olinadigan energiya manbalaridan oshib ketdi. Issiqlik nasoslari suvni isitish va sovutishni taʼminlaydi. Hozirgi kunda qayta tiklanadigan issiqlik energiyasi ham tez oʻsib bormoqda. Suvni isitish va sovutish uchun ishlatiladigan energiyaning taxminan 10 % qayta tiklanadigan manbalardan olinadi.
Transporti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5c/Soybeanbus.jpg/220px-Soybeanbus.jpg|thumb| Biodizel yoqilgʻisi bilan ishlaydigan avtobus Transportni dekarbonizatsiya qilish harakatlaridan biri bu elektr transport vositalaridan (EV) koʻproq foydalanishdir. Transport energiyasining 4 % dan kamrogʻi qayta tiklanadigan manbalardan olinadi.
Asosiy texnologiyalar
Quyosh energiyasi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/0a/2020-05-20 %2C_Sentinel-2A_L1C%2C_True_color_%281%29.jpg/220px-2020-05-20 %2C_Sentinel-2A_L1C%2C_True_color_%281%29.jpg|thumb| Hindistondagi Bhadla quyosh parkining sunʼiy yoʻldosh tasviri. Bu dunyodagi eng katta quyosh parki hisoblanadi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/e6/World_GHI_Solar-resource-map_GlobalSolarAtlas_World-Bank-Esmap-Solargis.png/330px-World_GHI_Solar-resource-map_GlobalSolarAtlas_World-Bank-Esmap-Solargis.png|thumb| Gorizontal nurlanishning global xaritasi. Global elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 849,5 GVt (2021) Global elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatining yillik oʻsish sur’ati 26 % (2012—2021). Note: Compound annual growth rate 2012-2021. Global elektr energiyasining ishlab chiqarishdagi ulush 2 % (2018) Bir megavatt soat uchun tenglashtirilgan narx Foydali fotovoltaiklar: 38,343 AQSh dollari (2019) Birlamchi texnologiyalar Fotovoltaiklar, konsentrlangan quyosh energiyasi, quyosh issiqlik kollektori Boshqa energiya dasturlari Suvni isitish, isitish, shamollatish va havoni tozalash (HVAC); pishirish, texnologik issiqlik, suv bilan ishlov berish sohalari