Karen Nyberg (talaffuzi: Karen Nayberg 1969-yil 7-oktyabrda tugʻilgan) - amerikalik muhandis va nafaqadagi NASA astronavti . Nyberg 2008-yilda oʻzining birinchi missiyasini amalga oshirgan.
Nyuberg oʻzining kosmik karerasini 1991-yilda boshlagan va 2008, 2013-yillarda kosmosda jami 180 kun oʻtkazgan ( STS-124 da missiya boʻyicha mutaxassis va "Soyuz TMA-09M" da parvoz muhandisi sifatida).
Ta'lim Nyberg 1994-yilda Shimoliy Dakota universitetining mexanik muhandislik fakultetini yuqori baho bilan tamomlagan. U Ostindagi Texas universitetida oʻqishni davom ettirdi. Uning ilmiy ishi: inson termoregulyatsiyasi va eksperimental nazorat, kosmik kostyumlarda termal neytrallikni nazorat qilishga qaratilgan. Nyberg Ostin BioHeat Transfer Laboratoriyasida 1998-yilda yuqoridagi ilmiy ishi uchun doktorlik darajasini oldi.
Karyera U 2000-yil iyul oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlangan. Ikki yillik oʻqitish va baholashdan soʻng u missiya boʻyicha mutaxassis sifatida malakaga ega boʻldi va Astronavtlar ofis stantsiyasining operatsiyalari boʻlimida texnik vazifalarga tayinlandi. U XKSda olti oylik missiyasi davomida 6- ekspeditsiya ekipajini qoʻllab-quvvatlovchi astronavt boʻlgan. 2006-yil iyul oyida Nyberg Aquarius suv osti laboratoriyasida chuqur dengizdagi NEEMO 10 ta'lim va simulyatsiya mashqlarida qatnashdi. Nyuberg va uning ekipajdoshlari yetti kun davomida suv ostida amalyot oʻtadilar.
Nyberg 2008-yil may oyida ISSga uchgan STS-124 ekipajida edi. Bu Yaponiyaning Kibō laboratoriyasini yakunlash uchun komponentlarni yetkazib berish boʻyicha, uchta parvozdan ikkinchisi edi. 2009-yil may oyida u STS-132 missiyasiga tayinlandi, ammo vaqtinchalik tibbiy holat tufayli, oʻrniga boshqa nomzod tayinlandiNASA Assigns Crew for STS-134 Shuttle Mission, Change to STS-132 NASA release : 09-187 – August 11, 2009. Nyuberg 36/37 ekspeditsiyasida bort muhandisi sifatida, keyingi topshirigʻini olguncha texnik xodim sifatida ishladi.
2013-yilda Nyberg "Soyuz TMA-09M" kemasida uchirilgan ISS 36 - ekspeditsiya va 37 -ekspeditsiyalarida bort muhandisi boʻlib ishlagan.
2013-yildagi missiyasi tugaganidan keyin Nyberg NASAda Space Shuttleda, Robototexnika boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat olib bordi
Nyberg 2020-yil mart oyida NASAdan nafaqaga chiqdi.
Shaxsiy hayot Nybergning ona shahri - Vining, Minnesota boʻlib, asl vatani Norvegiya. U kosmonavt Dag Xerli bilan turmush qurgan va ularning Jek Xerli ismli oʻgʻli bor . Ular Texasning League City shahrida birga yashaydilar. Uning qiziqishlari orasida yugurish, tikuvchilik, rasm chizish, pianino va oilasi bilan vaqt oʻtkazish kiradi. Uning ota-onasi Kennet va Fillis Nayberg hali ham Vining shahrida istiqomat qilishadi.
Mukofot va unvonlar U koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritdi, jumladan UND Yosh bitiruvchilari muvaffaqiyati mukofoti (2004); Kosmik qonun mukofoti (1993); NASA OAJ Patent arizasi mukofoti (1993); NASA Tech Briefs mukofoti (1993); NASA AJ Kooperativ ta'lim uchun maxsus muvaffaqiyat mukofoti (1994); Joys Medalen muhandislar jamiyati mukofoti (1993–94); DJ Robertson Akademik muvaffaqiyat mukofoti (1992); Shimoliy Dakota universiteti muhandislik va konchilik maktabi faxriy xizmat mukofoti (1991–1992).
U 2014-yilda NASAning “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Havolalar
NASA bio -mart, 2016-yil Karen L. Nybergning Spacefacts Hayoti
Karen Nybergning rasmiy veb-sayti Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar