Kevin De Bruyne () – belgiyalik futbolchi, „Manchester City“ va Belgiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Zamonamizning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan< „Gent“ va „Genk“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi. 2008-yilda u „Genk“ safida debyut qilib, kattalar karerasini boshladi. Keyinchalik, u ushbu jamoada 80 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 2011-yil Belgiya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yilda u Londonning „Chelsea“ klubiga oʻtdi, ammo darhol „Werder“ga ijaraga berildi. „Werder“ klubi tarkibida u Bundesliganing eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. 2013-yilning yanvaridan boshlab u „Wolfsburg“da oʻynamoqda. 2015- yilning yozida Kevin „Manchester City“ futbolchisiga aylandi.

Belgiyada 2015-yilning eng yaxshi sportchisi de tan olindi. 2015-yilda u Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi, 2020-yilda esa Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kevin De Bruyne 2024/2025-yilgi mavsum oxirida „Manchester City“ dagi 10 yillik mavsumidan soʻng klubni tark etishini oʻzining X(Twettir) va Instagram sahifalarida eʻlon qilgan.

Jamoalardagi faoliyati Kevin Belgiyaning yirik sanoat markazi Gent shahrida tugʻilib oʻsgan. Bolaligida u bolalar turnirlari va turli yarmarkalarda oʻynay boshladi. 12 yoshida u mahalliy „Gent“ uchun tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtdi. Bu yerda ikki yil oʻtkazgandan soʻng, De Bruyne „Genk“ga koʻchib oʻtdi va klubning yoshlar jamoasidagi oʻyinlaridan boshladi. U „Genk“da 2009-yil 9-may kuni „Charleroi“ga qarshi o‘yinda ilk debyutini o‘tkazdi, o‘shanda jamoasi 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/19/Kevin_De_Bruyne_Chelsea_vs_AS-Roma_10AUG2013.jpg/100px-Kevin_De_Bruyne_Chelsea_vs_AS-Roma_10AUG2013.jpg|thumb|547x547px| De Bruyne 2013-yilda „Chelsea“ safida

Xalqaro karyerasi De Bruyne Belgiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2010-yil 11-avgustda u Turku shahrida Finlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazgan va unda jamoasi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan.

Braziliyada boʻlib oʻtgan 2014-yilgi jahon chempionatining final turnirida u Belgiya terma jamoasi safida beshta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Kevin Belgiyaning 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun soʻnggi 23 kishilik taklifiga kiritilgan edi. 18-iyun kuni Panama terma jamoasi bilan oʻyinda (3:0) De Bruyne Romelu Lukakuga yordam bergan. 6-iyul kuni u Braziliyaga qarshi chorak final uchrashuvida (2:1) gʻalaba toʻpini kiritga va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Yarim finalda Belgiya boʻlajak jahon chempioni Fransiyaga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan. 14- iyul kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Belgiya terma jamoasi Angliya terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan.

U 2020-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoaga kiritilgan. U Rossiya terma jamoasi bilan oʻyinni jarohati tufayli oʻtkazib yubordi. Daniya terma jamoasi bilan oʻyinda u 0:1 hisobida zaxiradan maydonga tushib, golli uzatmani amalga oshirdi va gʻalaba golini kiritdi, uchrashuv 2:1 hisobida Belgiya terma jamoasi foydasiga hal boʻldi.

Statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubogLiga kubogiYevropa kubogiBoshqaJamiDivizionOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarGenk2008-2009Belgian First Division2000———202009-2010Belgian Pro League35320—20104032010-2011Belgian Pro League32500—31003562011-2012Belgian Pro League28810—6010368Jami971630—1112011317Chelsea2012-2013Premier League00000000—002013-2014Premier League30003030—90Jami300030300090Werder Bremen (ijara)2012-2013Bundesliga331010———3410VfL Wolfsburg2013-2014Bundesliga16320———1832014-2015Bundesliga341061—115—51162015-2016Bundesliga2011——1041Jami521392—115107320Manchester City2015-2016Premier League2571155103—41162016-2017Premier League366501071—4972017-2018Premier League378314281—52122018-2019Premier League192425240003262019-2020Premier League35132130721048162020-2021Premier League256314083—40102021-2022Premier League301531211020044192022-2023Premier League9100002010121Jami21658217241056122031987Umumiy karyerasida401973492710811850548134

Yutuqlari "Genk"

Belgiya chempioni: 2010-2011 Belgiya kubogi sohibi: 2008-2009 Belgiya Superkubogi sohibi: 2011-yil

Angliya chempioni (4): 2017-2018, 2018-2019, 2020-2021, 2021-2022 Angliya kubogi gʻolibi: 2018-2019 EFL kubogi sohibi (5): 2015-2016, 2017-2018, 2018-2019, 2019-2020, 2020-2021 Angliya Superkubogi sohibi (2): 2018, 2019 UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2020-2021

Manbalar

Havolalar

Profile Manchester City F. C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyunda tugʻilganlar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:K.A.A. Gent futbolchilari Turkum:K.R.C. Genk futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Belgiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar