Sofyan Xanni () — jazoirlik va fransuz futbolchisi, „Al-Garafa“ klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi.

Biografiyasi Sofyan Xanni Fransiyada jazoirlik immigrant ota-onasida tugʻilgan. U Sedrik Bakambu bilan birga Parijning Vitri-syur- Seyn chekkasida oʻsgan. Bakambu bilan ular bir xil mahalliy jamoada shugʻullanishgan.

Jamoalardagi faoliyati Sofyan Xanni „Ivry“, „Boulogne-Billancourt“ va „Nantes“ klublari bitiruvchisi. 2009-yil 1-dekabrda „Sedan“ga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Uilyam Vankerni almashtirib, Liga 2da debyut qildi, ammo Sofyan Xanni tarkibda mustahkam oʻrin olmagan.

2011-yilning yozida ular bilan shartnomasi yakuniga yetdi va Sofyan Xanni erkin agent sifatida Turkiyaning „Kayseri Erciyesspor“ klubiga oʻtdi. 10- sentabr kuni „Bucaspor“ga qarshi oʻyinda u Turkiya birinchi ligasida debyut qildi. 25-sentabr kuni „Kartalspor“ jamoasiga qarshi kechgan duelda Sofyan Xanni „dubl“ga erishdi va „Kayseri Erciyesspor“ safida ilk gollarini urdi. Debyut mavsumida Sofyan Xanni 11 ta gol urdi va jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 2013-yilda u klubning elitaga chiqishiga yordam berdi.

2014-yilning yozida Sofyan Xanni Belgiyaning „Mechelen“ jamoasiga oʻtdi. 27-iyul kuni „Genk“ga qarshi oʻyinda Jupile ligasida debyut qildi. Oʻsha oʻyinda u Mechelen uchun birinchi golini urdi. 2016-yilda u Belgiya chempionatida arab millatiga mansub eng yaxshi futbolchi va afrikalik eng yaxshi futbolchi, shuningdek, Belgiya qirollik futbol assotsiatsiyasiga koʻra yilning eng yaxshi futbolchisi unvonlarini oldi.

Jamoalardagi karyerasi Sofyan Xanni Fransiyaning yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. 2016- yilda u oʻzining tarixiy vatani Jazoirda oʻynash taklifini oldi. 26-mart kuni Efiopiyaga qarshi Afrika Millatlar Kubogi-2017 saralashida u Jazoir terma jamoasi safida debyut qildi. 7- yanvar kuni Mavritaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sofyan Xanni terma jamoadagi ilk golini urdi.

Statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubogYevropa kubogiBoshqaJamiOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarNantes2009-20101000——102010-20113000——30Jami4000——40Kayseri Erciyesspor2011-2012321100——32112012-201332420——344Jami641520——6615Ankaraspor2013-201433810——348KV Mechelen2014-2015391040——43102015-2016351730——3817Jami742770——8127Anderlecht2016-2017381020153—55132017-20182381061113110Jami611830214118623Spartak Moscow2017-2018722020—1122018-2019702120—111Jami1424140—223Umumiy karyerasi250701712541129377

Yutuqlari Jamoaviy yutuqlari

„Anderlecht“

Belgiya chempioni: 2016-2017 Belgiya Superkubogi sohibi: 2017-yil

„Spartak“

Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 2017-2018

Shaxsiy yutuqlari

Eng yaxshi afrikalik futbolchi Belgiya chempionati 2015-2016 Belgiya Qirollik Futbol Assotsiatsiyasining 2015-2016 yilgi eng yaxshi futbolchisi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Jazoirlik erkak futbolchilar Turkum:FC Nantes futbolchilari Turkum:Kayseri Erciyesspor futbolchilari Turkum:Ankaraspor futbolchilari Turkum:K.V. Mechelen futbolchilari Turkum:R.S.C. Anderlecht futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:Al-Gharafa SC futbolchilari Turkum:Al Ahli SC (Doha) futbolchilari Turkum:Al-Khor SC futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari