Vitaliy Nikolayevich Sigedin — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1994-yilda "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.

Tarjimai holi 1937-yilda Guryev shahrida tugʻilgan. 1962- yildan KPSS aʼzosi.

1959-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda ishlagan. 1959-2001-yillarda Navoiy KMKda ekskavatorchi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Navoiy shahar qoʻmitasi 1-kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Zarafshon shahar qoʻmitasi 1-kotibi, Navoiy KMK Markaziy kon boshqarmasi direktori, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1990—1991-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi, 1995—2001-yillarda 12-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi, 1- va 2-chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati etib saylangan.

KPSS XXVIII s’ezdi delegati.

2011-yil 1-mayda 75 yoshida vafot etgan.

Havolalar

Sigedin

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:2011-yilda vafot etganlar Turkum:1-mayda vafot etganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:22-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar