Ben Shalom Bernanke ( ; 1953-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodchi, 2006-yildan 2014-yilgacha mamlakat Federal rezerv tizimining raisi. Rais sifatidagi faoliyati davomida Bernanke Federal rezerv tizimining 2000-yillar oxiridagi moliyaviy inqirozga chidamliligini oshirgan va buning uchun 2009-yilda „yil kishisi“ deb topilgan. Federal rezerv tizimi raisi boʻlguniga qadar Bernanke Prinston universitetida professor boʻlib ishlagan va 1996-yildan 2002-yil sentyabrigacha iqtisodiyot kafedrasini boshqargan. Bernanke 2022-yilda Duglas Diamond va Philipp Dybvig bilan birgalikda „banklar va moliyaviy inqirozlar boʻyicha tadqiqotlar uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. 5 marta Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli shaxslari roʻyxatiga kiritilgan. Keyinchalik, Brukings institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi.

2002-yil 5-avgustdan 2005-yil 21-iyungacha Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. „Bernanke doktrinasi“ni taklif qilgan va birinchi boʻlib „buyuk moderatsiya“ nazariyasini amaliyotga kiritgan. Unda, soʻnggi oʻn yilliklarda jahon iqtisodiyotida roʻy bergan tarkibiy oʻzgarishlar, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligining oshishi, makroiqtisodiy (pul-kredit va fiskal) siyosatning taʼsirini kamaytirish orqali oʻzgaruvchanlikni taʼminlashga erishish ilgari surilgan.

Oʻshanda Bernanke Prezident George Bushning iqtisodiy maslahatchilar kengashi raisi boʻlib ishlagan va Prezident Bush uni Alan Greenspan oʻrniga Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal rezerv tizimi raisi lavozimiga nomzod qilib koʻrsatgan. Uning birinchi muddati 2006-yil 1-fevralda boshlangan. Bernanke 2010-yilning 28-yanvarida prezident Barack Obama tomonidan qayta nomzod qilib koʻrsatilganidan soʻng ikkinchi muddatga rais lavozimiga tasdiqlandi. Obama uni „xotirjamlikning timsoli“ deb atadi. Uning ikkinchi muddati 2014-yilning 31-yanvarida tugadi. Oʻrniga Janet Yellen tayinlandi.

Bernanke oʻzining 2015-yilgi „The Courage to Act“ (Harakat qilish jasorati) kitobida Federal rezerv tizimi tizimi raisi boʻlgan davri haqida yozgan va unda 2007—2008-yillarda jahon iqtisodiyoti inqirozga yuz tutishga yaqin qolganini ochib bergan. Bernankening taʼkidlashicha, „faqat zaxiraning saʼy-harakatlari (chet el hukumatlari bilan hamkorlik) Buyuk depressiyadan ham kattaroq iqtisodiy falokatning oldini oldi“.

Oilasi va bolaligi Bernanke Jorjiya shtatining Augusta shahrida tugʻilgan va Janubiy Karolina shtatining Dillon shahridagi Sharqiy Jefferson koʻchasida ulgʻaygan. Uning otasi Philipp farmatsevt va bir vaqtning oʻzida teatr rahbari boʻlgan. Uning onasi Edna boshlangʻich maktab oʻqituvchisi edi. Bernankening akasi, ikkita ukasi va singlisi bor. Akasi — Set Bernanke Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida advokat boʻlib ishlagan. Singlisi Sharon Bostondagi Berkley musiqa kollejida uzoq vaqt administrator boʻlib ishlagan.

Bernanke oilasi Dillondagi kam sonli yahudiy oilalardan biri boʻlib, mahalliy sinagoga — Ohav Shalomga borar edi. Bernanke bolaligida ibroniy tilini ona tomondan bobosi, professional kantor va ibroniy tili oʻqituvchisi Harold Friedmandan oʻrgangan. Bernankening otasi tomonidan bobosi Jonas Bernanke dorixonani boshqargan.

Jonas Bernanke 1891-yil 23-yanvarda Avstriya-Vengriyaning Borislav shahrida (hozirgi Ukrainaning bir qismi) tugʻilgan. U Polshaning Pshemisl shahridan 1921-yil 30-iyunda 25 yoshli rafiqasi Paulin bilan AQShning Ellis oroliga koʻchib keldi. Kema hujjatida Jonasning kasbi „xizmatchi“, Paulinniki esa „doktor“ deb yozilgan.

Oilasi 1940-yillarda Nyu-Yorkdan Dillonga koʻchib oʻtdi. Bernankening onasi maktab oʻqituvchiligini tashlab, oilaviy dorixonada ishlagan. Baʼzida Ben Bernanke ham birga ishlagan.

Yoshligi Oʻsmirlik chogʻida Bernanke kasalxona qurilishida ishlagan. Kollejga kirishdan oldin oʻzining tugʻilgan shahri Dillonda yoʻl boʻyidagi restoranda va koʻngilochar parkdagi attraksionda ishlagan. Kollej davomida oʻzini taʼminlash uchun ishlashni davom ettirdi.

Dini 1960-yillarda oʻsmirlik chogʻida Bernanke oʻzining mahalliy ibodatxonasida Tavrot varaqlarini oʻrashga yordam bergan. Garchi oʻz eʼtiqodlarini maxfiy tutsa-da, uning doʻsti, Nyu-York universitetining iqtisodiyot boʻlimi raisi Mark Gertlerning aytishicha, „Bernanke yahudiylikka ishonadi“. Bernanke Garvardda birinchi kursda oʻqigan paytida, dillonlik hamkasbi Kenneth Manni Rosh Hashanah bayrami (yahudiylar yangi yili)ga, Bruklinga olib borganWessel, David. In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic (New York: Crown Business, 2009), pp. 70-71..

Taʼlim Bernanke boshlangʻich maktabda, „Martin Junior High“ maktabida va Dillon oʻrta maktabida tahsil olgan. Sinf sardori boʻlgan va volontyorlar guruhida saksofon chalganWessel, David (2009), In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic, New York: Crown Business, p. 70.. Oʻsha paytda Dillon oʻrta maktabi hisob-kitoblarni oʻrgatmagani uchun Bernanke buni oʻzi oʻrgangan. SAT imtihonida maksimal 1600 balldan 1590 ball toʻplagan. 1965-yilgi „Spelling Bee“ tanlovida ham ishtirok etganWhite, Ben (November 15, 2005). Bernanke Unwrapped, The Washington Post.

Bernanke 1971-yilda Garvard kollejiga oʻqishga kirdi. Goldman Sachs kompaniyasining boʻlajak bosh direktori kabi Winthrop uyida yashadi. Iqtisodiyot boʻyicha bakalavr diplomi bilan tamomladi. 1975-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1979-yilda Massachusetts texnologiya institutida iqtisod boʻyicha ilmiy darajasini, "Uzoq muddatli majburiyatlar, dinamik optimallashtirish va biznes sikli" mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilgan. Bernankening dissertatsiyalar boʻyicha rahbari Isroil bankining boʻlajak raisi Stanley Fischer edi. Oʻquvchilari orasida Irvin S. Bernstein, Rüdiger Dornbusch, Robert Solow, Peter Diamond va Dale Jorgenson bor edi.link=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/93/Ben_and_Anna_Bernanke_%2812241511195%29_%28cropped%29.jpg/220px-Ben_and_Anna_Bernanke_%2812241511195%29_%28cropped%29.jpg|thumb|Ben va Ann Bernanke

Shaxsiy hayoti Boʻlajak xotini Ann bilan tasodifan tanishgan. U Wellesley kolleji talabasi edi. Ben esa Massachusetts texnologiya instituti aspiranturasida oʻqirdi. Ularning hozir ikki farzandi borGrunwald, Michael (December 16, 2009). „Ben Bernanke“. Time.. Ben „Washington Nationals“ beysbol jamoasining ashaddiy muxlisi va jamoaning Nationals Parkdagi oʻyinlariga tez-tez tashrif buyuradiSteinberg, Dan {September 27, 2012}. „Ben Bernanke is a huge Nats fan“. The Washington Post. Retrieved January 21, 2014..

1985-yilda Prinstondagi lavozimni qabul qilish uchun Stenfordni tark etgach, oilasi bilan Nyu-Jersi shtatining Montgomeri shaharchasiga koʻchib oʻtdi. Bolalari mahalliy davlat maktablarida oʻqishdi. Olti yil davomida Montgomeri shaharchasi maktab okrugi taʼlim kengashi aʼzosi boʻldi„Ben Bernanke“.

2009-yilda The Wall Street Journal Bernankening shaxsiy maʼlumotlari oʻgʻirlangani haqida xabar bergan.

Ilmiy va hukumatdagi faoliyati (1979—2006) Bernanke 1979-yildan 1985-yilgacha Stanford Oliy biznes maktabida dars bergan, Nyu-York universitetida taklif etilgan professor boʻlgan va Prinston universitetining Iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimida ishlagan. 1996-yildan 2002-yil sentyabrgacha, davlat xizmati taʼtiliga chiqquniga qadar ushbu kafedraga rahbarlik qildi. 2005-yil 1-iyulda Prinston universitetidagi lavozimidan isteʼfoga chiqdi .

Bernanke 2002-yildan 2005-yilgacha Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruvchilar kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan. Aʼzo sifatidagi birinchi nutqlaridan birida „Deflyatsiya: sodir boʻlmasligiga ishonch hosil qilish“ deb nomlangan, keyinchalik „Bernanke taʼlimoti“ deb nom olgan gʻoyani ilgari surdi.

2004-yil 20-fevralda Federal rezerv tizimi tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi sifatida nutq soʻzladi va „Buyuk moderatsiya“ deb nomlangan yangi davrda ekanligimizni, zamonaviy makroiqtisodiy siyosat biznesning oʻzgaruvchanligini pasaytirishini tushuntirib berdiKrugman, Paul R. (2009). The Return of Depression Economics and the Crisis of 2008. Norton & Company. p. 10..

2005-yil iyun oyida George W. Bushning Iqtisodiy maslahatchilari kengashi raisi etib tayinlandiAndrews, Edmund L.; Leonhardt, David; Porter, Eduardo; Uchitelle, Louis (October 26, 2005), „At the Fed, an Unknown Became a Safe Choice“, The New York Times. Retrieved January 31, 2010. Bu lavozimda 2006-yilning yanvarigacha ishlagan. link=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/02/Ben_Bernanke_testifying.png/220px-Ben_Bernanke_testifying.png|thumb|Bernanke 2009-yil 10-fevralda Vakillar Palatasining Moliyaviy xizmatlar qo‘mitasida savollarga javob bermoqda.

AQSh Federal rezerv tizimi raisi sifatida thumb|Bernanke (chapda) 2008-yil sentyabr oyida AQSh Prezidenti George W. Bush bilan 2006-yil 1-fevralda Bernanke Federal rezerv tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi va raisi sifatidagi 4 yillik faoliyatini boshladiAndrews, Edmund L.; David Leonhardt; Porter, Eduardo; Louis Uchitelle (October 26, 2005), „At the Fed, an Unknown Became a Safe Choice“, The New York Times. Retrieved January 31, 2010. Raislik bilan birga Moliyaviy barqarorlikni nazorat qilish kengashiga aʼzo boʻldi. Muammoli aktivlarga yordam berish dasturini nazorat qilishga mas’ul boʻldi. Shuningdek, tizimning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish boʻyicha asosiy organi boʻlgan Federal ochiq bozor qoʻmitasining raisi boʻlib ishlagan.

Uning Federal rezerv tizimi tizimi raisi sifatidagi ilk kunlari ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda qiyinchiliklarni keltirdi. Bernanke oʻtmishdoshi Alan Greenspan aytganidan koʻra shaffofroq siyosat va aniqroq bayonotlar tarafdori boʻlib, inflyatsiya haqidagi aniq rejalarni koʻrsatish gʻoyasidan qaytishga majbur boʻldi. Bunday bayonotlar fond bozoriga salbiy taʼsir qilishi mumkin edi. Maria Bartiromo CNBC telekanalida Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki ovqat paytidagi shaxsiy suhbatini oshkor qilgan. Uning xabar berishicha, Bernanke inflyatsiya borasida „yumshoq siyosat“ni olib borishni reja qilgan. investorlar uning izohlarini notoʻgʻri talqin qilishgan. Ommaviy bayonotlari uchun keskin tanqidga uchragan. Keyinroq, uning oʻzi xato fikr bildirganini tan olgan.

Ben Bernanke Frankfurt-Mayn shahrida boʻlib oʻtadigan Yevropa bank kongressiga taklifdan foydalanib, uning pul-kredit siyosatini qattiq tanqid qiluvchi nemis ekspertlariga nutq soʻzladi. Federal rezerv tizimi dollar kursini sunʼiy ravishda zaiflashtirishga intilmasligini aytdi. Ben Bernanke valyuta urushida ishtirok etayotgan davlatlar uchun ham, butun jahon iqtisodiyoti uchun ham halokatli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirdi. Shu bilan birga, Xitoyning va baʼzi jadal rivojlanayotgan boshqa mamlakatlarning milliy valyutalarni qadrsizlantirish orqali eksportni qoʻllab-quvvatlash siyosatini tanqid qildi.

2008-yilda Bilderberg guruhining majlisida qatnashgan. Qanday takliflarni bildirgani va majlis yakunida qanday qarorga kelingani haqida maʼlumot bermagan.

2007—2008-yillardagi moliyaviy inqiroz Buyuk turgʻunlik chuqurlashar ekan, Bernanke baʼzi noodatiy choralarni joriy qildi. Uning rahbarligi ostida Federal rezerv tizimi oʻz mablagʻlari foiz stavkasini bir yildan kamroq vaqt ichida 5,25 % dan 0,0 % gacha pasaytirdi. Bu likvidlik inqirozini bartaraf etish uchun yetarli emas deyilganida, Federal rezerv tizimi miqdoriy yumshatishni boshladi. 2008-yil noyabridan 2010-yil iyunigacha 1,3 trillion dollarlik zaxira yaratildi.

Ikkinchi muddatga saylanishi 2009-yil 25-avgustda Prezident Obama Bernankeni ikkinchi muddatga Federal rezerv tizimi raisi lavozimiga koʻrsatishini eʼlon qildi. Obama Bernankening kelib chiqishi, temperamenti, jasorati va ijodkorligi 2008-yilda navbatdagi Buyuk Depressiyaning oldini olishga yordam berganini aytdi. 2009-yil 3-dekabrda Senat Bank qoʻmitasining uning nomzodi boʻyicha eshituvlari boshlanganda, har ikki partiyadan bir nechta senatorlar ikkinchi muddatni qoʻllab-quvvatlamasliklarini maʼlum qilishdi.