Pogonofobiya – soqoldan, shu jumladan, soqolli kishilardan qoʻrqish va nafratlanish kassalligi.

Tarixi Pogonofobiya atamasi yunoncha pogon (pigōn) soqol va fobos (phobos) qoʻrquv soʻzlaridan olingan. Ushbu atamaga antonim sifatida „pogonofiliya“, yaʼni soqol yoki soqolli odamlarga boʻlgan muhabbat tuygʻusi qabul qilingan.

David Smith qalamiga mansub, 1851-yilda nashr etilgan „Isloh qilingan Presviterian cherkovi“ning „The Covenanter“ (Shartnomachi) kitobida Baden iyezuitlari iyagini koʻrgan demokrat pogonofobiyadan aziyat chekayotganligini tasvirlaydi.

Atama odatda hazil-mutoyiba bilan qabul qilinadi. 1920-yillarda psixolog John B. Watson yosh bolada qoʻrquvning ushbu turini shartli reflekslar usullari yordamida davolash usuluni yaratishga erishadi.

2013-yilning avgust oyida Ogayo shtatidagi Wright shtat universitetining tarix fani oʻqituvchisi hamda „The Beard Movement in Victorian Britain“ kitobining muallifi Christopher Oldstone-Moore shunday degan edi: „Oʻtgan asrda yuzdagi tuklarning oʻziga xos turmaklanishi shaxsiyatning shubhali boʻysunmaslik chizigʻini aks ettiradi deb hisoblangan. Siyosatchilar, davlat xizmatchilari va ishbilarmonlar, shuningdek jurnalistlar ustaradan voz kechsalar, oʻz obroʻlarini xavf ostiga qoʻyishardi“.

Soqol qoʻyish bilan bogʻliq yuzdagi tuklarga asoslangan kamsitish holatlari boʻyicha turli madaniyatlarda farq borligi qayd etilgan. Turli diniy guruhlarning soqolga boʻlgan munosabatlari, jumladan yahudiylik va islomda alohida masala hisoblanadi. Baʼzi diniy jamoalar va oqimlarda soqol qoʻyish talab qilinadi va oldirish taqiqlanadi. Bu kabi holatlar esa oʻsha jamiyatning meʼyorlari va tushunchalariga taʼsir qiladi.

BBC boʻyicha ayblovlar 2013-yil avgust oyida Jeremy Paxman soqol qoʻygan holda BBCning Newsnight dasturida koʻrinish bergani uchun koʻplab gazeta va nashriyotlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchraydi. Bu holatdan ranjigan jurnalist, oʻz ish beruvchilarini pogonofobiyada ayblaydi. Paxman shunday deydi: „Agarda siz Only Fools and Horsesdagi Albert amaki, Demis Roussos yoki Abu Hamzalardek boʻlmasangiz, BBC sizni omadsiz shaxs deb hisoblaydi hamda sizga nisbatan alban diktatori Anvar Xoʻja kabi pogonofobik xarakterini namoyish etadi“. Keyinchalik u shunday deb yozgan edi: „Gap shundaki, men odatda soqolni yoqtirmayman“. U qanday qilib Soqolni ozod qilish fronti uchun „plakatchi bola“ boʻlganini taʼkidlab, „bu yelkasida juda ogʻir yuk“ boʻlganligidan afsusda ekanligini eslab oʻtadi.

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish

Havolalar

„Pogonofobiya“ soʻzining talaffuzi Turkum:Fobiya