„Another Love“ (tarjimasi: „Boshqa muhabbat“) — ingliz qoʻshiqchisi Tom Odellning qoʻshigʻi. „Another Love“ qoʻshigʻi Tom Odellning „Songs from Another Love“ (2012) hamda „Long Way Down“ albomlariga joylashtirilgan va 2012-yilda omma eʼtiboriga havola etilgan.
2013-yilda „Another Love“ qoʻshigʻi Buyuk Britaniyaning „UK Singles“ chartida 10-oʻrinni egalladi. „Another Love“ qoʻshigʻi Beliyaning B „Ultratop“ chartiga Irlandiyaning „Irlish Singles“ charti va Niderlandiyaning „Dutch“ chartlariga ham kiritilgan. „Another Love“ qoʻshigʻi 2013-yil 29-iyun kuni Buyuk Britaniyaning „UK Singles“ chartida 10-oʻrinni egallaganidan soʻng, Odellning 10 talikka kirgan birinchi xit qoʻshigʻiga aylandi2013 Top 40 Official Singles Chart UK Archive — 29 June 2013 Official Charts Company.
2022-yilda „Another Love“ qoʻshigʻi TikTokda mashhur boʻlganidan keyin Yevropa va Avstraliyadagi davlatlar chartlarida qayta paydo boʻla boshladi. 2022-yil avgust oyida „Another Love“ qoʻshigʻi Spotifyda 1 milliard oqim toʻpladi.
Musiqa videosi „Another Love“ qoʻshigʻining musiqiy videosi birinchi marta YouTubeda 2012-yil 5-noyabrda jami toʻrt daqiqayu sakkiz soniya davom etgan video shaklida chiqdi. „Another Love“ qoʻshigʻining musiqiy videosida kamera qarshisidagi kresloda o‘tirgan qiz uning va eʼtiborini tortishga urinayotgan Odell tasvirlangan. Video qizning Odellni tashlab ketishi bilan yakunlanadi.
„Another Love“ qoʻshigʻining musiqiy videosining Amerikadagi chiqishi uchun „qisqa film“ deb nomlangan yana bir video chiqarildi. Yangi videoda Odell koʻchalarda bir qizni izlashi tasvirlangan. Video oxirida Odell izlayotgan qizini uchratadi. Videoda Odell izlayotgan qiz rolini aktrisa Sarah Navratil oʻynaganSarah Navratil.
Qabul qilinishi Digital Spy nashri uchun Lewis Corner „Another Love“ qoʻshigʻini „hayratlanarli darajada goʻzal“ deb taʼkidlagan.
Koverlar „Another Love“ qoʻshigʻi Vengriyaning „Zaporojes“ nomli rok guruhi tomonidan „Azon az éjszakán“ nomi ostida kover qilib qayta chiqarilgan. Rok guruhi ijrosidagi yangi kover „Petőfi Rádio“ chartining „Top 30“ reytingida uch hafta davomida birinchi oʻrinni egallagan. 2016-yil 2-fevralda yangi koverning musiqiy videosi You Tubega joylashtirildi.
Chartlar Haftalik chartlar + (2013-2014) „Another Love“ qoʻshigʻi uchun haftalik chartlar Chart (2013-2014) Oʻrin Sloveniya (SloTop50) 27
+ „Another Love“ qoʻshigʻi uchun haftalik chartlar (2021–2022) Chart (2021-2022) Oʻrin Avstraliya (ARIA) 26 Italiya (FIMI) 48 Livan (AGATA) 11Ruminiya (Billboard) 7 Slovakiya (Singles Digitál Top 100) 9 Turkiya (Billboard) 20
Manbalar
Turkum:2012-yil singllari Turkum:2012-yil qoʻshiqlari