Emiliano Ariel Rigoni 1993-yil 4-fevralda tugʻilgan Kordobada tugʻilgan. Argentinalik futbolchi Amerikaning „Ostin“ klubi qanot himoyachisi. Argentina terma jamoasida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Jamoalardagi faoliyati Rigoni „Belgrano“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 4 avgustda „Lanus“ga qarshi oʻyinda u Argentina Primer ligasida debyut qilgan. 2014-yilning 17-fevralida „Boca Juniors“ga qarshi kechgan bahsda Rigoni „Belgrano“ safida ilk golini urdi.

2016-yil boshida Emiliano „Independiente“ga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 1,55 million yevroni tashkil qildi. 7-fevral kuni oʻzining tugʻilgan klubi „Belgrano“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. Oʻsha oʻyinda Rigoni „Independiente“ uchun birinchi golini urdi.

2017-yil 23-avgustda u Rossiyaning „Zenit“ klubi bilan shartnoma imzoladi, futbolchi bilan shartnoma 4 yilga moʻljallangan. Transfer summasi 9 million yevro edi. 10-sentabr kuni Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u RFPLda debyut qildi. 14-sentabr kuni Yevropa ligasi doirasida makedoniyalik Vardarga qarshi o‘yinda Rigoni „Zenit“ safida ilk golini urdi. 28-sentabr kuni Yevropa ligasi doirasida Ispaniyaning „Real Sociedad“ klubiga qarshi oʻyinda u gol urdi. 19-oktabr kuni Norvegiyaning „Rusenborg“ klubiga qarshi oʻyinda Rigoni xet-trik qayd etdi.

Terma jamoadagi karyerasi 2017-yil 6-oktabr kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Peruga qarshi o‘yinda Rigoni Argentina terma jamoasi safida debyut qildi va ikkinchi bo‘limda Anxel Di Mariya o‘rniga maydonga tushdi.

Jamoa NomiMamlakatMavsumF. C. Zenit2018-19F. C. Zenit2019-20F. C. Zenit2019-20F. C. Zenit2020F. C. Zenit2020-21

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar