Albert Guðmundsson ()(1997-yil 15-iyunda tugʻilgan) — islandiyalik professional futbolchi, Italiyaning „Genoa“ klubida Yarimhimoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Islandiya terma jamosi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati Albert dastlab 2013-yilda Niderlandiyaning SC Heerenveen jamosiga qoʻshilgan. 2015—16-yilgi mavsum uchun u PSV jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2015-yilda Jong PSV safida debyut qilgan.

2022-yilning 31-yanvarida u Italiyaning „Genoa“ klubiga o‘tgan.

Xalqaro faoliyati Albert Islandiya terma jamoasi kumush medallarni qoʻlga kiritgan Xitoy kubogi 2017da oʻynagan.

2018-yil may oyida u Islandiya terma jamoasining 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

Shaxsiy hayoti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8d/ISL-HRV_%2817%29.jpg/170px-ISL-HRV_%2817%29.jpg|thumb| Albert Islandiya terma jamoasi JCh −2018 musobaqasidan chiqqanidan keyin sevgilisi bilan gaplashmoqda Albert futbolchilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi sobiq xalqaro hujumchi va tele sharhlovchisi Gudmundur Benediktsson. Albertning onasi sobiq xalqaro hujumchi Kristbyorg Ingadott, sobiq xalqaro hujumchi Ingi Byorn Albertssonning qizi boʻlib, u Islandiya oliy divizionida 1987-yildan 2012-yilgacha eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi hisoblanadi.

Ingining otasi , Albertning katta bobosi „Milan“ va "Arsenal "ning sobiq hujumchisi va keyinchalik Moliya vaziri Albert Gudmundsson, Islandiyaning birinchi professional futbolchisi boʻlgan. Islandiya terma jamoasi safida harakat qilgan bu olia vakillariga mansub toʻrt avlodining barchasi raqib darvozasiga gol kiritishgan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Islandiya 2017 1 0 2018 9 3 2019 1 0 2020 7 0 2021 11 3 2022 4 0 Jami 33 6 +Albert Guðmundsson tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2018-yil 14-yanvar Gelora Bung Karno asosiy stadioni, Jakarta, Indoneziya 1-1 4-1 Oʻrtoqlik 2 3-1 3 4-1 4 2021-yil 8-iyun Stadion Miejski, Poznan, Polsha 1-0 2-2Oʻrtoqlik 5 2021-yil 11-oktyabr Laugardalsvollur, Reykyavik, Islandiya 2-0 4-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 6 3-0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Islandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari