Arthur Seymour Abramson () (1925-yil 26-yanvar — 2017-yil 15-dekabr) —amerikalik tilshunos.
Faoliyati Arthur Abramson tilshunoslikning fonetika va nutq masalalari bilan shugʻullangan. Arthur Abramson New Jersey shtatining Jersey City shahrida tugʻilgan. Arthur Abramson Connecticut universitetida tilshunoslik kafedrasiga asos solgan. Arthur Abramson Connecticut universitetining tilshunoslik kafedrasida 1967-1974-yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Shundan soʻng, Arthur Abramson Connecticut shtatining New Haven shahridagi Haskins nomidagi laboratoriyada katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan. Arthur Abramson Haskins nomidagi laboratoriyasidagi faoliyati davomida Haskins direktorlar kengashi aʼzosi va korporatsiya kotibi ham boʻlgan. Arthur Abramson 1983-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Lingvistik jamiyatining prezidenti etib tayinlangan.
Ilmiy izlanishlari Arthur Abramson hamkasbi Leigh Lisker bilan birgalikda ovozning ritmi va uning hosil boʻlishi ustida olib borgan tajribalari bilan koʻpchilikka maʼlum va mashhur edi. Arthur Abramson, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo tillari boʻyicha mutaxassis ham boʻlgan va shu tufayli u Tailanddagi hamkasb tilshunos olimlar bilan birgalikda ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Arthur Abramsonning tadqiqotlari orasida eksperimental fonetika, nutqning hosil boʻlishi va uni idrok etish, undosh tovushlarda laringeal nazorat va oʻziga xos ohang kabi tilshunoslikning yoʻnalishlari mavjud edi. Arthur Abramson yuqoridagi tadqiqotlarini Tailand tili misolida olib borgan.
Taʼlimi Artur Abramson bakalavr ilmiy darajasini 1949-yilda Yeshiva universitetida olgan. Artur Abramson 1950-yilda magistrlik ilmiy darajasini va 1960-yilda Columbia universitetida fan nomzodi ilmiy darajasini olgan.
Tanlangan nashrlar
Abramson, AS (1962) „The Vowels and Tones of Standard Thai: Acoustical Measurements and Experiments“ (Standart Tailand tilining unlilari va ohanglari: akustik oʻlchovlar va tajribalar) . Bloomington: Indiana U. Res. Antropologiya, folklor va tilshunoslik markazi, Pub. 20. Abramson, AS va DM Erickson. (1992) „Tone splits and voicing shifts in Thai: Phonetic plausibility. In Pan Asiatic Linguistics: Proceedings of the Third International Symposium on Language and Linguistics“ (Tailand tilida ohangning boʻlinishi va ovozning oʻzgarishi: Osiyo tilshunosligida fonetik asoslilik. Til va tilshunoslik boʻyicha uchinchi xalqaro simpozium materiallari), jild. Bangkok: Chulalongkorn universiteti.
Vafoti Arthur Abramson 2017-yil 15-dekabrda vafot etdi.
Havolalar
Haskins laboratoriyalari Haskins Labs veb-sahifasida Abramsonning koʻplab maqolalarining qayta nashrlari Xalqaro yahudiy qabristoni loyihasi — Tailand Konnektikut universiteti tilshunoslik boʻlimi
Manbalar
Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:1927-yilda tugʻilganlar