Gabriele Capanni () (2000-yil 2-dekabrda tugʻilgan) — italiyalik futbolchi. Hozirgi kunda Gabriele Capanni B seriyaning "Ternana " klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati

AC Milan Gabriele Capanni „Milan“ yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Gabriele Capanni 2017—2018-yilgi mavsumda „Milan“ yoshlar jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar jamoasida oʻynay boshlagan. Gabriele Capanni birinchi marta 2019-yilgi Xalqaro chempionlar kubogida kattalar tarkibiga kiritilgan.

"Novara" va "Cataniaʼ klublariga ijara 2019-yil 30-avgustda Gabriele Capanni C Seriyaning „Novara“ klubiga ijara asosida qoʻshildi. Gabriele Capanni oʻzining professional C seriyasida „Novara“ klubi safida 5-oktyabr kuni „Pro Vercelli“ klubi bilan oʻyinda 69-daqiqada Diego Peraltaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi. Bir hafta oʻtgach, 13-oktyabr kuni Gabriele Capanni oʻzining professional faoliyatidagi birinchi golini „Giana Erminio“ klubiga qarshi oʻyinda 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib kiritdi. Gabriele Capanni ilk bor 20-oktyabr kuni „Carrarese“ klubiga qarshi bahsda maydonga tushdi, 83 daqiqadan soʻng uning oʻrnini Angelo Tartaglia egalladi. Uch kundan soʻng Gabriele Capanni oʻzining birinchi toʻliq oʻyinini oʻtkazdi, safarda „Renate“ klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. 2020-yil yanvar oyida Gabriele Capannining ijara shartnomasi yakuniga yetdi va u mavsumning birinchi qismini 11 ta oʻyin (shulardan 3 tasida asosiy tarkibda) va 1 ta gol bilan yakunladi.

2020-yil 31-yanvarda Gabriele Capanni mavsumning ikkinchi qismi uchun C Seriyaning boshqa klubi „Catania“ga ijara asosida oʻtdi. Ikki kundan soʻng Gabriele Capanni „Monopoli“ klubiga qarshi oʻyinning 56-daqiqasida Kevin Biondi oʻrniga maydonga tushib klubdagi debyutb oʻyinini oʻtkazdi. 26-fevral kuni Gabriele Capanni oʻzining birinchi ttoʻliq oʻyinida maydonga tushdi. Jamoa „Picerno“ klubiga qarshi safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi, 59-daqiqada Gabriele Capannining oʻrnini Nana Welbeck egalladi. Gabriele Capanni „Catania“ klubidagi 6 oylik ijara muddatini 8 ta oʻyin bilan yakunladi (ulardan 2 tasini pley-offda va 5 tasi boshlangʻich oʻyinda oʻtkazgan).

"Cesena" klubiga ijara 2020-yil 5-oktyabrda Gabriele Capanni C Seriyaning „Cesena“ klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi. Olti kundan soʻng, 11-oktyabrda Gabriele Capanni oʻz uyida „FeralpiSalo“ klubiga qarshi oʻyinda (4:2) asosiy tarkibda debyut qildi. 5-dekabr kuni Gabriele Capanni „Cesena“ klubi uchun oʻzining birinchi golini „Legnago Salus“ klubiga qarshi oʻyinning (0:1 hisob) 93-daqiqasida urdi. Toʻqqiz kundan soʻng, 13-dekabr kuni Gabriele Capanni oʻzining ikkinchi golini safarda „Mantova“ klubiga qarshi oʻyinning 17-daqiqasida (0:4 hisobi) kiritdi. Gabriele Capanni „Cesena“ klubi uchun ijara muddatini 15 ta oʻyinda, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan yakunladi.

Ternana 2021-yilning 27-iyulida Gabriele Capanni B Seriyaning " Ternana " klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi. Gabriele Capanni mavsumda klub safida bor yoʻgʻi bitta oʻyin oʻtkazdi. 2022-yilning 8-avgustida Gabriele Capanni „Ternana“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi + Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Ishtirok Gollar soni Novara (ijara) 2019—2020 C seriya 11 1 0 0 — — 11 1 Catania (ijara) 2019—2020 C seriya 6 0 — — 2 0 8 0 Cesena (ijara) 2020—2021 C seriya 15 2 0 0 — — 15 2 Umumiy 32 3 0 0 — 2 0 34 3

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar