Seamus Justin Heaney MRIA ( ; 1939-yil 13-aprel — 2013-yil 30-avgust) – irlandiyalik shoir, dramaturg va tarjimon. U 1995-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlganObituary: Heaney ‘the most important Irish poet since Yeats’, Irish Times, 30 August 2013.Seamus Heaney obituary, The Guardian, 30 August 2013.. Uning eng mashhur asarlari orasida "Death of Naturalist" (Tabiatshunosning oʻlimi", 1966) yozuvchining nashrdan chiqqan ilk yirik asari hisoblanadi. Heaney hayoti davomida Irlandiya sheʼriyat dunyosiga katta hissa qoʻshganlardan biri boʻlgan va hozir ham uning ijodi yuqori darajada eʼtirof etiladi. Amerikalik shoir Robert Lowell uni „Yeatsdan keyingi eng atoqli irland shoiri“ deb taʼriflagan, shu jumladan akademik Jon Sutherlend ham uni „zamonimizning eng buyuk shoiri“ deb taʼkidlagan. Robert Pinskiyning taʼkidlashicha, „u ajoyib tinglovchi va kuzatuvchi sifatida hikoyanavislik iqtidoriga ega“ edi. 2013-yil vafotidan keyin The Independent uni „ehtimol, dunyodagi eng mashhur shoir“ deb taʼriflagan.

Heaney Shimoliy Irlandiyaning Castledawson va Toomebridge oʻrtasidagi Tamniaran shaharchasida tugʻilgan. Uning oilasi bolaligida shu atrofdagi Bellaghy shahriga koʻchib oʻtgan. U Queenʼs University universitetini tamomlagach, 1960-yillar boshida Belfastdagi St. Joseph’s College kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan va sheʼrlar nashr eta boshlagan. U 1976-yildan vafotigacha Dublinning Sandymount shahrida yashagan. U 1981-yildan 2006-yilgacha Qoʻshma Shtatlarda yashagan.

Heaney 1981-yildan 1997-yilgacha Harvard professori, 1988-yildan 2006-yilgacha esa u yerda „Poet in Residence“ dasturida ishtirokchi boʻlgan. 1989-yildan 1994-yilgacha u Oxfordda sheʼriyat boʻyicha professor boʻlgan. 1996-yilda u Arts et des Lettres ordeni uchun Commandeur etib tayinlandi va 1998-yilda Sanoi of the Aosdana unvoniga sazovor boʻldi. U olgan boshqa mukofotlar orasida Geofrey Faber Memorial Prize (1968), EM Forster Award (1975), PEN Translation Prize (1985), The Golden Wreath of Poetry (2001), TS Eliot Prze (2006) va ikkita Whitbread Prize ham mavjud (1996 va 1999). 2011-yilda u Griffin Poetry Prize va 2012-yilda Griffin Trust tomonidan umrbod eʼtirof etiluvchi mukofot bilan taqdirlangan.

Heaney Shimoliy Irlandiyaning Bellaghy shahridagi St. Mary cherkovi qabristoniga dafn etilgan. Qabr toshida uning „The Gravel Walks“ deb nomlangan sheʼrining „Walk on air against your better judgement“ satrlari epitafiya sifatida yozilgan.

Yoshlik davri Heaney 1939-yil 13-aprelda Castledawson va Toomebridge oʻrtasidagi Mossbawn nomli oilaviy fermada tugʻilgan; u toʻqqiz farzandning toʻngʻichi edi. 1953-yilda uning oilasi bir necha mil uzoqlikdagi Bellaghy shahriga koʻchib oʻtdi. Uning otasi Patrick Heaney (vaf. 1986-yil, oktyabr), James va Sarah Heaneyning oʻnta farzandidan sakkizinchi farzandi boʻlib, keyinchalik fermerlik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Patrikni chorvachilik bilan ota-onasi erta vafot etganidan keyin tarbiyalagan amakilari tanishtirgan. Heaneyning onasi Margaret Kathleen McCan (1911-1984) edi, uning qarindoshlari mahalliy zigʻir fabrikasida ishlagan .Heaney otasining timsolida mahalliy gallar oʻrtasidagi ichki tarangliklarni, onasi timsolida esa, sanoatlashgan Ulsterni koʻrar edi.

Heaney Anahorish boshlangʻich maktabida oʻqidi va oʻn ikki yoshida Derrydagi Rim-katolik maktab-internati boʻlgan St. Columb’s College dan stipendiya yutib oldi. Christopher St. Columb’s maktabida oʻqiyotganda Heaneyning 4 yoshli ukasi1953-yil fevral oyida yoʻl-transport hodisasida halok boʻldi. „Mid-Term Break“ va „The Blackbird of Glanmore“ sheʼrlari aynan shu hodisa bilan bogʻliq.

Heaney bolaligida oʻzi tugʻilgan hududdagi Castledawson klubida gal futboli bilan shugʻullangan va oilasi Bellaghyga koʻchib kelganida ham bu qiziqishi oʻzgarmagan.

Ish faoliyati

1957-1969-yillar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8d/SeamusHeaneyLowRes.jpg/170px-SeamusHeaneyLowRes.jpg|thumb| Seamus Heaney 1970-yil Heaney 1957-yildan boshlab Belfastdagi Queenʼs Universityda ingliz tili va adabiyoti boʻyicha tahsil oldi. Bu yerda boʻlganida, Ted Hughesning „Luperkal“ asarining nusxasini topdi va bu uni sheʼr yozishga undadi. „Birdaniga zamonaviy sheʼriyat masalasi mening hayotiy materialim bo‘lib qoldi“, degan edi u. 1961-yilda u universitetni birinchi darajali imtiyozli diplom bilan tugatgan.

Heaney Belfastdagi St. Joseph oʻqituvchilarni tayyorlash kollejida (hozir St. Mary’s University College bilan birlashtirilgan) oʻqituvchilik sertifikatini olish uchun oʻqidi va Belfastning Ballymurphy shahridagi St. Thomas oʻrta maktabida dars berishni boshladi. Ushbu maktabning direktori Monaghan okrugidan kelgan yozuvchi Michael McLaverty boʻlib, u Heaneyni Patrick Kavanaghning sheʼriyati bilan tanishtirdiEd. Bernard OʻDonoghue The Cambridge Companion to Seamus Heaney (2009) Cambridge University Press pxiii . Retrieved 23 May 2010.. Heaney birinchi marta McLavertyning koʻmagi bilan 1962-yilda sheʼrlar nashr eta boshladi. Sophia Hillan McLavertyning yosh Belfast shoiriga xuddi unga vasiylik qilayotgan otadek munosabatda boʻlganini taʼkidlaydiSophia Hillan, New Hibernia Review / Iris Éireannach Nua, Vol. 9, No. 3 (Autumn, 2005), pp. 86-106. „Wintered into Wisdom: Michael McLaverty, Seamus Heaney, and the Northern Word-Hoard“. University of St. Thomas (Center for Irish Studies). McLavertyning „Collected Works“ (Tanlangan asarlari) ning muqaddimasida Heaney shoirning hissasi va taʼsirini shunday sarhisob qildi: „Uning ovozi kamtarona, ammo baland edi, u hech qachon diqqat markazida bo‘lmasdi, shunga qaramay, uning adabiyotimizdagi o‘rni juda mustahkam“McLaverty, Michael (2002) Collected Short Stories, Blackstaff Press Ltd, p. xiii, .. Heaneyning „Singing School from North“ (1975) kitobidagi Fosterage sheʼri McLavertyga bagʻishlangan.

1963-yilda Heaney St. Josephda maʼruza qila boshladi va oʻsha paytda Queenʼs universitetida ingliz tili oʻqituvchisi boʻlgan Philipp Hobsbaum tomonidan tashkil etilgan Belfast Group shoirlar jamoasiga qoʻshildi. Bu orqali Heaney boshqa Belfast shoirlari, jumladan Derek Mahon va Michael Longliey bilan uchrashdi.

Heaney 1962-yilda St. Josephda Tyrone okrugidagi Ardbo shahrida tugʻilgan Marie Devlin bilan tanishib, 1965-yilning avgustida turmush qurishdi. Maktab oʻqituvchisi va yozuvchi boʻlgan Devlin "Over Nine Waves" (1994) nomli anʼanaviy irland mif va afsonalari toʻplamini nashr etgan. Heaneyning birinchi kitobi „Eleven Poems“ 1965-yil noyabr oyida Queenʼs universiteti festivalida nashr etilgan. 1966-yilda ularning toʻngʻich oʻgʻli Maykl tugʻildi. Ikkinchi oʻgʻli Kristofer esa, 1968-yilda tugʻilgan.

Heaneyning birinchi yirik toʻplami "Death of Naturalist" 1966-yilda Faber and Faber tomonidan nashr etilgan. Ushbu toʻplam juda koʻp tanqidchilarning olqishlarga sazovor boʻldi va bir qancha mukofotlarni olib keldi, jumladan, Gregory Award for Young Writers va Geoffrey Faber Prize. Oʻsha yili u Belfastdagi Queenʼs universitetida zamonaviy ingliz adabiyoti boʻlimiga oʻqituvchi etib tayinlandi. 1968-yilda Heaney va Michael Longley shoir ijodi haqida xabardorlikni oshirgan „Room to Rhyme“ deb nomlangan ijodiy sayr oʻtkazishdi. Keyingi yili u oʻzining ikkinchi yirik toʻplami "Door into the Dark" ni nashr etdi.

1970-1984-yillar Heaney 1970-1971-oʻquv yilida Berkeley of California universitetida ingliz tili boʻyicha professor sifatida dars bergan. 1972-yilda u Belfastdagi maʼruzasini tugatib, Irlandiya Respublikasidagi Wicklowga koʻchib oʻtdi va bor vaqtini ijodga bagʻishladi. Oʻsha yili u oʻzining uchinchi toʻplami „Wintering Out“ ni nashr etdi. 1975-yilda Heaneyning navbatdagi toʻplami North nashr etildi. O‘sha yili „Stations“ nomli nasriy sheʼrlar risolasi ham chop etilgan.

1976-yilda Heaney Dublindagi Carysfort kollejida ingliz tili boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi va oilasi bilan Sandymount shahriga koʻchib oʻtdi. Uning navbatdagi to‘plami „Field Work“ 1979-yilda nashr etilgan. 1965-1975 yillardagi "Selected Poems" va „Preoccupations: Selected Prose 1968-1978“ 1980-yilda nashr etilgan. 1981-yilda Aosdana, milliy Irlandiya Badiiy Kengashi tashkil etilganida, Heaney birinchi guruhga saylanganlar qatorida edi. (Keyinchalik u 1997-yilda Saoi, yaʼni beshta oqsoqolning sardori etib saylangan.

Shuningdek, 1981-yilda Heaney Amerika Qoʻshma Shtatlariga Harvard professori sifatida tashrif buyurdi va u yerda Adams House bilan hamkorlik qildi. U Queenʼs universiteti va Nyu-York shahridagi Fordham universitetining ikkita faxriy doktori unvoniga sazovor boʻlgan (1982). 1982-yil 23-mayda Fordhamning ochilish marosimida u oʻz murojaatini „Verses for a Fordham Commencement“ deb nomlangan 46 bandlik sheʼr orqali taqdim etdi.

Shimoliy Irlandiyada tugʻilgan va taʼlim olgan Heaney oʻzining ingliz emas, irland ekanligini taʼkidlaydi. „Field Day Theatre Company“ tomonidan Brian Friel’s Translationsspektaklining muvaffaqiyatidan soʻng, asoschilar Brian Friel va Stephen Rea bir jamoada birlashishga qaror qilishdi. 1981-yilda Heaney bu kompaniyaning kengaytirilgan direktorlar kengashi tarkibiga qoʻshildi. 1984-yil kuzida onasi Margaret vafot etdi.

1985-1999-yillar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/8b/Heaneys.jpg/220px-Heaneys.jpg|right|thumb| Marie va Seamus Heaney Dominikan cherkovida, Krakov, Polsha, 4-oktyabr 1996-yil Heaney Harvardda 1985-1997-yillarda Boylstonning ritorika va notiqlik professori va 1998-2006-yillarda Harvard rezidentsiyasida shoir boʻlib ishlaganBritish Council biography of Heaney. Retrieved 19 April 2010.. 1986-yilda Heaney Bates Collegedan Litt. D unvonini oldi. Uning otasi Patrick oʻsha yilning oktyabr oyida vafot etdi. Ikki yil ichida ota-onasidan ayrilishi Heaneyga qattiq taʼsir qildi va u oʻz qaygʻusini sheʼrlar bilan ifodaladi. 1988-yilda uning „The Government of the Tongue“ tanqidiy maqolalari to‘plami nashr etildi.

1985-yilda Heaney Amnesty International of Ireland iltimosiga binoan „From the Republic of Conscience“ sheʼrini yozdi. U „Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunini va Amnistiya ishini nishonlashni“ xohlagandi. Ushbu sheʼr Xalqaro Amnistiya tashkilotining eng oliy sharafi — „Vijdon elchisi“ mukofoti taqdim etilishiga sabab boʻldi.

1988-yilda Heaney Jorjiya shtati Atlanta shahridagi Emory universitetida zamonaviy adabiyot boʻyicha taniqli Ellman maʼruzasini oʻqiganidan soʻng, universitetning qoʻlyozmalar, arxivlar va nodir kitoblar kutubxonasiga (MARBL) oʻzining maʼruza matnlarini sovgʻa qildi„Seamus Heaney Exhibit“, Emory University, January 2014.

1989-yilda Heaney 1994-yilgacha besh yillik muddatga Oksfordning sheʼriyat professori etib saylandi. Kafedra undan Oksfordda yashashni talab qilmadi. Bu davr mobaynida u oʻz vaqtini Irlandiya va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida taqsimladi. Shuningdek, u ommaviy oʻqish tadbirlarini davom ettirdi. Tadbirlarni koʻplab tomoshabinlar intiqlik bilan kutishar edi. Baʼzan chiptalar uchun navbatda turganlarni „Heaneyboppers“ deb atashadi.

1990-yilda Sofoklning „Filoktetalari“ asosida yozilgan „A Cure at Troy“ pyesasi nashr etildi. Keyingi yili u yana bir sheʼriy toʻplami — „Seeing Things“ (1991)ni nashr etdi. Heaney „Trinity College Dublin“ falsafiy jamiyatining faxriy homiysi deb topildi va Qirollik adabiyot jamiyatining faxriy aʼzosi etib saylandi (1991).

1993-yilda Heaney mehmon sifatida Oxford universiteti va Cambridge universitetlari talabalarining yangi ijodiy toʻplami boʻlgan The Mays antologiyasini tahrir qildi. Oʻsha yili u Dickinson kolleji sanʼat mukofotiga sazovor boʻldi va Pennsylvania kollejiga qaytib, faxriy unvonni oldi. U 2013-yilda vafot etmaganida, yirik adabiyot arbobi nomi uchun Harold va Ethel L. Stellfox mukofotini olish uchun yana Dickinsonga qaytishi kerak edi. Qisman ikki shoir oʻrtasidagi yaqin aloqani eʼtirof etish uchun mukofot Irlandiyalik shoir Paul Muldunga topshirildi.