link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fd/%E9%A3%AF%E8%B1%8A%E7%94%BA%E4%B8%AD%E6%B4%A5%E5%B7%9D%E5%B1%95%E6%9C%9B%E5%8F%B0.jpg/270px-%E9%A3%AF%E8%B1%8A%E7%94%BA%E4%B8%AD%E6%B4%A5%E5%B7%9D%E5%B1%95%E6%9C%9B%E5%8F%B0.jpg|right|thumb|270x270px| Iide va Iide togʻ tizmasining Nakatsugava mahallasi Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2020-yil 29-fevral holatiga koʻra, shaharchada 2354 ta xonadonda 6970 nafar aholi istiqomat qilganiide Town official statistics . Aholi zichligi 1 km² ga 21 kishini tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 329,60 kvadrat kilometr (127 mi²). 2008-yilda Iide Yaponiyaning eng chiroyli qishloqlaridan biri sifatida etirof etilgan.
Geografiyasi Iide togʻli hudud boʻlib, janubiy Yamagata prefekturasida joylashgan, janubda Fukusima prefekturasi bilan chegaradosh. Iide togʻi Fukusima, Niigata va Yamagata prefekturalarini oʻzida qamrab olgan Iide togʻ tizmasining 2105 metrli asosiy choʻqqisi hisoblanadi, Iide togʻi shahar chegarasida joylashgan boʻlsa-da, uning choʻqqisi aslida Fukusima hududiga qarashli deb hisoblaniladi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Yonezava, Yamagata Nagai, Yamagata Oguni, Yamagata Kavanishi, Yamagata Fukusima prefekturasi Kitakata, Fukusima
Iqlimi Iide nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari bilan, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qishi bilan xilma-xillik kasb etadi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatiladi, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajadagi yogʻin holati qayd etiladi. Iideda oʻrtacha yillik harorat . Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori tashkil etib, bunda dekabr eng yomgʻirli oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan kuzatiladi. Qish mavsumida Yapon dengizidan kelayotgan musson tufayli qor qoplami hatto shahar markazida ham 2 metrdan oshishi ham mumkin.
Demografiya Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraIide population statistics, Iide aholisi soni 1950-yillarda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va hozir kamayib bormoqda hamda natijalar bir asr avvalgi koʻrsatkichidan ancha kam.Hozirgi Iide hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi edi. Meiji davri boshlangandan soʻng, zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Iide hududining katta qismi Yamagata prefekturasi Nishiokitama tumanining bir qismiga aylantirildi. Iide qishlogʻi 1954-yil 1-oktabrda Toyohara, Sogava va Toyokava qishloqlarining qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan. 1958-yil 1-sentyabrda Minamiokitama tumanidagi Nakatsugava qishlogʻi bilan birlashgandan soʻng u shahar maqomiga koʻtarilgan.
Iqtisodiyoti Iide iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Yonezava mol goʻshtining taxminan yarmi shu shahardan keltiriladi. Shahar nigori sake pivosi bilan ham mashhur boʻlgan.
Taʼlim tizimi Iideda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda oʻrta maktablar mavjud emas.
Transport tizimi
Temir yoʻl 20x20pxSharqiy Yaponiya temir yo'l kompaniyasi — Yonesaka liniyasi
Hagyū — Uzen-Tsubaki — Tenoko
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 113
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Iide, Yamagata