Yamanobe (yaponcha: Yamanobe-machi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-mart holatiga koʻra, shaharchada 4839 ta xonadonda 14174 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi har kvadrat kilometrga 230 kishidan toʻgʻri keladiYamanobe Town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 61,36 kvadrat kilometr (24 mi²).

Geografiyasi Yamanobe Yamagata prefekturasining markaziy qismidagi Yamagata havzasining janubi-sharqiy qismida, togʻlar bilan oʻralgan hududda joylashgan. Shirataka togʻi qisman shahar chegaralarida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

Yamagata prefekturasi Yamagata Ōe Asahi Nakayama Shirataka Nanʼyo

Iqlimi Yamanobe nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud uchun xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Yamanobeda oʻrtacha yillik harorat 10,1 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1546 mm boʻlib, sentyabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,9 °C, eng past harorat esa yanvarda, −2,6 °C kuzatiladiYamanobe climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYamanobe population statistics, Yamanobe aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va shundan buyon kamayib bormoqda.

Tarixi Hozirgi Yamanobe hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasi, Higashimurayama tumani tarkibiga kiritildi. Yamanobe qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish vaqtida tashkil etilgan. 1896-yilda u shahar maqomiga koʻtarilgan.

Iqtisodiyoti Yamanobe iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi Yamanobeda uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Aterazava liniyasi

Uzen-Yamabe

Magistral yoʻl

link=|alt=E13|24x24px Tohoku Chūō Expressway : Yamagata Chuo almashish stansiyasi Milliy yoʻnalish 485

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

Yamanobe qal’asi

Yamanobedagi taniqli odamlar

Mineichiro Adachi, diplomat, huquqshunos olim

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb -sayt

Turkum:Yamagata prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Yamanobe, Yamagata