Armand Erwan Dsihounou Gnanduillet () (1992-yil 13-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi.
Armand Gnanduilletning otasi ham, onasi ham kot-d’Ivuarlik hisoblanadi. Armand Gnanduillet futbol oʻynashni Brittanydagi „CS Lanrelas“ klubida boshlagan. Keyin Armand Gnanduillet Fransiyaning "Le Havre II " va „Poissy“ klublarida va Shotlandiya Premer-ligasining „Heart of Midlothian“ futbol klubida oʻzining futbolchilik faoliyatini davom ettirgan. Armand Gnanduillet Kot-d’Ivuarning 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi aʼzosi edi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Fransiya Armand Gnanduilletning futbol maydonidagi ilk faoliyati Brittanydagi „CS Lanrelas“ futbol klubida boshlangan. Keyin Armand Gnanduillet „Le Havre II“ klubiga qoʻshildi va u yerda Armand Gnanduillet asosiy tarkibga kira olmadi, ammo zaxiradan 24 marta oʻyinga tushib, uchta gol urishga muvaffaq boʻldi. Armand Gnanduillet 2012-yilda „Le Havre II“ klubidan „AS Poissy“ klubiga oʻtdi va u yerda 11 oʻyinda maydonga tushib, 5 marta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Chesterfield Armand Gnanduillet 2013-yilning 21-yanvarida „Chesterfield“ klubiga qoʻshildi. Sinov muddatidan soʻng „Chesterfield“ klubi bosh murabbiyi Paul Cook Armand Gnanduilletga shartnoma imzolashni taklif qildi.
2014-yil 20-oktyabrda Armand Gnanduillet bir oylik ijara shartnomasi asosida Ikkinchi Liga vakili „Tranmere Rovers“ klubiga qoʻshildi va 2015-yilning mart oyida „Oxford United“ klubiga mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qabul qilindi. Armand Gnanduillet „Oxford United“ klubi safida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi.
Leyton Orient 2016-yilning 22-yanvarida Armand Gnanduillet nomaʼlum toʻlov evaziga „Leyton Orient“ klubiga qoʻshildi.
Blackpool 2016-yilning 19-avgustida Armand Gnanduillet ikki yillik shartnoma asosida „Blackpool“ klubiga oʻtdi. Ikki yildan soʻng Armand Gnanduillet Janubiy Afrikaning „Baroka“ futbol jamoasiga qoʻshildi va ikki oydan keyin „Blackpool“ klubiga qaytdi. Armand Gnanduillet 2018—2019-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda oʻn toʻrtta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Armand Gnanduillet 2020-yil iyun oyida klubdan ketgan„Club Confirms Retained List“ — Blackpool F.C., 11 June, 2020.
Altay 2020-yil 12-avgust kuni Armand Gnanduillet Turkiya Ikkinchi divizioni vakili „Altay“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2020-yil 29-dekabrda, klubda atigi 4 oy faoliyat yuritgandan soʻng, Armand Gnanduillet oʻzaro kelishuvga koʻra „Atlay“ klubini tark etdi. Armand Gnanduillet turk klubidagi qisqa muddatli faoliyati davomida 15 oʻyinda 2 ta gol urgan edi.
Heart of Midlothian Armand Gnanduillet 2021-yil 25-yanvarda 18 oylik shartnoma asosida Shotlandiya chempionatining vakili „Heart of Midlothian“ klubiga qoʻshildi.
Le Mans 2022-yil 21-yanvarda Armand Gnanduillet „Hearts of Midlothian“ klubini tark etdi va Milliy chempionat vakili „Le Mans“ klubi bilan doimiy shartnoma imzoladi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Armand Gnanduillet ilgari Kot-d’Ivuarnining 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasida xalqaro miqyosda Kot-d’Ivuar sharafini himoya qilgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaDomestik kubugiLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarLe Havre II2010—2011CFA60———602011—2012192———192Le Havre II Jami252———252Poissy2012—2013CFA115———115Chesterfield2012—2013Ikkinchi Liga133———1332013—20143452010213962014—2015Birinchi Liga2625110313532015—201690—1010110Chesterfield Jami82107130619811Tranmere Rovers (ijara)2014—2015Ikkinchi Liga42———42Oxford United (ijara)2014—2015Ikkinchi Liga40———40Stevenage (ijara)2015—2016Ikkinchi Liga14521——166Leyton Orient2015—2016Ikkinchi Liga174———1742016—201710———10Leyton Orient Jami184———184Blackpool2016—2017Ikkinchi Liga1931010532662017—2018Birinchi Liga2641011303152018—2019431031323152142019—202030153211203618Blackpool Jami11832836413414543Altay2020—2021TFF Birinchi Ligasi152———152Altay Jami152———152Heart of Midlothian2020—2021Shotlandiya chempionati135———1352021—2022Shotlandiya Premer-ligasi141—20—161Heart of Midlothian Jami276—20—296Le Mans2021—2022Milliy chempionat166———00Le Mans Jami00———00Jami3186817511419536582
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Kot-dʼIvuarlik erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar