link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f1/Tsuruoka_City_Hall.JPG/220px-Tsuruoka_City_Hall.JPG|right|thumb| Tsuruoka shahar idorasining koʻrinishi Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 31-yanvar holatiga koʻra, shaharda 49.024 ta xonadonda 125.389 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 95,74 kishini tashkil qiladiTsuruoka City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 1311,53 kvadrat kilometr (506,38 kvadrat mil) ni tashkil etadi. Tsuruoka sirt maydoni boʻyicha Toxoku mintaqasidagi eng katta shahardir.

Bugungi Tsuruoka 1953-yilda shahar markazidagi Atsumi, Asahi, Fudishima, Kushibiki va Xaguro kabi bir qancha mahallalarning birlashishi natijasida paydo boʻlgan.

Geografiyasi Tsuruoka Yamagata prefekturasining Yapon dengizi bilan chegaradosh qirgʻogʻida joylashgan boʻlib, Yunohama va Sanze kabi mahalliy mashhur plyajlarga ega. Deva viloyatining uchta mashhur togʻlarining har uchtasi shahar chegaralsda joylashgan.

Tsuruoka orqali ikkita asosiy daryo oqib oʻtadi, bular: Akagava daryosi (赤川, tarjimasi „Qizil daryo“) va Mogami daryosi .

Qoʻshni munitsipalitetlar

Yamagata prefekturasi Sakata Shonai Nishikava Mikava Niigata prefekturasi Murakami

Iqlimi Tsuruoka nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli kuzatilsa-da, ammo avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Tsuruokada oʻrtacha yillik harorat ni etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻib, dekabr eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan boʻladi. Mintaqa qishda kuchli qor yogʻishi bilan mashhur va Sekigava hamda Atsumi mahallalarida yashovchi odamlar 2 metrgacha qor yogʻganligining guvohi boʻlishgan, bu esa olib tashlanganidan keyin yoʻl boʻylab baland qor devorlari paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Birinchi qor odatda noyabr oyining oxirida yogʻadi, lekin haqiqiy qor yogʻishi odatda yanvar oyida sodir boʻladi. Qizil barglar odatda oktyabr oyining oxirida paydo boʻladi va noyabr oyining oʻrtalarida barglar toʻliq toʻkilib boʻladi.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTsuruoka population statistics, Tsuruoka aholisi soʻnggi oʻn yilliklarda kamaygan.

Tarixi Hozirgi Tsuruoka hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Tokugava syogunati ostidagi Shonay domenining nazorati ostida boʻlgan. Bu kitamaebune qirgʻoq savdosi uchun kichik port vazifasini bajargan.

Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud 1878-yilda Yamagata prefekturasi, Nishitagava tumani ostidagi Tsuruoka shaharchasi sifatida tashkil etilgan. 1924-yil 1-oktabrda u shahar maqomiga koʻtarilib, Yaponiyaning 100-shahariga aylandi. 1955-yilda shahar Kamo shahri va toʻqqizta qoʻshni qishloqlarni qoʻshib olish orqali kengaytirildi. Oyama shahri 1963-yilda Tsuruoka shahriga qoʻshib olingan.

2005-yil 1-oktyabrda Fujishima, Haguro va Kushibiki shaharlari, Asahi qishlogʻi (barchasi Higashitagava tumanidan) va Atsumi shahri (Nishitagava tumanidan) Tsuruokaga birlashtirildi.

Hukumat Tsuruokada toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 24 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga besh aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Yamagata 3-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Tsuruoka yengil sanoat, tijorat xizmatlari, qishloq xoʻjaligi va tijorat baliq ovlashga asoslangan aralash iqtisodiyotga ega.

Taʼlim tizimi Tsuruokada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 26 ta davlat boshlangʻich maktabi va 11 ta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan oltita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Yana hududda, ikkita xususiy oʻrta maktab mavjud. Prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Kollejlar va universitetlar

Yamagata universiteti, qishloq xoʻjaligi fakulteti Keio universiteti, Ilgʻor biofanlar instituti (Tsuruoka shaharchasi va Metabolome kampusi) Tohoku jamoat xizmati va fan universiteti (Tsuruoka kampusi) Tsuruoka milliy texnologiya kolleji

Oliy maktablar

Tsuruoka Minami oliy maktabi Tsuruoka Kita oliy maktabi Tsuruoka Kamo oliy maktabi Tsuruoka Higashi oliy maktabi Tsuruoka Kogyo oliy maktabi

Tsuruoka Chuo oliy maktabi Yamazoe oliy maktabi Shonai Agricultural oliy maktabi Haguro oliy maktabi

Oʻrta maktablar

Tsuruoka Daiichi oʻrta maktabi Tsuruoka Daini oʻrta maktabi Tsuruoka Daisan oʻrta maktabi Tsuruoka Daiyon oʻrta maktabi Tsuruoka Daigo oʻrta maktabi Tsuruoka Toyoura oʻrta maktabi

Tsuruoka Fujishima oʻrta maktabi Tsuruoka Haguro oʻrta maktabi Tsuruoka Kushibiki oʻrta maktabi Tsuruoka Asahi oʻrta maktabi Tsuruoka Atsumi oʻrta maktabi

Boshlangʻich maktablar

Tsuruoka Choyo Daiichi boshlangʻich maktabi Tsuruoka Choyo Daini boshlangʻich maktabi Tsuruoka Choyo Daisan boshlangʻich maktabi Tsuruoka Choyo Daiyon boshlangʻich maktabi Tsuruoka Choyo Daigo boshlangʻich maktabi Tsuruoka Choyo Dairoku boshlangʻich maktabi Tsuruoka Itsuki boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kogane boshlangʻich maktabi Tsuruoka Oizumi boshlangʻich maktabi Tsuruoka Yutagava boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kyoden boshlangʻich maktabi Tsuruoka Tagava boshlangʻich maktabi

Tsuruoka Sanze boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kogata boshlangʻich maktabi Tsuruoka Yura boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kamo boshlangʻich maktabi Tsuruoka Yunohama boshlangʻich maktabi Tsuruoka Oyama boshlangʻich maktabi Tsuruoka Nishigo boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kamigo boshlangʻich maktabi Tsuruoka Fujishima boshlangʻich maktabi Tsuruoka Toei boshlangʻich maktabi Tsuruoka Watamae boshlangʻich maktabi Tsuruoka Haguro boshlangʻich maktabi

Tsuruoka Hirose boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kushibiki Higashi boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kushibiki Nishi boshlangʻich maktabi Tsuruoka Kushibiki Minami boshlangʻich maktabi Tsuruoka Otsuna boshlangʻich maktabi Tsuruoka Asahi boshlangʻich maktabi Tsuruoka Atsumi boshlangʻich maktabi Tsuruoka Iragawa boshlangʻich maktabi Tsuruoka Nezugaseki boshlangʻich maktabi Tsuruoka Fukuei boshlangʻich maktabi Tsuruoka Yamato boshlangʻich maktabi

Sogʻliqni saqlash

Tsuruoka Shonai kasalxonasi Tsuruoka Kyoritsu kasalxonasi Yutagava Onsen reabilitatsiya tibbiyot markazi

Transporti

Aeroportlar

Shonai aeroporti

Temir yoʻl 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi

Nezugaseki — Koivagava — Atsumi Onsen — Iragava — Kobato — Sanze — Uzen-Mizusava — Uzen-Ōyama — Tsuruoka — Fujishima

Magistral yoʻl

Yamagata tezkor yoʻli: Yudonosan, Shōnai Asahi, Tsuruoka oʻtish stansiyalari Nihonkai-Tōhoku tezkor yoʻnalishi Milliy yoʻnalish 7 Milliy yoʻnalish 112 Milliy yoʻnalish 345

OAV

Televidinya

NHK Tsuruoka radioeshittirish stansiyasi

Gazetalar

Shonai Nippo

Madaniyat

Togʻ ruhi Tsuruoka asosan „Devaning uchta togʻi“ nomli choʻqqilar bilan mashhur boʻlib, ular orasidagi eng kichik Haguro togʻi atigi 436 m; eng baland togʻi Gassan togʻi 1984 m; va Yudono togʻi 1500 m balandlikka ega.

Yamabushi va Shugendo link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/93/Yamabushi_outfit.jpg/254px-Yamabushi_outfit.jpg|thumb|254x254px| Tsuruokaning Yamabushi libosi Bu uchta togʻ Shugendo amaliyotining oʻzagi hisoblanadi. Shugendô 修験道 (soʻzma-soʻz tarjimasi: astsetik amaliyot yoʻli) koʻpincha sintoizm 神道, din va buddizmning sinkretizm shakli sifatida qabul qilinadi. Yamabushi díní, tom maʼnoda: „Togʻda uxlayotgan odamlar“ (shungendô bilan shugʻullanadigan odamlar) maʼnosini anglatadi. Ular Buddaga ishonishadi, lekin tabiatda mavjud boʻlgan barcha narsalarda xudo yashashi xususida bahs yuritishadi. Yamabushi diniga eʼtiqod qiluvchilar, oʻz tengdoshlari bilan muloqot qilish va yomon ruhlarni uzoqlashtirish uchun, uzundan-uzun kamzul kiyib, karnay chalib yurishni, togʻni himoya qilishni va tabiat bilan bogʻliq holda gunohsiz hayot kechirishni maqsad qiladi.

Uchta togʻga qilinadigan ziyorat ham shu maʼnoda amalga oshiriladi. Uchta togʻ ramziy maʼnoda oʻlim va qayta tugʻilishni anglatadi. Haguro togʻining 2466 ta tosh zinapoyasidan pastga tushish va koʻtarilish orqali odamlar „ramziy oʻlim“ va „qayta tugʻilish“ni sinab koʻrishlari mumkin, shundan soʻng ular Gassan togʻi va uning tumanli landshaftlari tasvirlangan oʻliklar dunyosiga kirishlari mumkin. Yudono togʻining tabiiy qaynoq buloqlari bilan ular oʻz tanalarini va ruhlarini gunohlardan tozalaydilar. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/53/Shojin_ryori.png/270px-Shojin_ryori.png|thumb|270x270px| Shôjin ryôri Saykanda (Haguro togʻi) Yamabushi tomonidan anʼanaviy ravishda isteʼmol qilinadigan vegan taomi boʻlgan Shôjin 精進料理 (toʻgʻridan-toʻgʻri tarjimasi: „maʼnaviy yuksalish uchun oziq-ovqat“) taomida hayvonot mahsulotidan foydalanilmaydi, lekin uning oʻrniga sansai 山菜 („Togʻ sabzavotlari“), shuningdek, mahalliy guruch, qoʻlda ishlangan gomadôfuごま豆腐 (kunjut taʼmli tofu), bambuk nihollari, sirkali xrizantema gullari va qoʻziqorinlar ishlatiladi. Ziyoratchilarga xizmat qiladigan shukubô 宿坊 (sayohatchilarni tungi ibodatxonalari)da juda koʻp turli xil shojin ryôri taomi mavjud, lekin u odatda miso shoʻrva va oq guruch bilan tayyorlanib, odatda kichik idishlarda dasturxonga tortiladi.

Milliy boyliklar Haguro togʻida Yaponiyaning milliy boyliklaridan biri boʻlgan Besh qavatli Pagoda (gojûnotô 五重塔) joylashgan. Pagodaning markaziy ustuni uni zilzilalardan himoya qiladi, bu esa Tokiodagi Skytree arxitekturasini ilhomlantirgan. Shuningdek, Haguro togʻi hududida 1000-yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʻlgan 30 m balandlikdagi sadr Jiji-sugi 爺杉 („Bobo sadr“) daraxti joylashgan.

Pazandachilik madaniyati

Meros va ijodkorlik 2014-yilda Tsuruoka YuNESKOning gastronomiya ijodiy shahri sifatida roʻyxatga olingan. Bir necha asrlar davomida mavjud boʻlgan va saqlanib qolgan 50 dan ortiq „ajdodlar taomlari“ (zairai sakumotsu 在来作物) shaharning bu nomga ega boʻlishining sabablaridan biri hisoblanadi. Bular qatorida: minden nasu 民田なす (uzun va yupqa shlyapali dumaloq baqlajon), karatori imo からとりいも (achchiq-shirinlashtiruvchi kartoshka), atsumi kabu 温海かぶ (Atsumi sholgʻomi, yonbagʻirlarda oʻsadigan qizil sholgʻom), ootaki sabzisi 大滝ニンジン va boshqalar kiradi. Bunday qadimiy taomning mavjudligi Tsuruokaning gastronomiya ijodiy shahri sifatida roʻyxatga olinishining yagona sababi emas. Ushbu ingredientlarni tayyorlashning oʻziga xos usuli ham mavjud boʻlib, hozirgacha saqlanib qolgan. Tsuruokaning eng mashhur taomlari quyidagilardir: kandarajiru 寒鱈汁 (tarkibida qishda ovlangan qora treska boʻlgan shoʻrva), gomadôfu ごま豆腐 (kunjut taʼmli tofu), tochimochi とちもち (guruch keksi), kitsunemen キツネ面 (tulki niqobi shaklidagi qora shakarli pechene) va boshqalar.

Shahar oʻzining koʻp xilma-xil shoʻrvalari bilan ham mashhur (aytishlaricha, qishdagi qattiq sovuq Tsuruokada kandarajirudan tashqari, juda koʻp issiq shoʻrva turlarining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan). Tsuruokada Takeokojiruタケノコ汁 (Mt Gassan bambukidan tayyorlangan shoʻrva), imoni 芋煮 (kartoshka shoʻrvasi), nattôjiru 納豆汁 (natto asosidagi shoʻrva), môsô jiru (bambukdan tayyorlangan shoʻrvaning boshqa turi) kabi shoʻrva turlari juda mashhur.

Noʻxat turlari