Deh Ravud — Afgʻoniston janubida joylashgan Uruzgan viloyatidagi tuman boʻlib, tuman markazidagi shahar ham shu nomi bilan ataladi. Deh Ravud Hilmand daryosi boʻyida joylashgan. Tumandagi asosan Pushtunlar, Nurzay va Populzay qabilalari istiqomat qiladi.

Niderlandiya NATOning Uruzgan viloyatidagi xalqaro xavfsizlik kuchlarini (ISAF) ifodalovchi Deh Ravodda AQSh va Afgʻoniston armiyasining avvaldan mavjud bazalari yonida harbiy baza oʻrnatdi.

Xavfsizlik va siyosat Hukumat tarkibiga tuman hokimi, militsiya boshligʻi, sud, tarmoq boʻlimlari va uchta tuman shoʻrolari kiradi:

Rivojlanish loyihalari amalga oshirilishini nazorat qiluvchi qabila oqsoqollari va muhandislardan tashkil topgan 29 kishilik rivojlanish shoʻrosi. 40 kishilik qabila shoʻrosi. 73 kishilik malikan (qishloq vakili) shoʻrosi aloqa nuqtasi sifatida xizmat qiladi.

2009-yil 19-noyabrda Deh Ravud tumanida xudkush terrorchi odam gavjum joyda oʻzini portlatib yuborgani xabar qilingan edi. Buning oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 13 kishi yaralandi"Suicide bomber kills 10 Afghan civilians, wound 13 others." Xinhua News Agency. Kabul. 19 November 2009. Accessed at:.

2009-yil 17-dekabrda yana bir xudkush-terrorchi oʻzini portlatib yubordi. Biroq u tuman shtab-kvartirasiga kirishni uddalay olmagan"Suicide bombing wounds 4 soldiers in S Afghanistan." Xinhua News Agency. 17 December 2009. Accessed at: http://english.people.com.cn/90001/90777/90851/6845604.html.

2020-yil 16-dekabrda Tolibon tumanga kutilmagan hujum uyushtirdi va 20 nafar ANDSF aʼzosini, shu jumladan tuman politsiya boshligʻi oʻrinbosarini oʻldirdi. Tolibon hududda qolgan militsiya kuchlari tomonidan siqib chiqarilgunga qadar tuman bozorini egallab olgan.

2020-yilning 29-dekabr kuni shahar markazida Tolibon bayrogʻi ilingan. Bu afgʻon kuchlari hududni tark etgani haqida dalolat.

Yana qarang

Abdul Gʻani Baradar Muhammad Umar Afgʻonistondagi urush urush tartibi, 2012-yil

Manbalar